3.5. Fotografik plastinkalarni sensibillashtirish
Normal fotografik emulsiya qiyosan qisqa yorug’lik to’lqinlarini sezadi, chunki kumush bromid taxminan 500,0 nm dan boshlab sezilarli yuta boshlaydi. Qisqaroq to’lqinlar kuchliroq yutiladi, shuning uchun spektrning ko’rinuvchan qismidagi sezgirlik maksimumi spektrning binafsha qismiga to’g’ri keladi. Shunday qilib, palastinkaga tushirilgan landshaftning tasvirida yorug’ va qorong’i joylarning taqsimoti o’sha landshaftga xuddi binafsha shisha orqali qaralgandagiday bo’ladi. Plastinkalarning sezgirligi qisqa ultrabinafsha nurlar tomonidan chegaralangan, chunki yorug’likning to’lqin uzunligi ƛ = 230,0 nm ga yaqinlashganda jelatin yorug’likni kuchli ravishda yuta boshlaydi va natijada qisqa to’lqinlar amalda emulsiyaga kirmaydi. Bu sohada ishlash uchun jelatinsiz maxsus plastinkalardan foydalanish zarur bo’ladi.190-§ da tavsif etilganday ta’sir qiluvchi sensibilizatorlardan foydalanish ishni ancha yaxshilaydi. Jelatin qatlami biror to’qinlarni yutadigan maxsus bo’yoq bilan bo’yaladi. Sariq-yashil nurga sezgir qilish uchun eritrozin qo’shiladi (ortoxromatik plastinkalar), sariq-yashil va qizil nurlarga sezgir qilish uchun pinaxrom yoki pinatsianol qo’shiladi (panxromatik plastinkalar). Mos bo’yoqlarni tanlab olib, emulsiyaning biror spektral soxadagi sezgirligini ancha oshirish mumkin.
Infraqizil nurlar uchun ham sensibilizatorlar topilgan. Infraqizil nurlarda fotosuratga olish uzoq joyda turgan buyumlarni g’ira-shira tumanning yupqa qatlami bilan qoplangan atmosfera orqali suratga olganda katta ustunlik beradi, chunki bunda uzun to’lqinlar kam sochiladi. Infraqizil nurlarda suratga olishni taxminan 1,2 mkm gacha surish imkoniyati tug’ildi.
Sovet astrofiziklari (G. A. Shayn va uning hamkorlari) tumanliklarni suratga olganda infraqizil nurlarga sezgir bo’lgan plastinkalardan foydalanib, juda ajoyib natijalarga ega bo’ldi, xususan ilgari ma’lum bo’lgan tumanliklarning yangi chegaralarini va yangi tumanliklarni aniqladilar. Bunday muvaffaqiyatning sababi uzun to’lqinli yorug’lik nurlari kamroq sochilishi natijasida tumanliklarning chuqurroq qatlamlarini yoki ko’rish nurida joylashgan tumanliklar to’sib turgan yorug’lik manbalarini suratga olish imkoniyati yaratilganligidadir.
Jelatina yutadigan qisqa ultrabinafsha nurlar sohasida oddiy plastinkalar yordamida surat olish uchun boshqa prinsipga asoslangan sensibillashtirishni qo’llash kerak bo’ladi. Plastinkaning sezgir sirti qisqa ultrabinafsha nurlar ta’sirida fluoressensiya nurlanishini beruvchi modda bilan (masalan, mashina moyining yupqa qatlami bilan) qoplanadi. Fluoressensiyaning uzun to’lqinli yorug’ligi jelatin orqali o’tadi va yaxshi surat olishga imkon beradi. Shunday qilib, ƛ = 180,0 nm va undan qisqa ultrabinafsha nurlarda suratga olishda oddiy plastinkalarni ishlatish mumkin.
XULOSA
Men ushbu kurs ishini tayyorlash jarayonida turli xil adabiyotlardan foydalandim va Kompton hodisasi, yorug’likning bosimi, yorug’likning kimyoviy ta’sirlari mavzulari bn yanada kengroq tanishdim. Kurs ishi tayyorlashim davomida mavzularimga oid malumotlarni yig’ish davrida o’zimga yangi nazariy bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Kompton hodisasini Rentgen fotonlarining modda atomlari bilan to’qnashish posessi deb hisoblanadi. Hamma yengil atomlarning Kompton hodisasida o’zini bir hil tutishi sochish prosessi fotonlarning elektronlar bilan to’qnashishidan iborat ekanligidan habar beradi. Haqiqatdan ham, yengil atomlarda elektronlar zaif bog’langan va Rentgen nurlarining ta’sirida o’z atomlaridan oson ajralgan. Shuning uchun birinchi taxminda Kompton prosesi fotonlarini erkin elektronlar sochib yuborishi deb hisoblashimiz mumkin.
Kompton hodisasi shundan iboratki, Rentgen nurlarini yengil atomlar sochib yuborganda, bu nurlarning to’lqin uzunliklari o’zgaradi. Rentgen nurlarini og’ir atomlar sochib yuborganda ham yuz berishi aniqlandi, biroq bu hodisa murakkabroq bo’lib chiqdi. To’lqin nuqtai nazaridan rentgen nurlarining sochilishi moddada elektronlarning majburiy tebranishlariga aloqador bo’lib, bunda sochilgan yorug’likning chastotasi tushayotgan yorug’likning chastotasiga teng bo’lishi kerak.
Kompton o’tkazgan puxta o’lchashlar shuni ko’rsatadiki, sochilgan rentgen nurlari orasida to’lqin uzunligi o’zgarmagan nurlardan tashqari to’lqin uzunligi kattaroq bo’lgan nurlar ham bo’lar ekan.
Monoxromatik yorug’lik bilan yoritish natijasida bizni qiziqtiradigan kimyoviy reaksiya uchun aktiv bulgan erkinlik darajasigagina ta’sir qilish imkoniyati tug’iladi. Shunday qilib, qizdirish vaqtida kamroq aktivatsiya energiyasiga ega bo’lgan boshqa reaksiyalar mavjudligi natijasida kuzatish mumkin bo’lmagan reaksiyalarni monoxromatik yorug’lik bilan yoritish orqali amalga oshirish mumkin. Reaksiyaga kirayotgan aralashmani nurlantirish intensivligini o’zgartirib kimyoviy protsesslarning o’tish tezliklarini va hokazolarni kontrol qilib turish mumkin.
Lazerlar texnikasining rivojlanishi va shu soxada eksperimental ma’lumotlarning to’planishi boshqariluvchi kimiyoviy reaksiyalardan kimiyoviy texnologiyada keng foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |