Fizika texnika fakulteti


III.BOB.YORUG’LIKNING KIMYOVIY TA’SIRLARI



Yüklə 309,39 Kb.
səhifə7/11
tarix13.06.2023
ölçüsü309,39 Kb.
#129456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xudoyberdiyeva Surayyo.21-11 GURUH TALABASI.13.16 (1)

III.BOB.YORUG’LIKNING KIMYOVIY TA’SIRLARI
3.1. Muqaddima.
Yorug’ulik nuri ta’sirida yuz beradigan o’zgarishlar allaqachon ma’lum
bo’lgan va XVIII asrning oxirlaridayoq muntazam ilmiy tekshirishlar obyekti bo’lib qolgan ekan.
Fotokimyoviy o’zgarishlar juda turli-tumandir. Modda polimerlarini, ya’ni boshlang’ich mahsulot atomlari yoki molekulalarning kompleksidan iborat bo’lgan molekulalar paydo bo’lishi mumkin: masalan, qizil fosforning sariq fosfordan paydo bo’lish hodisasishular qatoriga kirsa kerak. Qizil fosfor sariq fosfordan bir qator kimyoviy va fizik hususiyatlari bilan farq qiladi va fosforni uzoq vaqt davomida (yaxshisi qisqa to’lqinli yorug’lik bilan) yoritish natijasida vujudga keladi: fosforning polimerlanishiga yorug’lik qizdirish yoki ba’zi kimyoviy reaksiyalar orqali ham erishish mumkin.
Yorug’lik nuri ta’sirida murakkab molekulalar tarkibiy qismlarga ajraladi, masalan, NH3 ammiak azot va vodorodga yoki AgBr kumush bromid kumush va bromga ajraladi. Murakkab molekulalar paydo bo’lishi ham mumkin, xlor va vodorod aralashmasini yoritganda vodorod xlorning paydo bo’lish reaksiyasi shunday shiddat bilan o’tadiki, hatto portlash yuz beradi.
Fotokimyoviy reaksiyalarning ko’pchiligi tabiat va texnikadamuhum axamiyatga ega. Eng katta ahamiyatga ega bo’lgan reaksiya bu o’simliklarning yashil qismlaridagi karbonant angidiridning yorug’lik ta’sirida fotokimyoviy parchalash reaksiyasidir, albatta. Bu reksiya shuning uchun ham ulkan ahamiyatga egaki, yerdagi organik hayotning uzoq vaqat mavjud ekanligiga sababchi bo’lgan uglerodning tabiatda aylanishini ta’minlab beradi. Hayvonot va o’simliklarning hayot faoliyati (nafas olish) natijasida uglerod muttasil ravishda oksidlanib (CO2 hosil bo’lib) turadi. Uglerodning qayta tiklanish va organizim tomonidan o’zlashtiriladigan shakllarga aylanishi prosesslari fotokimyoviy prosesslar bo’ladi. Yuqori o’simliklar va bir hujayrali organizimlarda yorug’lik nuri ta’sirida karbonat angidiridning qaytarilish prosessi

Sxema bo’yichaamalga oshirib, so’ngra CH2O chumoli aldegidining polimerlanishi natijasida n (CH2O) Cn H2n On ko’rinishdagi molekulalar (uglevodlar) hosil bo’ladi. Uglevodlar qatoriga ba’zi shakarlar kirib ularning o’zgarishi natijasida o’simlik to’qimasi tarkibiga kiradigan kraxmal va boshqa muhum birikmalar paydo bo’ladi. Bunday turdagi fotosintez murakkab molekilalar komplekislarida yuz berib, hozirgi vaqtgacha yaxshi tushunib yetilmagan bir necha ketma –ket o’tadigan posesslardan iborat bo’ladi. Yorug’lik nuri bevosita qatnashadigan birlamchi prosess (fotosintezning yorug’lik stadiyasi) fotonning pigmentiga (xlorofill va boshqalarda) yutilishidan iborat. Uyg’tish energiyasi molekulalar zanjiri bo’lib (eksitonlar) kuchdan va bir qator kimyoviy reaksiyalarni boshlab berdi (fotosintezning qorong’ulik stadiyasi). CO2 ning qaytarilish energiyasi 110kkal/mol (yoki 1 molekula uchun 5Ev) bo’lgani uchun bir dona CH2O molekulasining fotosintez qilishiga to’lqin uzunligi xlorofilning maksimal yutishiga mos ravishda 700 nm ga teng bo’lgan kamida uchta kvant kerak. Bunday sharoit fotosintez prosessining shak-shubhasiz ko’p pog’onali ekanligidan dalolat beradi. Haqiqatdan ham yutilgan fotonlarning soni ko’proq va ba’zi hollarda sakkista yoki undan ko’p bo’ladi.
Bir qator o’simliklarda boshqacha fotokimyoviy reaksiyalar yuz beradi. Masalan, ba’zi bakteriyalar uchun kislarod zahar bo’ladi va suvning o’rniga

sxema bo’yicha vodorod sulfiddan foydalaniladi va natijada chumoli aldegid bilan oltingurgut ajralib chiqadi. Azotning fotokimyoviy qaytarilish reaksiyasi ham tabiatda katta ahamiyatga ega.
Kumush bromidning (shu hisobdan kumushning boshqa galoid tuzlarining) yuqorida aytilganday fotokimyoviy parcharalanish reaksiyasi fotografiyaning hamda uning barcha son- sanoqsiz ilmiy va texnik qo’llanishlarning negizida yotadi. Bo’yoqlarning fotokimyoviy oksidlanishi natijasida ular rangining o’chish hodisalari inson va hayvonlar ko’zida bo’lib o’tadigan hamda ko’rish jarayoning asosida yotgan prosesslarini tushunishda katta ahamiyatga ega. Fotokimyoviy reaksiyalarning ko’pchiligi hozirgi zamonda kimyo sanoatida qo’llaniladi, shunday qilib bevosita sanoat ahamiyatiga ega bo’lib qoladi.

Yüklə 309,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin