Fizika-texnika fakulteti


§.O’quvchilarning fizikadan mustaqil uy ishlarni tashkillash



Yüklə 108,29 Kb.
səhifə18/21
tarix24.02.2022
ölçüsü108,29 Kb.
#53071
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
00 20.13 Abdurayimova Madina F.O\'.M dan kurs ishi

2.2§.O’quvchilarning fizikadan mustaqil uy ishlarni tashkillash.

O'quvchilarning mustaqil uy ishlari o‘quv jarayonining zaruriy elementlaridan biridir. Uy mustaqil ishlari faqat kitobni o‘qib kelish va masala yechish bo‘lmay, ko‘proq ijodiy xarakterdagi topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak.

Uy ishining mazmuni va hajmini aniqlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinishi lozim.

O‘qituvchi uy ishini bajarishga oid ko‘rsatmalar berishda ishning maqsadi va ahamiyatini ochib beradi. Uni bajarishga oid tavsiyalar beradi. Mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va uni bartaraf qilish yo‘llarini aytib o‘tadi, o‘z-o‘zini nazorat qilishning maqsadga muvofiq keladigan usulini tavsiya qiladi.

Ba'zan uy vazifani ikki, uch variantda berish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda fizikaga qiziqmagan o‘quvchilarni qiziqtirish imkoni tug‘iladi. Ular ishlarining o'zlariga yoqqanini tanlab bajaradilar. Ular uy ishi haqida qisqacha hisobot yozadilar. Bu esa fikrlarini aniq va qisqa bayon etishga o‘rgatadi. Kuzatgan hodisa va tajribalarini tasvirlashda o‘quvchilar chuqur o‘ylab, asosiylarni ajratishga o‘rganadilar.

Nazariy material o‘quvchilardan frontal yoki doska oldida shaxsan so‘ralishi mumkin. Uy ishlarini qay darajada bajarganliklari o'quvchilar daftarlarini o‘zaro tekshirish yoki savol-javob orqali aniqlanishi ham mumkin.

Masala yechishni tekshirishni o‘xshash masalani ishlatish yoki vazifani yechish yo‘lini o'rnidan turg‘izib so‘rash orqali amalga oshirish mumkin. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlarini, daftarlarini davriy ravishda tekshirib, baholab borish, daftarlariga bir necha baho qo‘yilgandan keyin ularni umumlashtirib jurnalga ham baho qo‘yib borilishi lozim.

Uy vazifalarini yangi mavzudan oldin, uni o‘tish paytida, masala yechish, tajriba o'tkazish, dars oxirida, takrorlash darslarida tekshirish mumkin.

Sinfdan tashqari ishlar maktabning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining ajralmas va muhim qismidir. Uning maqsadi fan, texnika, madaniyat sohasida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarda fizikani o‘rganishga qiziqish uyg’otadi, fan va texnikaning yangi yutuqlari bilan tanishtirib boradi, tashabbuskorlikni, mustaqillikni, jamoadoshlik va o‘rtoqlik hissini, qo‘yilgan maqsadga erishishdagi qat’iylikni tarbiyalaydi.


Yüklə 108,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin