Fizika-texnika fakulteti


Fizikadan sinfdan tashqari ishlar



Yüklə 108,29 Kb.
səhifə19/21
tarix24.02.2022
ölçüsü108,29 Kb.
#53071
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
00 20.13 Abdurayimova Madina F.O\'.M dan kurs ishi

Fizikadan sinfdan tashqari ishlar.
Sinfdan tashqari ishlar ikki guruhga bo‘linadi: 1) yaxshi o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarga konsultatsiya va qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tish, ekskursiyalar tashkil etish; 2) fizika, fizika-texnika to‘garaklari, fizika kechalari, konferensiyalar, olimpiada va tanlovlar, maktabda fizika haftaligi, devoriy gazetalar chiqarish, ko‘rgazmalar tashkil qilish, fizik asboblar tayyorlash va hokazolar. Guruh mashg‘ulotlari to‘garaklardir. Ommaviy mashg'ulotlar — fizika kechalari, tanlovlar, fizika haftaligi...

To ‘garak — fizika va texnikadan muntazam ravishda o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy shaklidir. Uni fizika va texnikaga qiziquvchilar uchun tashkil qilinib, mavzusini o‘quvchilarning moyilligiga qarab uzoq muddatga mo‘ljallagan holda tanlanadi. To‘garak a'zolari 10 —15 tagacha bo‘ladi. Agar xohlovchilar soni ko‘p bo‘lsa, ular guruhlarga bo‘linadi; bir oyda ikki marta to‘garak a'zolari bilan, ikki marta guruhdagi o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mashg‘ulot vaqti 6—7-sinflarda — 1 soat, yuqori sinflarda 1,5—2 soat, amaliy ishlar 1—3 soat bo‘ladi.

Birinchi yig‘ilishda tashkiliy ishlar ko‘rilib, to‘garak sardori saylanadi, asboblarni tarqatib, yig‘ishtirib oluvchi shaxs va redkollegiya tayinlanadi.

6—7-sinf o‘quvchilarini fizika-texnika to‘garagida asosan radiotexnika, elektrotexnika va boshqa texnika asoslari bilan tanishtirish mo‘ljal qilinadi. Buning uchun avval murakkab bo'lmagan asboblar yig‘ib, keyin o'rganiladi. Bunday yo‘l 6-7- sinflar uchun qo‘llanadi.

Fizika kechasi maktabda fizikadan sinfdan tashqari ishlarni ommalashtirishni eng oson amalga oshiriladigan samarali, ko‘p mehnat talab etadigan tadbirlaridandir. Bir necha o‘quvchi ma'ruza tayyorlaydi, boshqalari tajriba o'tkazadilar, devoriy gazeta chiqaradilar, o‘zlari asboblar tayyorlaydilar. Kechani o‘tkazishda turli sinf o‘quvchilari qatnashadi. Asosiy ishlarni fizika to‘garagi a’zolari bajaradi.

Maktablarda ko‘p hollarda quyidagicha kechalar o‘tkaziladi: qiziqarli fizika kechasi; fizika va texnikaning ayrim muammolariga bag'ishlangan kechalar, u yoki bu olimning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kechalar, ijodiy mushoiralar va hokazo.




Yüklə 108,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin