O’quvchilarni qo’yilgan vazifani hal qilishga kirishtirish
O‘quvchilarga darslikdan «Tabiatda kuchlar» bobining kirish qismini o‘qib chiqib, qo‘yilgan savolga javob topish taklif qilinadi. Darslikdagi matnda to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob yo‘q. U yerda «Elektromagnit kuchlar» tushunchasi yoritiladi va elastiklik kuchi haqida bilim beriladi. Ammo elastiklik kuchining paydo bo‘lish sababining yoritilishi dars boshlanishida qo‘yilgan savolga javob berish imkonini beradi.
O ‘qituvchining umumlashtirishi
O‘qituvchi ko‘rib chiqilgan material tahlilini suhbat uslubi bilan olib boradi. Suhbat ko‘rib chiqilgan matn rejasi bo‘yicha olib boriladi.
«Elektromagnit kuchlar» atamasining yoritilishi:
Qanday kuchlar elektrik kuchlar deyiladi? (bu kuchlar ta’sirini namoyon qiluvchi belgilar; bu kuchlarning yuzaga kelish sharti: bu kuchlar kattaligining nimaga bog‘liqligi).
Harakatdagi elektr zaryadlari tinch holatdagi elektr zaryadlariga nisbatan qanday xususiyatlarga ega?
d) Elektromagnit kuchlar deganda nima tushuniladi?
Elektromagnit kuchlarning yuzaga kelish sababi, ya'ni ularning tabiati:
Qanday holatda jism elektr jihatdan neytral bo‘ladi?
Atomlararo o‘zaro ta’sir kuchini yuzaga keltiruvchi tashqi sabablar.
Dostları ilə paylaş: |