Fizika va astronomiya yo’nalishi Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish



Yüklə 110,05 Kb.
səhifə4/11
tarix27.12.2023
ölçüsü110,05 Kb.
#200147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
animatsiya..turli xil masalalar yechish

Elektron jadvallar
Zamonaviy komp’yuterlar dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi MS Excel dasturidir. MS Excel – elektron jadvallarni tayyorlash,formulalar va funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish,ma’lumotlarni grafik tasvirlash kabi masalalarni hal etishga mo’ljallangan dastur.Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan hisoblash ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. MS Excel dasturi mana shunday ishlarni osonlashtirish va qiziqarliroq qilish maqsadida ishlab chiqilgan. MS Excel dagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval ataklarining ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlardir. Elektron jadval kataklariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin: – matnni; sonlarni; sanani; formulalarni.
Matn – harflar, raqamlar, belgilar ketma-ketligidan iborat. Son – raqamlar ketma-ketligi (zarur hollarda ishora va o’nli vergul ham ishlatilishi mumkin). Sana – joriy sana. Formulalar – kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan matematik ifodalardir. Formulalar har doim «=» (teng) belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula katakka kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu katakda hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, MS Excel avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.MS Excelning asosiy ishlov berish ob’yekti hujjatlar hisoblanadi. MS Excel hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. MS Excelda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi.

1-rasm. Ish stoli.M S Excel ishga tushirilgandan so‘ng ekranda ikkita oyna hosil bo‘ladi: ilovalar oynasi va hujjatlar oynasi


(2-rasm).


2-rasm. MS Excel oynasi tuzilishi.
Sarlavha satri. Unda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobning nomi beriladi.

Shu satrning o‘ng yuqori burchagida oynaning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan.
Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur Masalalar panelida paydo bo‘ladi.
Ish olib borilayotgan muloqot oynasini ekranda to‘liq yoki dastlabki holatga keltirish tugmasi:
Ish olib borilayotgan muloqot oynasini yopish tugmasi:
Menyu satri (gorizontal menyu). Unda quyidagi bo‘limlar mavjud:«Файл» (Fayl), «Правка» (Тahrirlash), «Вид» (Ko‘rinish), «Вставка»(Qo‘yish), «Формат» (Bichim), «Сервис» (Хizmat ko‘rsatish), «Данныe»(Ma’lumotlar), «Oкно» (Oyna), «Справка» (Ma’lumotnoma). Ulardan biri bilan ishla sh uchun satrdagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi. Menyular bilan ishlash MS Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 110,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin