Fizika va astronomiya yo’nalishi Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish



Yüklə 110,05 Kb.
səhifə6/11
tarix27.12.2023
ölçüsü110,05 Kb.
#200147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
animatsiya..turli xil masalalar yechish

F aol katak indikatori. Bu qora rangdagi kontur bo‘lib, joriy katakni ajratib ko‘rsatib turadi. Ayrim hollarda u jadvallar kursori deb ham ataladi.


Satr nomi. Ishchi jadvalning har bir satri o’z nomiga ega bo‘lib, u 1 dan to
65536 gacha raqamlanadi. Bu satrlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki
k laviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.
Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash
MS Excel dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Ishchi
kitob «Kнига1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi
bo‘lsangiz, vositalar panelidagi «Создать» (Yangi ishchi kitob) piktogrammasiga
sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi. Yangi
yaratilayotgan kitob komp’yuter xotirasida saqlanib, hali fayl sifatida diskda
saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobda bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Ishchi jadval varaqlariga dastlab «Лист1», «Лист2»,... degan nomlar beriladi. Bu varaqlarning nomini o’zgartirish ham mumkin.
Ishchi jadvaldagi varaqlarning nomini o’zgartirish.
V araq nomlarini o‘zgartirishni quyidagi usullarda amalga oshirish mumkin:

3-rasm. Varaq nomini “Формат” menyusi yordamida o`zgartirish. – «Формат» (Format) => «Лист» (Varaq) => «Переименовать» (Nomini o’zgartirish) buyruqlarini tanlagan holda yangi varaq nomini kiritish (3-rasm). – Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i ustiga olib borib chap tugmachani ikki marta bosish va yangi nomni kiritish. – Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i ustiga olib kelish va


sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va kontekstli menyuda quyidagi buyruqlarni
bajarish: Menyudagi «Переименовать» (Nomini o’zgartirish) buyrug‘ini tanlash
v a yangi nomni kiritish (4-rasm).
4-rasm. Varaq nomini kontekst menyu yordamida o`zgartirish.

Eslatma: Yuqoridagi amallardan ixtiyoriy birini bajarib bo‘lgandan so‘ng


ENTER tugmasini bosish kerak. Shundan keyin yangi kiritilgan nom varaqlar
yorlig’ida hosil bo’ladi. Yangi kiritilgan nomlar uzunligi bo‘sh joy bilan birgalikda 31 ta belgigacha bo‘lishi mumkin. Agarda uzun nom berilgan bo‘lsa, varaqlar yorlig‘i ham shunchalik katta bo‘lib, keyingi varaq yorliqlarining nomlari ko‘rinmay qoladi.
Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish Ishchi kitobga qo‘shimcha yangi varaqlar kiritish uch yo‘l bilan amalga oshiriladi. Menyuning «Вставка» (Qo‘yish) => «Лист» (Varaq) buyruqlarini bajarish orqali; Sichqonchaning o‘ng tugmasini varaq yorlig‘i ustida bosib, kontekstli menyudagi «Вставить» (Qo‘yish) buyrug‘ini tanlash orqali;
Shift + F11 tugmalarini bir vaqtda bosish orqali.Eslatma. Yuqoridagi amallar bajarilgandan so‘ng ishchi kitobdagi yangi qo‘shimcha varaq avtomatik ravishda faollashgan varaq holatiga o‘tadi va nomi ko‘rsatilgan o‘z yorlig‘iga ega bo‘ladi.
Ishchi kitobdan varaqlarni olib tashlash Ishchi kitobdagi kerak bo‘lmagan varaqlarni olib tashlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: Menyuning «Правка» (Taxrirlash) => «Удалить лист» (Varaqni olib tashlash) buyruqlar ketma-ketligini bajarish orqali;Sichqonchaning o‘ng tugmasini olib tashlanayotgan varaq yorlig‘i ustida bosish va kontekstli menyudan «Удалить» (Olib tashlash) buyrug‘ini tanlash orqali.Bunda MS Excel dasturi varaqni olib tashlashni tasdiqlashingizni so‘raydi.
Ishchi kitobdan o‘chirilgan varaqlarda ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa uni qayta tiklab
bo‘lmaydi.

Sonlarni kiritish


Har bir katakka kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (o`zgarmaslar) sifatida qabul qilinadi. MS Excel dasturida sonlar quyidagi 0,1,2,3,...9,+,—,(),/, $,%,E,e belgilari orqali kiritiladi. Тugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va raqamsiz belgilardan iborat bo‘lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «–» ishorasi qo‘yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, –5 yoki (5). Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt katakning o‘ng chegarasidan boshlab yoziladi. Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni bunday bichimlashdan maqsad – katakdagi ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o‘qish imkonini berishdir.
M S Excel dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi

(5-rasm).


“Форат ячеек”( muloqot oynasi)
Agar katakdagi belgilar o‘rnida «panjara» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan
bichimdagi sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun
kengligini o‘zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi. Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin katakdagi jadval kursorini sonli qiymatlari bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar satrida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko’rinishi hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning katakdagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi.Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli kataklarni ajratib olish zarur.Vositalar paneli yordamida bichimlash. Vositalar panelida bir qancha bichimlash tugmalari joylashgan bo‘lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab olish va foydalanish imkonini beradi. Kataklar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng katakda tanlangan bichim asosida ish olib boriladi.Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug‘i quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
belgilangan diapazonning har bir katagida ko‘chirilayotgan katak ma’lumotlari hosil bo‘ladi.Diapazondan diapazonga ko‘chirish. Diapazon o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi kerak.Katakdan nusxa ko‘chirishda uning ichidagi ma’lumotlar va o‘zgaruvchilar
bilan birga barcha bichimlash atributlari ham ko‘chiriladi.Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi:1. Nusxa ko’chirish uchun katak yoki diapazonni ajratish va uni buferga ko‘chirish. 2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo‘lgan diapazonga o‘tkazish va buferga ko‘chirilgan ma’lumotlarni o‘ngga qo‘yish.Olingan nusxa tegishli katak yoki diapazonga qo‘yilgandan keyin MS Excel bu katakdan ma’lumotlarni yo‘qotadi. Shuning uchun agar katakdagi oldingi axborotlar zarur bo‘lsa darhol menyuning «Правка» (Тahrirlash) => «Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar bosish kerak. Vositalar paneli yordamida nusxalash
Masalan: D10 yoki A1:E8.— Sonlar.
— Ishchi jadval funksiyalari. Masalan, SUM.Agar formula katakka kiritilsa, unda katakda kiritilgan formula asosidagi hisob-kitob natijasi ko‘rinadi. Formulaning o‘zi esa tegishli katak faollashtirilsa formulalar satrida paydo bo’ladi.Formulalar har doim «=» belgisi bilan boshlanadi. Ushbu belgi yordamida MS Excel matn va formulalarni farqlaydi.Katakka formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud: «Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun Стандартная (Standart) vositalar panelidagi piktogrammasini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tanlash lozim. «Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi oynaga ega. Kategoriyalar oynasida 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo‘lgan Funksiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining maxsus Funksiyalari ham qo‘llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.Funksiyalar ro‘yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli Funksiyalarning ro‘yxati chiqadi. Ro‘yxatlar oynasida Funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo’ladi.



Yüklə 110,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin