Fizika va astronomiya yo’nalishi Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish


II.BOB. AutoPlay dasturini ishga tushirish……………………………………..18



Yüklə 110,05 Kb.
səhifə2/11
tarix27.12.2023
ölçüsü110,05 Kb.
#200147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
animatsiya..turli xil masalalar yechish

II.BOB. AutoPlay dasturini ishga tushirish……………………………………..18
2.1. AutoPlay Media Studio da elektron darslik tayyorlash………………..……….….18
2.2. AutoPlay dastur oynasi………………………………………………….………...21
III.BOB. Web sahifalarga animatsiyalar va ularni hosil qilish……………...…24
3.1. Veb-sayt .................................................................................................................24
3.2. HTML, CSS, JavaScript dasturlash tillari haqida ma’lumotlar…………………...25
Xulosa………………………………………………….……………………………..28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………........….....29

Kirish.
Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnalogiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo’lganini ko’ramiz. Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda naijaga erishib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017-2021-yillarda Harakatlar strategiyasi 5ta muhim tashabbus qabul qilindi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik,adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnalogiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Mamlakatimiz yuksalishiga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil- bu tarbiyadir.
Shu sababli yoshlarga ta’lim-tarbiya berishga iqtidorlilsrini rag’batlantirish va qo’llab- quvvatlashga kata e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda bir qancha fanlar bilan birgalikda fizika faniga ham katta e’tibor qaratilmoqd. Tibbiyot sohasida fizikaning o’rni muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan ko’plab apparatlar fizika qonunlariga asosan ishlaydi. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellectual salohiyatini ro’yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit va qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar yetib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ”Ta’lim to’g’risida”gi qonunida belgilangan keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz yuksalishiga bevosita ta‘sir qiladigan muhim hayotiy omil – bu ta’lim – tarbiya tizimidir. Shu sababli, yoshlarga ta’lim - tarbiya berishga, iqtidorlilarni rag‘batlantirish va qo‘llab - quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Istiqlolimizning istiqboli buyuk kelajak yaratish yo‘lidagi maqsadlarimiz, xatti – harakarlarimizning pirovard natijasi bevosita ta’lim tizimidagi islohotlarimizga bog‘liqdir. Hurmatli prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “ Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyyatlarimizga erishishda, jamyatimizning yangilanishi, hayotimiz tarqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, yangicha tafakkurga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlay oladigan mutaxasis kadrlar tayyorlash muommosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”. Shu sababli, xalqimizning boy intelektual merosi va umumbashariy qadryatlari, zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Ta’lim tizimini rivojlantirish va avlodlarni tarbiyalash ta’lim tizimini qayta shakllantirishning eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.Hozirda mustaqil O‘zbekistonimiz havas qilarli darajada o‘zgarishlarga erishdi, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni qancha g‘ururlanib gapirsak arziydi.
Zamon shuni taqazo qilayabdiki, insoniyat axborot oqimidan uzilgan holda normal faolyat yurita olmaydi. Zamonaviy tarqqiyot bosqichida hayotni anglash, uni o‘rganish tahlil qilish va tadbiq qilish axborotlarni yig‘ish va o‘zlashtirish, saralash va qayta ishlash orqali kechadi.

Yüklə 110,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin