Fizika va kimyo



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/14
tarix23.01.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#80220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Isroilova Hilola Kurs ishi KMYM 19-3

Eritmaning titri.
Eritmaning 1 millilitr (sm3) da erigan moddaning gramm miqdorini ko`rsatuvchi qiymatga eritmaning titri deyiladi. Yuqoridagi qoidaga ko`ra, xlorid kislota (HCl) eritmasining titri 0,00365
g/ml teng deylik. Bu eritmaning 1 ml da 0,00365 g. HCl erigan degan ma`noni anglatadi. Umuman, eritmaning titri bilan molyar va normal konsentratsiyalari o`rtasida quyidagicha bog`lanish bor:





Molyal konsentratsiya.
Molyal konsentratsiya odatda kam ishlatiladigan konsentratsiya turidir.
Molyal konsentratsiya deb, 1000 g. erituvchida erigan moddaning "mol" lar soniga aytiladi
formula bilan hisoblanadi. Agar 1000 gr. erituvchida 1 mol modda erigan bo`lsa, bu eritma 1 molyalli deyiladi.
Molyar qism.
Ko`pchilik hollarda eritmalar konsentratsiyasi molyar qism orqali ifodalandi.
Umuman, eritmadagi erigan modda va erituvchining miqdori 1 mol deb olinsa, shu1 molning qanday hissasi erigan moddaga va qanday qismi erituvchiga to`g`ri kelishini ko`rsatuvchi miqdorga molyar qism deyiladi. Shunga ko`ra, erituvchining molyar qismi:


;
erigan moddaning molyar qismi esa,
holida ifodalanadi.
Bunda n1- erituvchining " mol" lar soni, n2- erigan moddaning "mol" lar soni va ular quyidagicha ifodalanadi:
Har qanday eritma uchun N1 + N2 = 1 ga teng. Bu formulalardan tegishli hisoblashlarda foydalaniladi.

I.Kimyo kursida eritmalar mavzusining yoritilishi.
1.3. Moddaning eruvchanligi
Har qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada eriydi. Moddalarning eruvchanligi shu moddaning va erituvchining tabiatiga, temperaturaga bog`liq.
Moddalarning eruvchanligi deb, ayni temperaturada 100 g. erituvchida erigan moddaning gramm miqdoriga aytiladi. Odatda buni moddalarning "eruvchanlik koeffitsienti" deyiladi.Kengroq ma`noda moddalarning eruvchanligi sifatida ayni sharoitda to`yingan eritmaning konsentratsiyasini qabul qilsa ham bo`ladi. Shunga muvofiq, eruvchanlik miqdoran erigan modda massasining to`yingan eritma massasiga nisbatini ifodalovchi foiz qiymatga tengdir. Ba`zan 1 litr to`yingan eritmadagi erigan moddaning "mol" lar soni ham moddaning eruvchanligi deyiladi.
Ko`pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatilgani uchun moddalarning suvda eruvchanligi quyidagicha harakterlanadi: agar 100 g suvda 10 g. va undan ko`p miqdordagi modda erisa - yaxshi eruvchan; agar 10 g. dan 0,01 gacha erisa -kam (yomon) eriydigan; agar 0,01 g. dan kam erisa - amalda erimaydigan modda deyiladi.Moddalarning eruvchanligi ularning tabiatiga bog`liq. Qutbli moddalar qutbli erituvchida (spirt - suvda, ammiak - suvda, vodorod xlorid - suvda) yaxshi eriydi: qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchilarda (iod - xloroformda, eg - benzolda, naftalin - benzolda) yaxshi eriydi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin