IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash. Galileyning nisbiylik prinsipi. Inersial va noinersial sanoq sistemalarimavzusi bo’yicha nazariy o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi.
Faoliyat bosqichlari
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
O’quvchi
1-bosqich.
Mavzuga kirish qismi (15 daqiqa)
1.1.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashadi.
O’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshiradi,
Yo’qlama qiladi.
Baholash myzonlarini yetkazadi.(1-ilova)
1.2.O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini suhbat shaklidagi savollar bo’yicha jonlashtiradi(2-ilova)
1.3.Yangi mashg’ulot mavzusi,uning maqsadlari va rejalashtirilgan natijalarni aytadi,ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.
Tekshirish jarayonida talabalarning bilimlari o’quv muammoni hal qilishda va mashg’ulot davomida faol qatnashishda yetarliligini aniqlaydi.
Tinglaydi
Tinglaydi va javob oladi
Tinglaydi va mavzuni yozib oladi.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxatini va internetdagi saytlarini yozib oladilar
2-bosqich
Asosiy qism
( 50 daqiqa)
2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tushunchalar taxlili” usuli yordamida tekshiradi. Xar bir guruh uchun (4 ta kichik guruh) “Tushunchalar taxlili” usuli bo’yicha tayyorlangan ekspert varag’ini tarqatadi (2-Ilova) Nazorat qiladi, taqdimotni tashkillashtiradi;
2.2 O’quvchilarga: Bir xil massali jismni, bir xil kuch bilan, turli xil burchaklarda uloqtirsak bir xil masofaga tushadimi yoki xar xilmi?-degan savolni beradi.
2.3 Mavzu bo’yicha mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq bilimlarni beradi. Slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.4. O’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Toifalash jadvali” usuli yordamida tekshiradi va mustahkamlaydi. (4-Ilova) Ekspert varag’ini guruhlarga tarqatadi, yo’riqnoma beradi, taqdimotni tashkillashtiradi.
Baxs-munozara olib borishadi
Eshitadilar, yozadilar, savollar beradilar;
Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar
3-Bosqich
Yakuniy qism
(15 daqiqa)
3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.
3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi.
3.3. Uyga vazifa beradi.
Uyga vazifa: 1.Inersial sanoq sistemalari deganda nimani tushunamiz? 2.Inersial sanoq sistemalarida qanday fizik kattaliklar bir xil boʼladi. 3.Nyutonning uchinchi qonuni inersial sanoq sistemalari uchun oʼrinlimi?
Tinglaydilar
Yozib oladilar,
XULOSA Hozirgi fan-texnikaning rivojlanishi bilim, amaliyot va tajriba o’zaro aloqani uzviy bog’lab borilishini taqozo qiladi. Fizika fani ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o’qitilsa, o’quvchilar bu fanning nima uchun kerakligini, uni o’rganishning nima uchun zarurligini tushuna olmaydilar. O’quvchilarning faqatgina fizika faniga qiziqishini oshirishga qaratilmay, balki ularning texnik faolligini rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarining zamonaviy ishlab chiqarishdagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatish bilan ularning politexnik tayyorgarligini kuchaytirishni ham ko’zda tutadi.
Ushbu “Umumta’lim maktabining fizika kursida “Galileyning nisbiylik prinsipi. Inersial va noinersial sanoq sistemalari” interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish” mavzusidagi kichik tadqiqod ishimizdan quyidagi xulosalarni chiqardik:
O’quvchilar yuqori sinflarda fizika kursining barcha bo’limlarini sistemali ravishda o’rganadilar. Bunda fizika ta’limi mazmuni ijtimoiy hayotda, tevarak-atrofda uchraydigan fizik hodisalar va jarayonlar bilan bog’lab o’rgatiladi.
Fizika fani o’quvchilar qalbiga oson kirib borishi, ularning xotirasidan mustahkam o’rin olishida jonli misollar, hayotiy taqqoslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni tajribadan har bir fan misolida samarali foydalanish mumkin.
Fizikaning tabiat sirlarini ochishdagi fundamental ahamiyatini va uning qonunlarining hozirgi zamon texnologiyasining asosini tashkil qilganligi hamda fizika sohasidagi bilimlar kelajakda jamiyat taraqqiyoti uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Fizika o’quv predmeti sifatida shakllantirish uchun yetarli darajada imkoniyatlarga ega. Bu o’quv predmetining barcha texnik qurilmalarning asosi sifatida namoyon bo’lishi, egallagan bilimlarining hayotda hayotda qo’llash imkoniyatlarning ko’pligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, fizikani o’rganish jarayonida o’quvchi bilishning barcha bosqichlari (kuzatish, gipoteza, tajriba o’tkazish, mushohada qilish va natijalarni umumlashtirish)da o’tkaziladi.