Fizikadan qisq


)Dunyodagi birinchi AES qayerda va qachon qurilgan?



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə11/14
tarix24.09.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#147757
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Fizikadan qisqa savol va javoblar

380)Dunyodagi birinchi AES qayerda va qachon qurilgan? Sobiq SSSRda 1954-yilda.

381)Atom yadrosini proton-neytron modelini kimlar tavsiya etgan? Nemis fizigi V.Geyzenberg va undan mustaqil ravishda sovet fizigi D.D. Ivanenko.

382)O’lchash aniqligi nima? O’lchov asbobi o’lchay oladigan eng qisqa ikkita shtrix oralig’idagi masofa.

383)O’lchash chegarasi nima? O’lchov asbobi bilan o’lchash mumkin bo’lgan eng yuqori kattalik.


384)1dyum necha sm?

385)1fut necha dyum?
2,54 sm.

12dyum.


386)Kim geliosentrik (Quyosh markazlik) nazariyani yaratgan? Nikolay Kopernik.

387)Kim geosentrik(Yer markazlik) nazariyani yaratgan? Platon.

388)Fishq=μN bu formula qanday qonun ham deyiladi? Amonton-Kulon qonuni.

389)Jism har doim qanday holatni olishga intiladi? Eng kam potenssial energiyali holatni olishga.

390)Tabiatdagi barcha kuchlarni necha asosiy turga bo’lish mumkin? Ikkita: elektromagnit va butun olam tortishish kuchlari.

391)Nega atmosfera bosimini hisoblashda p=ρgh formuladan foydalanib bo’lmaydi? Chunki havo zichligi balandlik ortgan sari kamayib boradi va atmosferani chegarasi yo’qligi uchun balandlik hisoblanadigan sath yo’q.

392)Kvazielastik kuch nima? Elastiklik tabiatiga ega bo’lmasa ham tebranishlarni paydo qiladigan kuchlar. Masalan og’irlik kuchi kvazielastik kuch. Bu kuch tasirida matematik mayatnik tebranadi (Kvazielastik-go’yo elastik demakdir).

27

393)Tebranuvchi sistemaga hech qanday kuch ta’sir qilmaganda u bu holatda juda uzoq vaqt qola oladigan holati nima deyiladi? Muvozanat vaziyati.

394)Erkaklar chiqaradigan tovush tonlarini ayting. Bas, bariton, tenor.

395)Ayollar chiqaradigan tovush tonlarini ayting. Soprano, messo-soprano, kontralto, koloraturno-soprano.

396)Kamertonni kim ixtiro qilgan. Shorom.

397)Tovushni havodagi tezligini birinchi bo’lib kim o’lchagan? Mersen.

398)Tovushni suvdagi tezligini birinchi bo’lib kim o’lchagan? Kolladon, Shturm.

399)Eshitish bo’sag’asi necha dB? 1dB.

400)Og’riq sezish bo’sag’asi necha dB? 130dB.

401)Agar moddiy nuqtga bir paytda bir nechta kuch ta’sir qilayotgan bo’lsa, unda har bir kuch go’yoki boshqa kuch moddiy nuqtaga ta’sir etmagandek, Nyutonning ikkinchi qonuni bo’yicha bir xil tezlanish beradi. Bu qaysi prinsip? Kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi.

402)Jism qachon ag’dariladi? Og’irlik kuchi vektori tayanch yuzasidan chiqib ketsa.

403)Dumalanish ishqalanishning asosiy sababi nima? G’ildirak tegib turgan sirtda og’irlik kuchi ta’sirida hosil bo’lgan deformatsiyadir.

404)Gidrostatik paradoks nima? Idishdagi suyuqlik vaznining suyuqlikning idish tubiga ko’rsatuvchi bosim kuchidan farq qilishidir.

405)Impulsning saqlanish qonuni fazoni qaysi xossasi natijasi? Bir jinsliligi.

406)Impuls momentining saqlanish qonuni fazoni qaysi xosssi natijasi? Izotropligi (barcha yo’nalishlar bo’yicha teng kuchliligi).

407)Energiyaning saqlanish qonuni vatni qaysi xossasi natijasi? Bir jinsliligi.

408)Aylanma harakatda uzatish soni nima? Yetaklanuvchi shkiv chastotasini yetaklovchi shkiv chastotasiga nisbati.
28

409)Gazning asosiy parametrlari qaysilar? Bosim, hajm, harorat.

410)Lotincha “holat” ma’nosini beruvchi fizik kattalik qaysi? Temperatura.

411)Suyultirilgan gazlar qanday idishlarda saqlanadi? Dyuar idishlarda.

412)Birinchi tur fazaviy o’tishlar qaysilar? Bug’lanish, kondensatsiya, erish, qotish.

413)Qotishmalarni erish harorati qanday bo’ladi? Qotishma tarkibidagi eng oson eruvchi moddaning erish haroratidan ham past bo’ladi.

414)Ikkinchi tur fazaviy o’tishlar qaysilar? O’ta o’tkazuvchanlik, o’ta oquvchanlik, Kyuri nuqtasi.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin