Fizikadan qisq



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə14/14
tarix24.09.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#147757
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Fizikadan qisqa savol va javoblar

473)Pauli prinsipi nima? Atomda to’rttala n,l,ml,ms kvant sonlari bir xil bo’lgan ikkita yoki undan ortiq elektron bo’lishi mumkin emas.

474)Lazerni boshqacha nomi nima? Optik kvant generator. 33


475)Golografiyani birinchi bo’lib kim amalga oshirgan? Gabor.

476)Yadro kuchlari ta’siri qachon sezilmaydi? Nuklonlar orasidagi masofa 2·10-15m dan ortganda.

477) Yadrodagi zarralarda qachon tortishish kuchlari namoyon bo’ladi? Nuklonlar orasidagi masofa 10-15-2·10-15m bo’lganda.

478)Yadrodagi zarralarda qachon itarishish kuchlari namoyon bo’ladi? Nuklonlar orasidagi masofa 10-15m dan kichik bo’lganda.

479)Yadro kuchlarining zaryaddan mustaqilligi nima? Nuklonlar zaryadiga bog’liq emasligi.

480)Radioaktiv nurlarni o’tuvchanlik qobiliyati nima? Radioaktiv zarrani moddadan to’xtaguncha o’tgan yo’li. α zarrani o’tuvchanlik qobiliyati kam, β zarraniki undan kattaroq, γ zarraniki eng katta.

480)Radioaktiv nurlarni ionlashtirish qobiliyati nima? Radioaktiv zarrani to’xtaguncha o’tgan yo’lida hosil qilgan juft ionlar soni. α zarrani ionlashtirish qobiliyati eng katta, β zarraniki kamroq, γ zarraniki eng kam.

481) γ nurlanish mustaqil holda bo’la oladimi? Yo’q, bu nurlanish α yoki β nurlanish bilan birga chiqadi.

482)Yengil yadrolarning qo’shilib og’irroq yadro hosil bo’lishi deyiladi? Yadro sintezi.

483)Termoyadro reaksiyasini amalga oshirish uchun qancha harorat kerak? 10 mln °C. (Bu reaksiya Quyosh va yulduzlar markazida tabiiy ravishda yuz beradi, lekin hali insoniyat termoyadro reaksiyasini boshqarishni eplamagan. Boshqarilmaydigan tarzda esa vodorod bombasi ko’rinishida amalga oshirgan).

484)Termoyadro reaksiyasini boshqarishni asosiy qiyinchiligi nimada va bunga qanday yechimlar taklif qilingan? Asosiy qiyinchilik o’ta yuqori haroratni ushlab turishdir. Bu maqsadda TOKAMAK (Torroidalnaya Kamera sMagnitnimi Katushkami) ya’ni magnit g’altakli torroidal kamera orqali haroratni saqlashga harakat qilinmoqda. Lekin yaxshi samara bermagan. Kelajakda buni iloji topilsa insoniyat energiya balosidan butunlay forig’ bo’lar edi.

34
485)Nurlanish dozasi birligi Grey(Gy). 1Gy=1J/kg.

486)Nurlanish dozasining quvvati birligi… Gy/s yoki W/kg.

487)Nurlanishning ekspozitsion dozasi birligi… C/kg Sistemaga kirmagan birligi Rentgen (R). 1R=2,54·10-4C/kg.

488)Ekspozitsion doza quvvati birligi… A/kg. Sistemaga kirmagani R/s.

489)Nurlanishning ekvivalent dozasi birligi… Zivert (Zv) 1Zv=1J/kg. Amalda rentgenning biologic ekvivalenti (ber-biologicheskiy ekvivalent rentgena) ishlatiladi:
1ber=10-2J/kg.

490)Elektron va protonni yashash vaqti qancha? Elektron 1022 yil, proton 1032 yil.

491)Neytronni yashash vaqti qancha? Neytron faqat yadro tarkibida bo’lsa turg’un. Yadrodan tashqarida 15minut.

492)Absolyut neytral zarra nima? Antizarrasi mavjud bo’lmagan zarralar. Bular: γ-foton, π0-mezon, K10-mezon va K20-mezon.

493)Agar havoda suv bug’lari bo’lmasa uning absolyut va nisbiy namligi nimaga teng? Nolga.

494)Akkumulyator energiyasini tiklash nimaga asoslangan? Elektrolizga.

495)Antennani vazifasi nima? Radioqabulqilgichni sezgirligini oshirish uchun, ya’ni kuchsiz elektromagnit tebranishlarni tutib qolish uchun.

496)Normal o’qish yozish uchun yoritilganlik normasi qancha bo’lishi kerak? 30-40 lx.

497)Ko’z qaysi rangli nurni eng yaxshi sezadi va shu rangga qarab turish inson uchun foydali? Yashil rang.

498)Yorug’likda bosim borligini kim taxmin qilgan? Nemis fizigi va astronomi Iogann Kepler. U Quyosh yaqinida harakat qilayotgan kometalarning gaz va changdan tashkil topgan dumi quyoshga nisbatan teskari tomonga cho’zilib ketganini kuzatib shu taxminga kelgan.

35
499)Flyurosensiya va fosforosensiya nima?
Flyurosensiya bu- lyuminesensiyani bir ko’rinishi bo’lib, jismni nurlatish to’xtatilishi bilan to’xtaydigan nurlanish.
Fosforosensiya esa nurlatish to’xtatilgandan keyin ham ma’lum vaqt davom etadigan nurlanish.

500)Nima uchun fotoeffektni “qizil” chegarasi deyiladi? “Sariq” yoki “yashil” chegara emas?
Sababi ko’zga ko’rinuvchi nurlar ichida to’lqin uzunligi eng katta, chastotasi eng kichik va demak energiyasi eng kam bo’lgan foton qizil nurga taaluqli. Aynan shu uchun “qizil” chegaradan boshlab fotoeffekt kuzatila boshlaydi.

36
Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin