II. BOB. TASHISH SONINI ANIQLASH
2.1. Elektroliz. Faradey qonunlari
Elektr energiyasi ta‘sirida sodir bo’ladigan oksidlanish – qaytarilish
jarayonlari elektroliz
deb ataladi. Aslida «Elektroliz» deganda elektrolit eritmasi
yoki suyuqlanmasi orqali elektr oqimi o’tganida sodir bo’ladigan barcha
jarayonlarni tushuniladi. Masalan, suyuqlantirilgan magniy xlorid orqali elektr
oqimi o’tganida magniy kationlari elektr maydon ta‘sirida manfiy elektrod tomon
harakat qiladi. Bu elektrodga yetishi bilanoq tashqi zanjirdan kelayotgan
elektronlarga duch kelib, qaytariladi: Mq
2+
+ 2e
–
Mq. Xlor anionlari elektr
maydoni ta‘sirida musbat elektrod tomon harakatlanadi: o’z elektronlarini musbat
elektrodga berib oksidlanadi. Xlor ionlarining oksidlanishi asosan, elektrkimyoviy
bosqichni, ya‘ni birlamchi jarayonni tashkil etadi. Uni 2Cl
-
- 2e
2Cl shaklida
9
ifodalash mumkin. Bu jarayon natijasida hosil bo’lgan ikkita xlor atomlarining
o’zaro birikib, xlor molekulasiga aylanishi esa ikkilamchi jarayondir:
2Cl
Cl
2
Ikkala elektrodda sodir bo’lgan jarayonlarning tenglamalarini bir – biriga
qo’shish bilan, suyuqlantirilgan MgCl
2
elektrolizidagi oksidlanish – qaytarilish
reaksiyasining yig’indi tenglamasiga ega bo’linadi: Mg
2+
+ Cl
-
Mg + Cl
2
. Qaysi
elektrodda qaytarilish sodir bo’lsa, uni xuddi galvanik elementlardagi kabi katod
deb, qaysisida oksidlanish ro’y bersa, uni anod deb ataladi. Galvanik
elementlardagiga teskari o’laroq, elektrolizdagi katod manfiy, anod musbat
zaryadga ega bo’ladi. Buning sababi shundaki, elektrolizda boradigan jarayonlar
galvanik element ishlashida sodir bo’ladigan jarayonlarga qarama – qarshidir.
Suvdagi eritmalarning elektroliziga kelganda, albatta, eritmada suvning
dissotsilanish mahsulotlari – vodorod va gidroksil ionlar borligini nazarda tutish
kerak. Vodorod ionlar elektr maydonida katod tomon, gidroksil ionlar – anod
tomon harakatlanadi. Demak, katodda ikki ion: elektrolitning kationi hamda
vodorod ioni, anodda esa – elektrolit anioni yoki gidroksil ionlar zaryadsizlanishi
mumkin. Elektrodlarda bu jarayonlarning qaysi biri sodir bo’lishi birinchi
navbatda normal elektrod potentsiallariga, konsentratsiyaga va elektrod qanday
materialdan yasalganiga bog’liq bo’ladi.
Metall o’z elektronlarini qanchalik qiyin bersa, ya‘ni elektrod potentsiali
qanchalik kata bo’lsa, uning ionlari katodda shunchalik oson neytrallanadi,
aksincha, kichik elektrod potentsialga ega bo’lgan elementlarning anionlari anodda
oson neytrallanadi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida sodir bo’ladigan katod
jarayonlarni ko’zdan kechirishda birinchi navbatda vodorod ionlarining qaytarilish
potentsialini nazarda tutish kerak. Bu potentsialning qiymati vodorod ionlar
konsentratsiyasiga, binobarin, eritmadagi pH ga bog’liq:
E = 0,059lg [H
+
] yoki E = - 0,059 pH
Neytral muhit uchun pH = 7; binobarin: E = - 0,0597 = - 0,41v. Demak, agar
elektrolit kationini tashkil qiluvchi metallning normal potentsiali – 0,41v dan ko’ra
10
musbatroq bo’lsa, neytral eritmaning elektrolizida katodda ayni metall ajralib
chiqadi. Bunday metallar kuchlanishlar qatorida vodorodga yaqin turadi (masalan
qalay). Agar elektrolitni tashkil qilgan metallning elektrod potentsiali – 0,41v ga
qaraganda ancha manfiy bo’lsa, katodda albatta vodorod ajralib chiqadi. Bunday
metallar jumlasiga kuchlanishlar qatorining boshida turuvchi metallar (to
titangacha) kiradi. Nihoyat, agar metalning elektrod potentsiali – 0,41 v ga yaqin
bo’lsa, eritma konstentratsiyasiga, haroratga, elektr oqimining zichligiga qarab,
katodda metall qaytarilishi yoki vodorod ajralib chiqishi mumkin. Bunday metallar
jumlasiga rux, xrom, temir, kadmiy, nikel kiradi [7].
Anodda sodir bo’ladigan jarayonlarni ko’zdan kechirilganda anodlar ikki
xil: inert va aktiv bo’lishi kuzatiladi; inert anod elektroliz vaqtida o’zgarmaydi,
aktiv anod esa, elektroliz vaqtida oksidlanadi. Inert anod sifatida grafit, ko’mir va
platinadan yasalgan elektrodlar hizmat qiladi.
Ishqor eritmalari tarkibida kislrodi bor kislota va uning tuzlari eritmalari
elektroliz qilinganda inert anodda kislorod ajralib chiqadi. Eritmadagi pH
qiymatiga qarab, bu jarayonni ikki tur tenglama bilan ifodalash mumkin. Ishqoriy
muhitda gidroksil ionlar zaryadsizlanadi:
4OH
-
- 4e
2H
2
O + O
2
Neytral muhitda esa suv elektrkimyoviy oksidalanadi:
H
2
O – 4e
O
2
+ 4H
+
Tarkibida kislorodi bo’lmagan (HCl, HBr, H
2
S va hokazo) kislota va ularning tuzlari
(NaCl, NaBr va hokazo) eritmalari elektroliz qilinganida anionlar o’z elektronlarini
yo’qotib inert anodda ular erkin holda (xlor, brom, oltingugurt va hokazo holida)
ajralib chiqadi.
Eritmalarda elektr toki ta’sirida kimyoviy reaksiyalar (asosan, ajralish
reaksiyalari) sodir bo‘ladigan jarayon elektroliz deyiladi. Elektroliz elektr toki
ta’sirida parchalanish demakdir.
Elektroliz jarayoni sanoat va qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega.
Masalan, xlor va o‘yuvchi ishqorlar osh tuzi eritmasini elektroliz qilib olinadi.
11
Ammiak sintezi uchun zarur bo‘lgan toza vodorod suvni elektroliz qilish yo‘li bilan
olinadi.
Elektroliz jarayonida elektrod – elektrolit chegarasida elektrokimyoviy
reaksiyalar sodir bo‘lib, bunda elektrod bilan eritmadagi ionlar (molekulalar) o‘zaro
elektron almashadi. Katodda elektronlar elektroddan ionga (yoki molekulaga),
anodda esa iondan (molekuladan) elektrodga o‘tadi, bunda ionlar yoki molekulalar
o‘zining elektr zaryadini yo‘qotadi yoki o‘zgartiradi. Elektrodlarda sodir bo‘ladigan
elektrokimyoviy reaksiyalarda faqat elektronlar elektr tashishi, eritmadagi ionlar esa
valentligini o‘zgartirishi, lekin elektrodlarda zaryadsizlanmasligi ham mumkin.
Ingliz olimi M.Faradey elektrolizni tajribada o‘rganib, ikkita muhim qonunni
kashf etdi:
elektroliz vaqtida elektrodlardan moddalar miqdori elektrolit orqali o‘tgan
elektr miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir;
turli xil elektrolitlardan bir xil miqdordagi elektr o‘tkazilganda elektrodlarda
ajraladigan (o‘zgaradigan) moddalar miqdori hamda shu moddalarning kimyoviy
ekvivalentlariga to‘g‘ri proporsionaldir.
AgNO
3
, CuSO
4
va H
2
SO
4
eritmalari orqaldi bir kulon elektr o‘tkao‘ilganda
qatorda 1,118 mg kumush, 0,3293 mg mis va 0,010446 mg vodorod ajralib chiqadi.
Bu kattaliklar ham elektrokimyoviy ekvivalentlar deyiladi. Kimyoviy ekvivalent
elektrokimyoviy ekvivalentga nisbat o‘zgarmas kattalik bo‘lib. eritma 96487
1,6
K/g (yaxlitlanganligi 96500) ga teng va u Faradey soni F deyiladi. Shunday qilib,
elektroliz usuli bilan eritma g.ekv modda ajratib olish yoki uni o‘zgartirish uchun
bir Faradey elektr sarflash kerak. Zanjir orqali o‘tgan elektr miqdorini aniq o‘lchash
metodi Faradey qonuniga asoslangan. Bunday o‘lchashlar uchun kumushli, misli,
ionli va boshqa kulonometrlar ishlatiladi. Bu asboblarda elektroliz maxsulotlari
tortiladi, titrlanadi yoki uning hajmi o‘lchanadi. Elektroliz maxsulotlarining miqdori
ma’lum bo‘lgach, sarflangan elektr miqdori oson topiladi. Elektroliz sanoatida juda
ko‘p jarayonlarda, ayniqsa, kimyo sanoatida keng qo‘llaniladi; suyuqlantirilgan
kriolit Na
3
AlF
6
dan alyuminiy olish, suyuqlantirilgan MgCl
2
ni elektroliz qilib
12
magniy olish, misni qo‘shimchalardan tozalash, ishqor va tuz eritmalarini elektroliz
qilib toza vodorod olish va boshqalar. Bundan tashqari buyumlar sirtiga boshqa
metallar qoplash, ya’ni xromlash, nikellash, kadmiylash kabi ishlar ham elektrolitik
usulda bajariladi. Elektrodlarda sodir bo‘ladigan elektrokimyoviy reaksiyalarda
faqat elektronlar elektr tashishi, eritmadagi ionlar esa valentligini o‘zgartirishi, lekin
elektrodlarda zaryadsizlanmasligi ham mumkin.
Elektr energiyasi bilan kimyoviy jarayonlar orasida miqdoriy bog’lanish
borligini dastlab (1836-yilda) ingliz olimi M. Faradey aniqlagan.
Elektrolizning 1–qonuni quyidagicha ta‘riflanadi: elektroliz vaqtida
elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdori eritmadan o’tgan elektr
miqdoriga to’g’ri proportsionaldir.
Agar elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdoirini m bilan,
elektr miqdorini q bilan, tok kuchini J bilan, vaqtni t bilan belgilansa, Faradeyning
1 – qonuni quyidagicha yoziladi:
m = kq = qJt
bu yerda, k– ayni elementning elektr kimyoviy ekvivalenti, ya‘ni eritma orqali 1
kulon elektr o’tganda ajralib chiqadigan miqdori.
Elektrolizning 2 – qonuni: agar bir necha elektrolit eritmasi orqali (ketma –
ket ulangan holda) bir xil miqdorda elektr o’tkazilsa, elektrodlarda ajralib
chiqadigan moddalarning og’irlik miqdorlari o’sha moddalarning kimyoviy
ekvivalentlariga proportsional bo’ladi.
Agar bir idishga AgNO
3
eritmasi, ikkinchi idishga HCl eritmasi, uchinchi
idishga CuSO
4
eritmasi, to’rtinchi idishga FeCl
3
eritmasi solinib, har qaysi idishga
bir xil moddadan yasalgan va bir xil kattalikdagi ikki elektrod tushirilsa va barcha
elektrod bir – biri bilan ketma – ket ulanib, elektrodlarga elektr oqimi berilsa,
sistema orqali 96500 kulon yoki 26,8 amper – soat elektr o’tganda, birinchi idishda
108g kumush va 8g kislorod, ikkinchisida 1g vodorod va 35,46 g xlor, uchinchisida
31,8 g mis va 8 g kislorod, to’rtinchisida esa 18,66 g temir 31,46g xlor ajralib
chiqadi.
13
Faradeyning 2 – qonuni
1
96500
Dostları ilə paylaş: |