OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO TEXNOLOGIYA
FAKULTETI 2-E KIMYO GURUH TALABASI ODILOVA OZODANING
FIZIKAVIY KIMYO FANIDAN TASHISH SONLARINI ANIQLASH
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
BAJARDI: ODILOVA O.
ILMIY RAHBAR: SIDRASULIEVA G.
NUKUS_2023
2
MUNDARIJA
KIRISH ...................................................................................................................... 3
1.1. Fizikaviy kimyoning paydo bo’lishi .................................................................. 7
1.2. Fizikaviy kimyoning rivojlanishi ....................................................................... 7
II. BOB. TASHISH SONINI ANIQLASH ............................................................... 8
2.1. Elektroliz. Faradey qonunlari ............................................................................. 8
2.2. Ionlarning harakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli ...................................... 13
2.3. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi ............................................................. 14
2.4. Tashish sonini aniqlash .................................................................................... 16
2.5. Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash ..................................... 21
2.6. Qutblanish ........................................................................................................ 22
III. BOB. TAHLIL NATIJALARI .......................................................................... 25
3.1. Lobarotoriya ishi. Suyultirilgan sulfat kislota eritmasidagi vodorod ionlarining
tashish sonini aniqlash ............................................................................................. 25
IV. XULOSA .......................................................................................................... 28
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ........................................................... 30
3
KIRISH
Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha
jamiyatni axborotlashtirish bilan ham bog’liq bo’lib har bir davlat o’z axborotlash
strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo’llashga katta ahamiyat bermog’i
lozim. Davlat Ta’lim Standartlarini ta’lim tarbiya jarayonlariga tezkor joriy qilish
mexanizmlar, o’quv dasturlar, darsliklar hamda o’quv meodik qo’llanmalar vositasi
amalga oshirildi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini
fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o‘quvchilarni o‘qitish, o‘rgatish va ularni har
tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar
tizimidan iborat. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni
texnologiyalashtirishni asosini, ta’lim oluvchilarni, uning samaradorligini oshirish
hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda hamda ajratilgan vaqt ichida
loyixalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq
boshqarish g‘oyasini tashkil etishdir. Ta’lim amaliyotida “Pedagogik texnologiya”
3 ta ko‘rinishdagi tayanch mazmunidan iborat:
1. Umumiy pedagogik mazmun. Bu ko‘rinish ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya
mezoni bilan chambarchas bog‘liq;
2. Xususiy uslubiy mazmun. Bu o‘quvchi tomonidan aniq bir mavzu uchun tanlab
olingan usul hamda didaktik vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, bu orqali ta’lim
bosqichlari tizimga solinadi;
3. Modulli texnologik mazmun. Berilgan ta’lim mazmuni qismlarini alohida-alohida
texnologiyalashtiriladi hamda qo‘yilgan maqsadga erishiladi.
O‘qituvchining darsda pedagogik texnologiyani joriy qilishdagi bosqichlari
quyidagicha:
- ta’lim oluvchilarga bo‘lajak faoliyatning maqsadlarini qo‘yish va tushuntirish;
- o‘qitishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini qo‘llash;
- ta’lim oluvchilar faoliyatini rag‘batlantirishning turli choralarini ko‘rish;
- o‘qitish jarayonlarining sifatini nazorat qilish va baholash, ularni tahlil qilish va
korreksiya qilish (korreksiya-anamal bolalarning psixik va jismoniy taraqqiyotidagi
4
kamchiliklarini pedagogik usul va chora – tadbirlar bilan qisman yoki butunlay
yo‘qotish).
O‘qitish texnologiyasini joriy qilish hamda amalga oshirish jarayonida,
pedagogik tizimning barcha komponentlarini ularning bir-biri bilan o‘zaro
bog‘liqligi hamda o‘zaro belgilanganligi albatta mavjudligi, o‘quv jarayonidagi
qatnashchilarining psixologik shaxsiy va individual xususiyatlarini albatta hisobga
olish kerak [1].
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
2020-yil 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy
investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish
o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo`lib, har
qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz
iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi. Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf
etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar muhokama qilindi.
Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun
tizimning moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim. Shu boisda ham yig`ilishda
“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash
yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Shu bilan birga sohaga inovatsiyalar umuman joriy
qilinmagan, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilindi.
Shuning uchun Koreya-kimyo texnalogiyalari ilmiy-tadqiqot institute (KRICT)
bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida
ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan
markaz barpo etishni tezlashtirishni zarurligini ta`kidladi.
Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo
xalq xo’jaligining hamma соќаларида, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli
mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi.
Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo
5
fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari,
qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari va oziq – ovqat mahsulotlarini
kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik
kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur
bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda,
o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni
to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik
jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning
sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob –
uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq
xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish
mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi [2].
Tashish sonlari elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasining o‘zgarishini
o‘lchash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasining o‘zgarishi faqat ionlar
harakatidan tashqari, ionlar gidratlanganidan ion bilan birgalikda gidrat tarkibidagi
suv ham harakat qilishi natijasida elektrolit konsentratsiyasi o‘zgaradi.
Shularga muvofiq, tashish soni ikki xil bo‘ladi; kuzatilgan tashish soni va chin
tashish soni.
Elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasi o‘zgarishini o‘lchash bilan
topilgan tashish soni kuzatilgan tashish soni deb ataladi.
Gidratlanish kabi omilar hisobga olinib, ionlar harakati tezligi turlicha
bo‘lganligidan, o‘lchash yo‘li bilangina topilgan tashish soni chin tashish soni
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |