7
I. BOB. FIZIKAVIY KIMYO FANIGA KIRISH
1.1. Fizikaviy kimyoning paydo bo’lishi
Fizikaviy kimyo fani – atom, molekula, kimyoviy hodisalar, o’zgarishlar va
tuzilishlarni fizika usullarida o’rganib, fizika qonun – qoidalari asosida yechib
beradigan fan sifatida XVIII asrning o’rtalarida vujudga kelgan. Bunga birinchi
bo’lib Rossiya olimi M.V. Lomonosov asos solgan va u fizikaviy kimyo atamasini
qo’llagan. 1751-yildan boshlab M. V. Lomonosov talabalarga fizikaviy kimyodan
ma‘ruzalar o’qiydi va 1754-yili birinchi qo’llanma «Haqiqiy fizikaviy kimyoga
kirish» va «Fizikaviy kimyodan tajribalar» nomli eksperement ishlar uchun dastur
yozadi. U fizikaviy kimyoga quyidagicha ta‘rif beradi: «Fizikaviy kimyo – kimyoviy
operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni fizika
qonun – qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fan» dir degan. M.V.
Lomonosov, kimyoda fizikaviy uslublarni qo’llab o’zining «modda massasi va
energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. M.V. Lomonosov, eritma – erigan
modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o’zaro ta‘siri
mahsulotidir – deydi [3].
Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyagа bog’liqligini
ko’rsatadi. M.V. Lomonosov birinchi bo’lib molekula to’g’risida tushuncha yaratib,
molekula bilan atom o’rtasidagi tafovutlarni aniqlab berdi. U yuqoridagi qayd
etilgan kashfiyotlari bilan birinchi fizikaviy kimyogar bo’lib tanildi.
Dostları ilə paylaş: