8
foydalanish kerakligini vazifa qilib qo’ydi, shu bilan agrokimyo faniga asos soldi.
Fizikaviy kimyoni rivojlantirishda I.A. Kablukovning ishlari ham ahamiyatlidir. U
D.M. Mendelevning eritmalar gidrat
nazariyasidan foydalanib, elektrolitlarning
suvdagi eritmalarida ionlarning gidratlanish hodisasi va
elektrolitik dissotsiatsiya
jarayonlarida kimyoviy o’zaro ta‘sir ko’rsatish hodisalarini ochib berdi. U birinchi
bo’lib, Moskva qishloq xo’jalik institutida fizikaviy kimyo kafedrasini tashkil qildi
va talabalarga ma‘ruzalar o’qiydi.
Fizikaviy kimyoning rivojlanishida chet ellik olimlarning ham hissalari katta.
Masalan, Ya. Vant – Goff, V. Ostvald eritmalarga oid bir qancha qonunlar kashf
etdilar. S. Arrenius elekrolit dissotsilanish
nazariyasini yaratdi, P. Kyuri, M.
Skladovskaya – Kyuriylar radioaktivlik hodisalarini kashf qildilar, V.
Nernst
termodinamikaning uchinchi qonunini yaratishga muvaffaq bo’ldi va hokazo.
O’zbekistonda fizikaviy kimyoni rivojlantirishda o’zbek olimlaridan X.R.
Rustamov, A.M. Murtazaevlar o’z ishlari bilan katta hissa qo’shdilar. Akademik
X.U. Usmanov va uning shogirdlari yuqori molekulyar
moddalarning fizikaviy
kimyosini o’rganishda hamda yangiliklar yaratishda katta ishlar qilishmoqda.
O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M. N. Nabiev va uning shogirdlari
mineral o’g’itlarning fizikaviy kimyosini o’rganishda katta ishlar qilmoqdalar [5].
Dostları ilə paylaş: