28
IV. XULOSA
Xulosa qilib aytganda Fizikaviy kimyo fani zamonaviy kimyoning nazariy
asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va
fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy
usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va
ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar
o`tkazadi.
Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega hamda
kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir.
Fizikaviy kimyoning ishlab
chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda
uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani
tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar
hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega, shu sababli ham, fizikaviy kimyo
fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan.
Fizik-
kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita
moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha moddaning
aralashmasidir. Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy
kimyo xalq xo’jaligining hamma sohalaridа, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va
sifatli mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi. Oziq – ovqat mahsulotlari
texnologiyasida fizikaviy kimyo
fani muhim ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli
hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo fani bilan chambarschas bog’liqdir.
Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, qishloq xo’jaligining
malakali
mutaxassislari, oziq – ovqat mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari
umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir
qatorda fizikaviy kimyoni
ham chuqur bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish
kimyoviy texnologik jarayonlarda, o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir
bo’lib turadigan turli jarayonlarni to’la tushunushga, oziq –
ovqat mahsulotlari
texnologiyasida esa texnologik jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini
oshirishga, hamda ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi.
29
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob –
uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda,
qishloq
xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish
mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi.
Men o’z kurs ishimni tayyorlash jarayonida turli xil adabiyotlardan
foydalandim va tashish soni tushunchasi bilan yanada yaqinroq tanishdim. Tashish
sonini
aniqlash, eksperimentlar o’tkazish bo’yicha amaliy tajribalar olish, tahlil
qilish amaliyotda qo’llanilishini chuqurroq anglash kelajakdagi
kasbiy faoliyatda
foydali bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirdim.
Dostları ilə paylaş: