23
Ikkala elektroddagi potentsial siljishlar yig’indisi qutblanish EYUK ni beradi.
Elektrkimyo sanoatida elektrodga juda
katta elektr oqimi beriladi, natijada
qutblanish EYUK ham katta bo’ladi.
Elektroliz vaqtida elektrolitli vanna galvanik elementga aylanadi va uning
elektrodlari orasida tashqi elektr manbaiga qarshi yo’nalgan potentsiallar ayirmasi
vujudga keladi. Bu xodisaga elektrolitik qutblanish yoki qisqacha qutblanish
deyiladi. Elektroliz vaqtida elektrolitli vannaning elektrodlari orasida hosil bo’lgan
elektr yurituvchi kuchga qutblanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Shuning
uchun elektroliz vaqtida zanjirdagi elektr oqimining kuchi quyidagiga teng bo’ladi.
r
R
E
E
J
k
bu yerda, Е
q
– qutblanish elektr yurituvchi kuchi.
Kimyoviy qutblanish. Sulfat kislota eritmasiga platinadan yasalgan ikki
elektrod tushirilib tashqaridan
elektr oqimi yuborilsa, katoddagi potentsial
vodorodning muvozanat potentsiallaridan oshganidan so’ng katodda vodorod
ajralib chiqa boshlaydi, anodda esa kislorod ajraladi [13].
Elektrodlarda ajralib chiqayotgan bu gazlar platina elektrodga adsorbilanib,
gaz elektrodlar – kislorod hamda vodorod elektrodni hosil qiladi. Natijada sulfat
kislota eritmasiga tushirilgan platina plastinkalarda
kislorod hamda vodorod
elektrodlardan iborat quyidagi galvanik element vujudga keladi:
Pt (H
2
)
-
|H
2
SO
4
|
+
O
2
(Pt)
Bu galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi elektroliz davomida asta – sekin
osha boradi va nihoyat, o’zining eng yuqori qiymatiga erishadi. Elktroliz jarayonida
katodda tashqi manbadan elektron keladi va katodda qaytarilish jarayoni boradi.
Anoddan elektron ketadi va anodda oksidlanish reaksiyasi boradi. Galvanik
element elektrodlarida teskari jarayon boradi. Katodda elektron ketadi va
oksidlanish reaktsiyasi boradi, anodga elektronlar keladi va qaytarilish reaktsiyasi
boradi.
Shunday qilib, elektroliz jarayonida katod anodga va anod katodga
aylanadi. Shu sababli elektroliz jarayonida elektrolizyorda hosil bo’lgan qutblanish
galvanik elementning elektr oqimi tashqi elektr manbaining elektr oqimiga qarshi
24
tomonga yo’nalgan bo’ladi. Natijada zanjirda elektr kuchi kamayadi. Demak,
yuqoridagi misolda qutblanishning sababi galvanik elementning vujudga
kelishidir. Shuning uchun bu xil qutblanish kimyoviy qutblanish deyiladi.
Qutbsizlantirish. Qutblanish jarayoni elektroliz bilan ma‘lum miqdorda
modda ajratib olish uchun ortiqcha elektr energiya sarf qilishini talab qiladi. Bu
esa zarardir. Shunga ko’ra, qutblanishni yo’qotish yoki juda bo’lmaganda uning
ta‘sirini kamaytirishga harakat qilinadi. Elektroliz
jarayonida qutblanishni
yo’qotish qutbsizlantirish (depolyarizatsiya)
deyiladi. Qutblanishni yo’qotish
uchun uning sabablarini yo’qotish kerak. Konsentratsiyaviy qutblanish, eritmani
shiddatli aralashtirish yo’li bilan yo’qotilishi mumkin, lekin uni butunlay yo’q qilib
bo’lmaydi, chunki elektrodlarda hosil bo’lgan diffuzion qatlam bunga yo’l
qo’ymaydi. Ortiqcha ionni cho’ktirish yo’li bilan ham konsentratsiyaviy
qutblanishdan qutilish mumkin. Elektroliz paytida katodda biror kation eritmadan
metall holida ajralib chiqishi uchun u o’z zaryadini berishi kerak, lekin metallar
eritmaga ion holida o’tishga intiladi. Metallarning bu tabiati kationning
zaryadsizlanishiga qarshilik qiladi. Bu qarshilikni yengish uchun katodga ma‘lum
potentsial berish kerak bo’ladi. Shunday qilib, kation zaryadsizlanib katodda
ajralishi uchun, ya‘ni elektroliz jarayoni borish uchun
edektrodga beriladigan
potentsial, ajralib chiqishi kerak bo’lgan shu metallning ma‘lum sharoitda hosil
qilinadigan muvozanat bo’lsa ham ko’proq bo’lishi kerak. Kationning
zaryadsizlanishi uchun kerak bo’lgan minimum potentsial ajralish potentsiali yoki
(agar elektrod erisa) erish potentsiali deyiladi. Metallarning hosil qiladigan
potentsiali ularning normal potentsiali bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham
kuchlanishlar qatori ajralish potentsialining minimum miqdorini ifodalaydi.
Elektroliznig borishi uchun tashqi manbadan beriladigan
elektr yurituvchi kuch
ma‘lum minimum qiymatdan kam bo’lmasligi kerak. Bunday elektr yurituvchi
kuch ajralish kuchlanishi deb ataladi. Amalda biror moddaning ajralib chiqishi
uchun kerak bo’ladigan ajralish potentsiali ba‘zi sabablarga ko’ra shu moddaning
muvozanat potentsialiga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu xodisaga elektroddagi o’ta
kuchlanish yoki o’ta kuchlanish potentsiali deyiladi. Moddalarning elektroliz
25
vaqtida ajralib chiqishi uchun kerak bo’lgan minimum EYuK qutblanish EYuK
dan anchagina ko’p bo’lishi kerak. Bu hol elektrolizdagi o’ta kuchlanish deyiladi.
Ma‘lumki elektrodda gaz ajralib chiqishi uchun juda ko’p elektr energiya kerak
bo’ladi. Sanoatda elektrkimyoviy usul bilan kislorod, vodorod, xlor singari gazlar
ko’p miqdorda olinadi. Shuning uchun elektrolizda ortiqcha sarf bo’ladigan elektr
energiyasini kamaytirish katta amaliy ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: