FIZIKO-KIMYO TAHLIL USULLARIDA ELEKTR TOKI VA ISSIQLIK O’TKAZUVCHANLIKNI ANIQALSH
Ideal eritmalar. Ideal eritmalar deb, komponentlari qo’shilganda bir xil va turli molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari bir xil bo’ladi. Agar eritma A va B komponentlardan tashkil topgan bo’lsa, A-A ,B-B va A-B molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir teng kuchlidir. Ideal eritmalarning xossalari alohida komponentlar xossalaridan farq qilmaydi. Bu eritmalar Vant-Goff va Raul qonunlariga bo’ysinadi.
Osmos va osmotok bosim. Turli konsentratsiyali ikki eritmani o’zaro aralashtirilsa, diffuziya jarayoni oqibatida ma’lum vaqtdan so’ng ularning konsentratsiyasi tenglashadi. Agar turli konsentratsiyali ikki eritma o’rtasiga yarim o’tkazgich parda qo’yilsa, diffuziya asosan bir yo’nalishda ro’y beradi. Yarim o’tkazgich parda tirqishlari nihoyatda kichik bo’lib undan faqat erituvchi molekulalarigina o’ta oladi, erigan modda molekulalari esa o’tmaydi. Erituvchi molekulalari asosan konsentratsiyasi kam eritmadan konsentratsiyasi ko’p eritmaga o’tadi. Natijada konsentratsiyasi yuqori eritmaning sathi balandlashib, konsentratsiyasi oz eritmaning sathi pasayadi.
Erituvchi molekulalarining yarim o’tkazgich parda orqali bir tomonlama diffuziyasiga osmos deyiladi.
Osmos hodisasini to’xtatish uchun yuqori konsentratsiyali eritmaga berilishi zarur bo’lgan bosim osmotik bosim deyiladi.
4- rasmda osmosni tog’ridan to’gri o’lchash uchun mo’ljallangan uskuna berilgan(a). Monometr osmotik bosim o’zgarishini ko’rsatadi. Berkeli va Xartli tomonidan taklif etilgan osmotik bosimni o’lchaydigan qurilma esa osmotik bosim o’zgarishini monometr ko’rsatkichida aks ettiradi (б).
P bosim
4-rasm. Osmotik bosimni o’lchashga imkon beruvchi uskuna.
a- osmotik bosimni tog’ridan to’g’ri o’lchashga mo’lg’allangan osmometr: 1-sopol idish va 2-monometr.
b -Berkeli va Xartli tomonidan taklif etilgan osmotik bosimni o’lchaudigan qurilma: 1-monometr; 2-eritma quyutiladigan idish; 3-yarim o’tkazgich parda; 4-erituvchi saqlanadigan silindr.
Dostları ilə paylaş: |