suyak- muskul sistemasini gigiyenasi- harakat rejimini, partada to’g’ri o’tirish,
ishlash jarayonida gavdani to’g’ri tutish, yozayotganda qo’l barmoqlarini
ishlatilishini me’yorga solish va xokazolarni talab etadi. Bu tadbir choralarini yo’lga
qo’yish ularga rioya qilish, o’sib rivojlanib kelatotgan bolalarni salomatligini
mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon
beradi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani talabalarga, bo’lajak muallimlarga
rivojlanayotgan organizm organ va sistemalarning o’ziga xos xususiyatlari, uning
tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligi, bolalarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni
oldini olish yo’llarini o’rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: