barcha to’qima va hujayralarda ya’ni organlarda o’sish bir vaqtda ayollarda o’rtacha
18-19 yoshgacha, erkaklarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.
O’sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni
kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.
Rivojlanish deganda o’sayotgan organism to’qima, hujayra va organlarining
shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o’smirlik va yetuk
yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo’lishiga
aytiladi.
Bunga voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va
qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi. Rivojlanish jarayoni
a’zolar va ularning tizmlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va
takomillanishida namoyon bo’ladi, masalan, markaziy asab tizimining reflector
faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak- qon tomir, ovqat hazm qilish, tayanch
sistemasini harakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkablashuvi va rivojlanishi
hisobiga takomillashuvida bilinadi.
Organizmni o’sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o’smirlik, yoshlik,
yetuklik davrlarini bosib o’tadi. O’sish bu organizmning miqdor ko’rsatkichi,
rivojlanish esa sifat ko’rsatkichi bo’lib, bu ikki jarayon notekislik ya’ni
geteroxroniya, uzluksiz va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.
Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal xolatida o’sish va
rivojlanish bir- biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo’lsa ham, ular bir
vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo’lmaydi, chunki biron- bir a’zo massasining
kattalashishi uni bir vaqtda funksional jixatdan takomillashuvini bildirmaydi.
Dostları ilə paylaş: