Rivojlanishning uzluksizligi. O’sish va rivojlanish
jarayonlari uzluksiz sodir
bo’lishi aniqlangan va u organizmning o’zgarishlarida, ya’ni uning aniqlanishida,
yangi hujayralarning paydo bo’lishida, funksiyalarning va faoliyat turlarining
murakkablashishida hamda takomillashishida namoyon bo’ladi. Yurishning
boshlanishi va motorikaning
keyingi rivojlanishi, birinchi so’zlar va nutq
funkisiyasining keyinchalik rivojlanishi, jinsiy balog’atga
yetish davrida bolani
o’spiringa aylanishi, markaziy asab tizimini va birinchi galda bosh miya po’stlog’ini
uzluksiz rivojlanishi hamda reflektor faoliyatini murakkablashuvi-rivojlanishning
bu bosqichlari organizmdagi ko’p qirrali va turli xildagi uzluksiz o’zgarishlarning
bir qisminigina tashkil qiladi. Bunda barcha a’zolar va to’qimalarning rivojlanishi
va ularning funksional jihatdan takomillashuvi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.
Uzluksiz rivojlanish qarilik chog’ida ham kuzatiladi va u involyutsion tavsifga ega.
Qarilik chog’ida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar juda murakkab va ushbu
muammo buyuk allomalarni juda qadimdan o’ziga jalb qilganligiga qaramasdan hali
yetarlicha o’rganilgani yo’q.
Rivojlanishning individualligini bolaning aqliy rivojlanishi misolida ko’rish
mumkin. Bunga ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqaga qolishi bo’lsa, boshqa
hollarda shaxsning nisbatan tez o’sib ketishi sabab bo’ladi.
Birinchi holda bu
xususiyatning ustunligi kichik maktab bolalariga xos bo’lsa, boshqa holatda
o’qituvchining dars berish mahoratiga ham bog’liqdir. Ikkinchi holatda o’quvchi o’z
sinfdoshlaridan o’zib ketgan holda, u mustaqil bo’lshga va o’zbilarmonlikka berilib
o’qituvchiga ham bo’ysunmay qoladi. Shuning uchun ham bolalarni nisbatan o’zib
ketishiga nisbiy munosabatda bo’lish kerak. Bolalarni individual o’sish va
rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim- tarbiya
ishlarini amalga oshirish
mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy
qobiliyatiga va atrof- muhit sharoitiga ham bog’liqdir. Ularning aqliy va psixologik
rivojlanishi bolalarni o’rab turgan muhitga va o’quv- tarbiyaviy ishlarga ham
bog’liqdir.
Shuni yodda tutish kerakki, bollarni nisbatan bir necha yil bir xil
sharoitda yashashi ularning shaxsiy o’sish tempiga ta’sir etadi. Shu bilan birga
kichik maktab yoshidagi bolalar o’rtasida o’ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi.
Bularni vunderkindlar ( nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko’pgina
atoqli
kishilarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo’lganliklari bizga
ma’lum.
Jumladan
, buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy
va Abu Ali ibn Sinolarni misol keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16 – 17
yoshidanoq mashhur tabib hakim bo’lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi
deb italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon
universiteti talabasi bo’lgan. Viktor Gyugo esa 12
yoshida Fransiya
Akademiyasining rag’batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol
qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Hozirgi davrda bunday bolalarga
katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.