3.
Davlatimiz yosh avlodni tarbiyalash himoya qilish yilida qanday ishlar olib
bormoqda?
4.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini rivojiga xissa qo’shgan olimlardan
kimlarni bilasiz?
2- ma’ruza: Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonunlari.
Irsiyat
va
muhit.
Reja:
1. O’sish va riuvojlanishning umumiy qonunitatlari.
2. Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari.
3. Akseleratsiya-o’sish va rivojlanishning tezlashuvi.
4. Organizmning davrlari va ta’rifi.
5. Irsiyat va muhit.
Bolalar va o’spirinlar o’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Bolalarni
to’g’ri tarbiyalash uchun ular organizmining o’sishi
va rivojlanishi kabi asosiy
xususiyatlarini bilish zarur. O’sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam
organizmiga xos xususiyatdir.Organizmning har tomonlama o’sishi va rivojlanishi
uning paydo bo’lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir
butun va bir- biriga bog’langandir.
Osish deganda tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm
o’lchamlarining ortishi, ya’ni bo’yning cho’zilishi, og’irlikning ortishi tushuniladi.
Bola ma’lum yoshgacha to’xtovsiz, ammo o’sish davrida ayrim tana qismlarining
nomunosib o’sishi (bosh, oyoq, qo’l suyaklari, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i
ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan
barcha to’qima va hujayralarda ya’ni organlarda o’sish bir vaqtda ayollarda o’rtacha
18-19 yoshgacha, erkaklarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.
O’sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining
ortishi jarayoni
kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.
Rivojlanish deganda o’sayotgan organism to’qima, hujayra va organlarining
shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o’smirlik va yetuk
yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo’lishiga
aytiladi.
Bunga voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish
jarayonlari ham kiradi va
qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi. Rivojlanish jarayoni
a’zolar va ularning tizmlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va
takomillanishida namoyon bo’ladi, masalan, markaziy
asab tizimining reflector
faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak-
qon tomir, ovqat hazm qilish, tayanch
sistemasini harakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkablashuvi va rivojlanishi
hisobiga takomillashuvida bilinadi.
Organizmni o’sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o’smirlik, yoshlik,
yetuklik davrlarini bosib o’tadi. O’sish bu organizmning miqdor ko’rsatkichi,
rivojlanish esa sifat ko’rsatkichi bo’lib, bu ikki jarayon notekislik ya’ni
geteroxroniya, uzluksiz va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.
Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal xolatida o’sish va
rivojlanish bir- biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo’lsa ham,
ular bir
vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo’lmaydi, chunki biron- bir a’zo massasining
kattalashishi uni bir vaqtda funksional jixatdan takomillashuvini bildirmaydi.
Dostları ilə paylaş: