Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Jinsiy yetilish davri. 
Jinsiy yetilish davri davomida odam or­
ganizmida biologik jihatdan voyaga vetish amalga oshadi. Bolalar 
riv o jla n g a n
jinsiy instinkt bilan dunvoga kelmaydi. Uning 
uyg‘o-
nishi jinsiy yetilish yillarida yuz beradi.
Jinsiy yetilishning boshlanish muddati va uning jadalligi turlicha 
hamda jud a ko'plab omillarga b o g iiq : so g iiq n in g holati, oziqla­
nish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlar, irsiy 
xususiyatlar ham muhim rol o'vnaydi.
Noqulav maishiy sharoitlar, to i a qimmatli b o ‘lmagan oziqa, 
unda vitaminlarni yetishmasligi o g 'ir yoki infeksion kasalliklarning 
qaytalanishi, jinsiy yetilishning kechikishiga sabab b o ia d i. Katta 
shaharlarda o'sm irlarning jinsiy yetilishi, odatda, qishloqdagidan 
k o 'ra erta boshlanadi.
O 'tish davrida butun organizmning chuqur qayta qurilishi yuz 
beradi, y a ’ni buning bajarilishida bosh mini asab tizimi o ‘ynay- 
di. Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati jadallashadi. 
Gipofizning gormonlari ta ’sirida tana uzunligi o'sadi. Bundan tash- 
qari, gipofiz qolqonsim on bez faoliyatini stimullaydi, ayniqsa, qiz 
bolalarning jinsiy yetilish davrida qalqonsimon bez sezilarli dara- 
jada kattalashadi. Gipofizning faolligini ortishi buyrakusti bezla­
rining faoliyatini tezlashishiga olib keladi, jinsiy bezlarning jadal 
faoliyati boshlanadi, jinsiy gormonlar ishlab chiqiladi. Vegetativ 
asab tizim ining q o 'z g ‘aluvchanligi ortadi.
Jinsiy va boshqa endokrin bezlar gormonlari ta ’siri ostida jinsiy 
a ’zolarning va jinsiy bezlarning to i ig ic h a shakllanishi yuz beradi. 
Ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi boshlanadi va shu belgi- 
lar bilan bir jins ikkinchisidan farq qiladi (jinsiy bezlar birlamchi 
jinsiy belgilarga kiradi).
Qiz bolalarda tana konturlari aylana shaklini oladi, teriosti klet- 
chatkasida y o g iarn in g о ‘tirishi tezlashadi, ko'krak bezlari kattala­
shadi va rivojlanadi, tana suyaklari eniga kengayadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘g 'il bolalarda yuz va tananing boshqa qismlarida junlar o 'sa 
boshlaydi, tovush buziladi, urug'don suyuqligining y ig ‘ilishi va 
kechalari uning xohishiga bog'liq bo'lm agan holda o 'z-o 'zid an
q o ‘yilishi (kollutsiya) boshlanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning 
to 'liq rivojlanishi jinsiy yetilish davrigacha borib qadaladi.
Qiz bolalarda jinsiy yetilish o 'g 'il bolalardan oldin boshlanadi. 
7-8 y oshdan keyin ularda yog' kletchatkasi ayollar tipiga xos hol­
da rivojlanadi: yog'lar sut bezlarida, sonda, qo'ym ichlarda o'tiradi, 
shundan tana shakli, ayniqsa, son va gavda so'ngra yelka oblasti va 
qo'l ayiana ko'rinishni oladi.
Qizlarda 13-15 yoshdan boshlab qovuq ustida va qo'ltiqosti 
chuqurchalarida junlar chiqadi va tana uzunligiga juda tez o'sadi.
Jinsiy a ’zolarda o 'zig a xos o'zgarishlar uchraydi: bachadonning 
o'lcham i kattalashadi, tuxum donlarda follikulalar yetiladi, mens- 
turatsiya boshlanadi. 16-17 yoshda ayollar tipidagi skeletning 
shakllanishi, asosan, tugavdi. 19-20 yoshli qizlar uchun menstrual 
funksiyaning tiklanishining oxirgi muddatidir va butun organizm ­
ning anatomik va fiziologik yetilishining boshlanishidir.
O 'g 'il bolalarda jinsiy yetilish 10-11 yoshdan boshlanadi, bu 
vaqtgacha jinsiy a'zoning va moyaklarning o'sishi tezlashadi. 
12-13 yoshlarda halqunining shakli o ’zgaradi va tovush dag'al- 
lashadi. 13-14 yoshda skelet erkaklar tipiga o'xshab shakllana- 
di: 15-16 yoshdan boshlab qo'ltiq tagida va qovuq ustida junlar 
o'sadi, ular yana yuzda ham (soqol. m o'ylov) ko'rinadi, movak- 
lar kattalashadi, o 'z-o 'zid a n spermaning chiqarilishi boshlanadi. 
Antropologlarning oxirgi m a'lum otlariga ko'ra erkaklarda to 'lik
suyaklanish 24 yoshga kelib tugallanadi - bu esa ularning jism oniy 
jihatdan yetilganlik tamovilidir.
Yosh bolalar organizmida kechayotgan o'tish davrining murak­
kab jarayonlarini faqat jinsiy a'zolarda yuz beradigan o'zgarishlar 
bilan tushuntirib bo'lm aydi. Butun organizm qayta tashkil b o 'la ­
di, u ju d a tez rivojlanadi. ichki a'zolar kuchli ishlay boshlaydi
o'sm irning ruhiy holati o'zgaradi.
Jinsiy yetilish davri bola organizmining sifati jihatdan rivojla- 
nadigan, nisbatan uzoq muddat davom etuvchi davridir. Bu rivojla-
www.ziyouz.com kutubxonasi


nish bir tekis kechmaydi. Bu davrda bir jarayon ikkinchisidan ol- 
din-keyin kelishi kuzatilib, bolaning tashqi k o ‘rinishidagi garmoni- 
yalar vaqtincha buziladi. uning kayfiyati, xulqi va ichki a ’zolar 
faolivatida ham o ‘zgarishlar yuz beradi. Q o i va oyoqlarning 
o ‘sishi gavdaning o'sishidan yuqori b o ia d i, harakatlar burchaksi- 
rnon uquvsiz b o iib qoladi. Bu k o iin ish la r markaziy asab tizim i­
ning harakatlarni koordinatsiyalovchi funksiyasida yuz beradigan 
o ‘zgarishlar hisobiga kelib chiqadi. O 'sm ir o'zining uquvsizligini 
tushunib diqqatini shunga qaratishi tufayli
0
‘zini yanada noqulay 
ahvolda sezadi. Shu bilan bir qatorda, muskullarning kuchi ortadi, 
ayniqsa, bu holat bolaning jinsiy yetilish davrining oxirida yaqqol 
k o ‘zga tashlanadi: bola tu g ilg an id an 8 yoshgacha muskullarning 
kuchi b or-yo'g'i 4 % ga ortsa, 15 dan 18 yoshgacha muskullarning 
massasi 12 % ga ortadi.
O 'g 'il bolalarda muskullar kuchining ortishi tufayli uni m ashq­
lar bajarishga majbur etadi. Bu energiyani foydali ishga y o iialti- 
rish foydadan xoli b o im ayd i.
Skelet suyaklari va m ushaklar tizim ining o'sish jadalligi ortidan 
o ‘smirlarning ichki a'zolari: yurak, o ‘pka, m e’da-ichaklar tizimi 
doimo ham о ‘sib ulgura olmaydi.
Tomirlami o'sishidan yurakni o'sishi ilgarilab ketadi, natijada 
qon bosim ko'tariladi va, avvalo, yurak o'zining ishini og irlash ti- 
radi. Bundan tashqari, jinsiy yetilish davridagi butun organizmning 
jo 'sh q in qayta qurilishi, yurakni yuqori darajada ishlashga majbur 
etadi. Yurakning yetarii darajada ishlamasligi (o'sm irlar yuragi) 
ko'pchilik holatlarda bosh aylanishiga, q o ‘1 va oyoqlarning ko'ka- 
rishi va sovushiga olib keladi. Ana shundan o 'g \il va qiz bolalarda 
bosh o g iig 'i, jud a tez charchash va vaqti-vaqti bilan holsizlanish 
davrlari kuzatiladi, nihoyat, miya qon tom irlarining spazmasi tu­
fayli hushdan ketish holatlari ham ko'zga tashlanadi. Jinsiy yetilish 
davri tugashi bilan bunday buzilishlar, odatda, izsiz y o ‘qoladi.
Jadal o ‘sish, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin tezla- 
shishi organizmdagi strukturaviy va fiziologik o'zgarishlar m arka­
ziy asab tizim ining q o ‘z g ‘aluvchanligi ju d a kuchli ortadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


O 'sm irlarning his-havajoni, harakatchan, o'zgaruvchan, qara- 
ma-qarshidir, yuqori darajadagi sezuvchanlik, qavsarlik. q o ‘rslik 
bilan birga kechish hollari ham kuzatiladi. uyaluvchanlik esa o 'ta 
o'zbilarm onchilik bilan gapga quloq solmaslik va ota-ona yordami- 
ni inkor etish, bo'ysunm aslik sifatida namoyon bo'ladi.
Bu davrda ayrim hollarda ish qobilivatining pasayishi. nevrotik 
reaksiyalar, juda tez achchiqlanish. yig'loqilik (ayniqsa, qizlarda 
m ensturatsiva davrida) kabi holatlar kuzatiladi.
Jinslar orasidagi munosabatlarning yangi-yangi mezonlari yu­
zaga keladi. Qiz bolalarda o'zining tashqi ko'rinishiga qiziqish 
uyg'onadi. O 'g 'il bolalar esa o 'z kuchlarini qiz bolalar oldida 
ko'rsatishga harakat qiladi. Dastlabki «muhabbat iztiroblari» ayrim 
vaqtlarda o'sm irlarning tinch hayotini buzib qo'yishi mumkin, ular 
odamlarga aralashmay. darslarni o'zlashtirm ay qo'yadi.
O 'tish davrida bolalarga ota-onalar va pedagoglar tomonidan. 
ayniqsa. sezilarli e'tibor bo'lishi zarur. O 'sm irlarning organizmi- 
da yuz berayotgan bunday murakkab o'zgarishlarni deb ularning 
diqqatini atayin tortmaslik kerak. lekin bu o'zgarishlar biologik 
qonuniyatlar asosida yuz berayotganligini tushuntirish zarur.
Ota-onalar. pedagoglarni o'sm irlar o ’zlarini - do'stlari holida 
ko'rishlari va ularga yuz berayotgan o'zgarishlar haqida so'rab 
surishtirish imkoniga ega bo'lishlari kerak. Bunday holatlarda tar- 
biyachining san'ati yoki tajribasi bolalarning seksualli iztiroblarga 
b o'lgan ishtiyoqini so'ndirish uchun turli-tuman shakldagi faoli­
yat turlarini o'ylab topishga qaratilishi kerak. Bularning hammasi
asosan. o'qishga, mehnatga va talabaning xulqiga qaratilishi kerak.
Shu bilan birga. voyaga yetgan odamlarning fikri o ’smirlarning 
harakatlariga va faoliyatiga nisbatan hurmat va qo'llab-quvvatlash 
ruhida bo'lib, ularni to ’g ’ri axloqiy y o ig a solishdan iborat bo'lishi 
kerak. Chunki o'zining qobiliyatini va o'zbilarm onligini doimiy 
ravishda yuqori darajada baholash o'sm irlarga xos xususiyatdir. Bu 
ham o 'tish davrining asosiy xususiyatiaridan biridir.
Jinsiy yetilish davrida yosh bola organizmining jism oniy ji­
hatdan m o'tadil rivojlangan bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Bu-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rung uchun turli-tuman, katta miqdorda dormon dorilar saqlovchi 
oziq-ovqatlar zarur hamda uzoq muddatli sayr, sport bilan shug'ul- 
lanish talab etiladi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin