Fiziologiyasi va gigiyenasi


eritrotsitlarning osmotik chidamliligi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

eritrotsitlarning osmotik chidamliligi
yoki 
rezis-
tentlik
deyiladi, Eritrotsitlarning bu xususiyati yangi tug'ilgan va 
em adigan bolalarda voyaga yetgan odam larnikiga nisbatan yuqori 
bo'ladi. Qon plazmasining osmotik bosimi osh tuzining 0 ,9 % li 
eritmasi konsentratsiyasiga tengdir. Emadigan bolalarning eritrot- 
sitlarining maksimal chidamliligi 0,3 dan 0,4 % li osh tuzi che- 
garasida bo'lsa, minimal chidamlilik osh tuzining 0,48 dan 0,52 % 
chegarasida b o ’ladi.
O 'zining sifatiy tarkibiga va tuzlar konsentratsiyasiga ko'ra 
plazma tarkibiga teng bo'lgan eritmalar 
fiziologik eritmalar
deb 
yuritiladi, Ular izotonikdir. Bunday suyuqliklardan qon yo'qotil- 
ganida qon o'rnini bosuvchi sifatida foydalaniladi.
Qonga turli miqdordagi suv va mineral tuzlar tushishi mumkin, 
lekin shunga qaramasdan buyraklar faoliyati tufayli qonning osm o­
tik bosimi doimiy ravishda bir darajada turishi ta ’minlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu jarayonda buyraklar, ter bezlari ham ishtirok etib. ular orqa­
li organizmdan suv, tuzlar va m oddalar almashinuvining boshqa 
mahsulotlari chiqariladi.
Qonning reaksiyasi. 
Qon plazmasi faqatgina doimiy osmotik 
bosimga va tuzlarning m a'lum sifatdagi tarkibigagina ega b o im a s- 
dan, uning reaksiyasining doimiyligini ham ta'm inlaydi. Amaliy- 
otda muhitning reaksiyasi vodorod ionlarining konsentratsiyasi bi­
lan aniqlanadi. M uhitning reaksiyasini xarakterlash uchun pH deb 
belgilanuvchi vodorod ko'rsatkichlaridan foydalaniladi (Vodorodli 
k o is a tk ic h teskari belgi bilan vodorod ionlari konsentratsiyasining 
logorifmidir). Distillangan suv uchun pH o ic h a m i 7.07 ni tashkil 
etadi. pH -7,07 dan kam bo'lsa. kislotali. 7.07 dan yuqori bo'lsa, 
ishqoriydir. Tana harorati 37 °C bo'lganida odam qonining p H - 
7,36 ga tengdir. Qonning faol reaksiyasi kuchsiz ishqoriydir.
Qon reaksiyasining doimiyligi unda mavjud bo'lgan buferli 
m oddalar (gemoglobin. ko'm ir kislotasining achchiq tuzi, fosfor 
kislotasining tuzi va qon oqsillari) tom onidan ta'm inlanadi ham da 
o 'p k a faoliyati orqali organizmdan karbonat angidrid gazi chiqarib 
vuboriladi: buyraklar va ter bezlari orqali kislotali va ishqorli reak- 
siyalarga ega bo'lgan ortiqcha m oddalar chiqarib vuboriladi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin