Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Qonning ahamiyati. 
Hujayralar uchun haqiqiy ichki muhit 
b o iib to'qim alararo suyuqlik hisoblanadi: ular barcha hujayralar- 
ni oqib o'tadi. Qon, qon tom irlarida b o iib organizmning k o 'p
hujayralari bilan to 'g 'rid a n to ‘g 'ri tutaslnuaydi. Lekin tinimsiz 
ravishda qon tomirlari bo'ylab harakat qilish bilan to'qim alararo 
suyuqliklarning tarkibini doimiyiigini ta'm inlaydi.
Qon hujayralarga lcislorod vetkazib beradi va ulardan karbonat 
angidrid gazini olib ketadi. Qonning kislorod bilan boyishi epitelial 
hujayralar kapillarlarining nozik devorlari orqali bajariladi: o'sh a 
joyning o 'zid a karbonat angidrid qondan ajraladi, so'ngra chiqa- 
rilay otgan havo bilan tashqi muhitga chiqariladi. Qon turli to'qim a- 
lar va a'zolarning kapillarlari orqali oqib o'tib. ularga kislorodni 
beradi va karbonat angidrid gazini singdirib oladi.
Ovqat hazmi jarayonlarida. oziq moddalarining parchalanishi 
yuz beradi va ulardan hosil b o ig a n moddalar organizm tom onidan 
o'zlashtiriladi. Bu moddalar qonga tushadi va u bilan butun orga­
nizm bo'ylab tarqaladi.
Qon organizmdan parchalanish mahsulotlarini chiqarishda faol 
ishtirok etadi. M oddalar almashinuvi jaray onida hujay ralarda doi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


miy ravishda odam organizmi ehtiyoji uchun foydalanilmaydigan 
moddalar hosil bo'ladi, ulardan ayrimlari esa organizm uchun zarar- 
li ham bo'lishi mumkin. Bu moddalar hujayralardan to'qim alararo 
suyuqliklarga undan esa qonga tushadi. Qon orqali bu mahsulotlar 
buyraklarga, ter bezlariga, o'pkaga yetkazib beriladi va ular orqali 
organizmdan chiqariladi.
Qon himoya funksiyasini ham bajaradi. Organizmga turli zaharli 
moddalar yoki mikroblar tushishi mumkin. Ular qonning ayrim hu­
jayralari tom onidan parchalanadi va y o 'q qilinadi yoki maxsus hi­
moya moddalari bilan yopishtiriladi va zararsizlantiriladi.
Qon organizmning faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Or­
ganizmda ishlab chiqiladigan kimyoviy faol moddalar qonga tu­
shadi. Bu moddalar qon bilan tashilib boshqa a'zolar faoliyatiga 
ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qon asab tizimi bilan birga ayrim a ’zolar 
orasidagi aloqani o'rnatadi, ana shu tufayli organizm yaxlit holda 
faoliyat ko'rsatadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin