Fiziologiyasi va gigiyenasi


Tashqi muhitning o ‘sish va rivojlanishga ta’siri



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Tashqi muhitning o ‘sish va rivojlanishga ta’siri. 
Bola orga­
nizmi jiddiy darajada uning rivojlanish yo'lini aniqlab beruvchi
bola organizmiga uzluksiz ta ’sir ko'rsatuvchi, aniq sharoitda rivoj­
lanadi. I. M. Sechenov ta ’kidlaganidek, «... organizm hayotini 
q o ila b turuvchi atrof-muhitsiz faoliyat ko'rsatishi mumkin emas, 
shuning uchun organizmning ilmiy asoslanishida organizmning 
atrof-m uhitga ko'rsatadigan ta ’siri ham hisobga olinishi zarur, 
chunki hayotda nima, muhitmi yoki tananing o'zi muhimmi degan 
savolning tu g ilish i uchun o 'rin yo'q».
Turli yosh davrlarida bola organizmidagi morfologik va funk­
sional qayta o'zgarishlarning kechishi ko'plab genetik va atrof- 
muhit omillari ta ’siriga uchraydi.
Konkret atrof-muhit sharoitlariga b o g iiq holda rivojlanish j a ­
rayoni tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, uning yosh davrlari 
esa erta yoki kech boshlanishi va ular turli davomiylikka ega b o i i ­
shi mumkin.
Bola organizmining sifatiy jihatdan shaxsiy rivoj lanishning har 
bir bosqichida o'zgaruvchi, o 'ziga xosligi barcha va aynan uning 
atrof-m uhit bilan o'zaro aloqasini xarakteri bo'yicha nam oyon 
bo'ladi. Bola tug'ilgandagi uning biologik fondi keyinchalik ham 
shu holda o'zgarm asdan qoladi deb hisoblamaslik kerak. Atrof- 
muhit omillari, ayniqsa, uning ijtimoiv sohasi ta ’siri ostida irsiyat 
bilan ta ’minlanuvchi u yoki bu sifatlar muhit imkon yaratsa, rivoj­
lanishi yoki imkon bermasa yo'qolishi mumkin.
1. 2. Akseleratsiva
Akseleratsiya tushunchasi. 
XIX asrning oxirgi choragi va 
XX asrning boshlarida ko'pgina mamlkatlarda bolalarning o'si-
www.ziyouz.com kutubxonasi


shi tezlashganligi kuzatilgan. Shu paytdan boshlab bolalarning 
jism oniy rivojlanishi haqidagi m a'lum otlar y ig 'ila boshlandi va 
1936- yilda rivojlanishning tezlashishini xarakterlovchi murakkab 
kompleks hodisalarni Ye. Kox tom onidan akseleratsiya deb atash 
fanga kiritildi 
(lot.
accelerare - tezlatish).
Dastlab ko'pchilik tadqiqotchilar akseleratsiya deganda, avvalo, 
bolalar va o'sm irlarning jism oniy rivojlanishini tushunganlar. Ke- 
yinchalik bu tushunchalar jiddiy darajada kengaydi.
A kseleratsiya deganda tana o'lcham larining ortishini va ancha 
erta muddatda yetilishning boshlanishlarini tushuna boshladilar. 
Tana uzunligi, ko'krak hajmi va tana og'irliklarini jism oniy rivoj­
lanishning ana shunday muhim belgilari deb qarala boshlandi. Or­
ganizmning morfologik xususiyatlari uning funksional faoliyati 
bilan chambarchas bog’langanligini hisobga olgan holda, ayrim 
mualliflar o'pkaning tiriklik sig'im ini, ayrim muskullar guruhini 
kuchini, skeletning suyaklanish darajasini, tishlarning chiqishi va 
almashinishlarini, jinsiy yetilish darajalariga jism oniy rivojlanish­
ning belgilari sifatida qaray boshladilar.
H ozirga kelib «akseleratsiya» tushunchasi shunchalik kenga- 
yib ketdiki,ya'ni faqatgina bolalar va o'sm irlarning jism oniy ri­
vojlanishining tezlashishi haqida gapirmasdan balki voyaga yetgan 
odamlarning tana o'lcham larining ortishi, klimaksning ancha kech 
boshlanishlari haqida ham gap yuritilmoqda.
Haqiqatan ham, o'sishning tezlashishini em brional rivojlanish 
bosqichidayoq kuzatish mumkin. Yangi tug'ilgan bolalarning tek- 
shirishlar shuni ko'rsatdiki, oxirgi 30-40 yil davomida ularning 
tana uzunligi 0,5-1 sm ga, og'irligi esa 100-150 g ortdi.
Bolalar hayotining birinchi yilida o'sish va tana og'irligining or- 
tishidan tashqari, tana og'irligini ikki marta oshishi, yoshining va 
bosh ham da ko'krak qafasi aylanasining to 'rt tom onlam a o'lcham i 
pasayishi kuzatiladi.
Hozirda tana og'irligini ikki martaga oshish vaqti ilgarigi 6 oy­
lik yosh o'rn ig a 4 ovlikda kuzatiladi.
Hozirgi bir yoshli bolalar 50-75 yil oldingi bolalarga nisbatan 
o'rtacha 5 sm ga uzun, 1,5-2 kg o g ’irroqligi kuzatildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin