Fiziologiyasi va gigiyenasi


Refleks, asab faoliyatining asosiy shakli ekanligi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

3. 2. Refleks, asab faoliyatining asosiy shakli ekanligi
Refleks haqida tushuncha. 
Asab faoliyatining asosiy shaklla- 
ridan biri bo'lib reflekslar hisoblanadi. 
Refleks —
organizmga tash­
qi yoki ichki muhitdan ko'rsatilayotgan qo'zg'alishlarga markaziy 
asab tizimi ishtirokida beriladigan javob reaksiyasidir.
Odam oyog'ining tovon qismi terisini qo'zg 'atish . reflektor ra­
vishda oyoq kaft va barmoqlarining qisqarishini chaqiradi. Bu 
tovon refleksdir. Sonning to 'rt boshli muskullari paylarini tizza 
usti qismidan pastki tomonidan urilsa, ovoq tizzadan bukiladi. Bu 
tizza refleksdir. Emadigan bolaning lablariga tegish bilan unda -
emish refleksini kuzatish mumkin. Kuchli v o ru g iik bilan ko'z qo- 
rachig'ining qisqarishini chaqirish mumkin - qorachiq refleksi va 
hokazo.
Reflektor faoliyat tufayli organizm tashqi yoki ichki muhitlar- 
dagi turli o'zgarishlarga juda tez reaksiya qilish xususiyatiga ega- 
dir.
Reflektor reaksiyalar juda turli-tumandir, ular shartli va shart­
siz b o iish lari mumkin. Ular orasidagi farqlanishlarni biz keyinroq 
k o iib chiqamiz.
Reflektor voyi. 
Tananing barcha a'zolarida qo ' zg ' atuvchi 1 arga 
sezuvchan nerv uchlari joylashgan - bular 
retseptorlardir.
Retsep­
torlar joylashgan joyiga, tuzilishiga va funksiyasiga qarab turli с ha- 
dir. Ayrim retseptorlar juda oddiy tuzilgan nerv uchlari shaklidagi 
k o ‘rinishlarga ega b o iib . ularning avrimlari murakkab tuziiishga 
ega bo'lgan sezgi a ’zolarining ayrim elementlari hisoblanadi, m a­
salan. ko'zning tur pardasi. Retseptorlar joylashgan joyiga qarab 
eksteroretseptorlarga, proprioretseptorlarga va interoretseptorlarga 
b o iin ad i. 
Eksteroretseptorlar
tashqi muhitning q o ‘z g ‘alishlarini 
qabul qiladi, uiarga ko'zning tur pardasi, quloq, teri retseptorlari. 
ta'm va hid bilish a'zolarining qabul qiluvchi hujayralari kiradi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin