irradiatsiya deb ataladi. Berilgan q o ‘z g ‘atish
qancha kuchli va davomli bo'lsa irradiatsiya shuncha keng bo'ladi.
Asab tizim ining turli qismlarini bir-biri bilan bog'lovchi qo'shim -
cha neyronlar va markazga intiluvchi nerv hujayralarining ko'plab
o'sim talari hisobiga irradiatsiya yuz berishi mumkin. Irradiatsi
ya bolalarda. ayniqsa, ularning hayotini dastlabki davrlarida aniq
nam oyon bo'ladi. M aktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar
chiroyli o'yinchoqlarni k o ‘rganida og'zini ochadi, sakraydi, kayfi-
yati yaxshilagidan kuladilar.
Tabiiy sharoitlarda markaziy asab tizimi bo'ylab q o 'zg 'alish
odat bo'yicha juda keng ko'lam da irradiatsiyadanishi mumkin, le
kin haqiqatda m a’lum chegaralarda tarqaladi, bu esa m a’lum koor-
dinatsiyalangan reflektor reaksiyalarning bajarilishi imkonini be
radi.
Q o'g'atuvchilarni tabaqalanish jarayonida qo'zg'alishni irradi-
atsiyalanishini torm ozlanish chegaralaydi. Natijada m a’lum ney
ronlar guruhida q o 'zg 'alish yig'iladi. Shundan keyin q o 'zg 'alg an
neyronlar atrofida qo'zg'aluvchanlik pasayib ketadi va ular tor
mozlanish holatiga keladi. Bu hodisa bir vaqtdagi manfiy induksi-
yadir. Diqqatning jam lanishini, irradiatsiyani zaiflashuvi va induk-
sivani kuchayishi deb qarash mumkin. Shovqin ta ’siridan, qattiq
yoki kuchli kulgidan yoki gaplashishdan diqqatni yoyilib ketishi
induksiyaning zaiflashuvi natijasi hisoblanadi va qo'zg'alishning
irradiatsiyasi uchun qulay sharoit yaratadi. Diqqatning bo'linishi-
ni yangi kiritilgan q o 'zg 'alish o 'c h o g 'i tom onidan yuzaga kelgan
cham alash reaksiyasi natijasida hosil bo'lgan induksion torm ozla
nishning natijasi deb qarash mumkin. Q o'zg'alg an neyronlarda,
qo 'zg'alishd an keyin torm ozlanish yuz beradi va, aksincha, o'sh a
neyronlarda torm ozlanishdan keyin q o 'zg 'alish yuzaga keladi.
Bu navbatlashuvchi induksiyali dars davomida katta yarimsharlar
po'stlog'idagi harakat qismida uzoq muddatli torm ozlanishdan ke
yin tanaffus paytida o'quvchilarda qo'zg'atiladigan harakat faol-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ligining kuchayishi bilan navbatlashuvchi induksiyani tushuntirish
mumkin. Tanaffus paytidagi dam olish faol va harakatchan b o ’lishi
zarur.