0 ‘rta miya.
O 'rta miya, katta miya oyog'idan va to 'rt do'ng-
liklardan iborat. O 'rta miyaning b o 'sh lig 'i torgina kanai-m iya suv
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'tkazuvchisi (vodoprovod)dan iborat b o ’lib, pastdan to ‘rtinchi
va yuqoridan uchinchi qorinchalar bilan tutashgan b o ‘ladi. M iya
suv o'tkazuvchisining devorlarida III va IV - bosh miya nervlari
k o ‘zni harakatga keltiruvchi va chig’irli nervlarni yadrosi joylash
gan bo'ladi.
O 'rta miya orqali katta yarim sharlar p o 'stlo g ’i va miyachaga
boradigan yuqoriga ko'tariluvchi. uzunchoq va orqa m iyaga nerv
im pulslarini olib boruvchi, tushuvchi nervlarning barchasi o ’tadi.
O ita miyada to ’rt do'nglik yadrolari, ko'zni harakatlantiruv-
chi va chigirli, nervlarning yadrolari, qizil yadro va qora substan-
siya shaklidagi kulrang moddaning jam lam asi joylashgan. To'rt
do'nglikning oldingi bo'rtigi, birlamchi ko 'rish markazi hisoblansa
keyingi bo'rtigi esa birlamchi eshitish markazi hisoblanadi. Ular
ning ishtirokida v o ru g iik va tovushlarga cham alash reflekslari ba
jariladi: ko'zning. boshning harakati, hayvonlarda quloqning dik-
kayishi va hokazo. Qora substansiya, yutish va chaynash, q o i bar-
moqlarining nozik harakatlari singari murakkab koordinatsiyalov-
chi aktlar bilan b o g iiq . Qizil yadro esa to 'g 'rid a n to 'g 'r i muskullar
tonusini boshqarilishi bilan b o g iiq .
R etikular formatsiya.
Orqa miyaning y uqorigi uchidan boshlab
ko'rish burtakchalari va gipotalamus bilan birgalikda bir-biri bilan
qalin tolalar o'rim i, turli tom onlarga yo'nalgan miyaning butun ta-
nasi bo'ylab turli tip va shakldagi neyronlardan iborat hosilalar jo y
lashgan. M ikroskop ostida bularning hammasi to 'r shaklida ko'ri-
nadi, shu sababdan bu hosilalarning hammasi turli yoki retikular
formatsiya degan nom oigan. Hozirda odam lar miyasi tanasining
retikular formatsiyasida 48 dan ortiq alohida-alohida yadrolar va
hujayralar guruhi aniqlanib, bajaradigan vazifalari qayd qilingan.
Retikular formatsiyaning tuzilmalari q o 'z g ’atilganida hech qanaqa
ko'rinarli reaksiya kuzatilmaydi, faqat markaziy asab tizimining
turli qismlaridagi qo'zg'aluvchanlik almashinadi.
Retikular formatsiya orqali yuqoriga ko'tariluvchi m arkaz
ga intiluvchi ham pastga tushuvchi markazdan qochuvchi y o ila r
o'tadi. Ana shu joyda markaziy asab tizimining barcha qismlarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
qo'zg'aluvchanligi boshqariladi va ularning o'zaro aloqasi ta 'm in
lanadi.
Retikular formatsivaning turli qismlarini jarohatlash yoki mikro-
elektrodlar yordamida qo'zg 'atish d a va undan ehiqib ketayotgan
nerv y o ‘Ilarini kesish hisobiga retikular formatsiya pastga tushuv-
chi retikulo-spinal yo'llar bilan orqa miyaning harakat reaksivala-
riga yengillashtiruvchi yoki tormozlovchi ta'sir ko'rsatishi mumkin
ekanligini ko'rsatish imkoniyati tu g 'ild i. Uning faollashtiruvchi
va tormozlovchi samarasi qo'zg'atuvchilarning jadalligi va davo-
miyligiga bog'liq. Dastlab I. M. Sechenov (1862) baqaning ko'rish
burtaklarini ta'sirlash bilan. so'ngra Megun (1946, 1950) miya ta-
nasining retikular formatsivasining turli qismlarini q o 'zg 'atish hi
sobiga ko'plab orqa miya reflekslarini tormozlanishini ko'rsatdi-
lar. Retikular formatsivaning faollashtiruvchi ta'siri orqa miyaning
yoyuvchi reflekslarini tezlashishi va skelet muskullarining qisqari
shi bilan namoyon bo'ladi.
Retikular formatsiya yuqoriga ko'tariluvchi yo'llar bilan katta
yarim sharlar po'stlog'iga. faollashtiruvchi ta'sir ko'rsatib. uning
doimiy hushyorligini ta'm inlaydi. Juda ko'plab tadqiqot ishlari bi
lan miya tanasidagi retikular neyronlarning aksonlari. katta yarim
sharlar p o ’stlog'iga vetib boradi, bundan tashqari, bu tolalarning
ko'pchiligi p o 'stlo q q a b o rish y o 'lid a -ta la m u sd a uziladi, ko'pchili-
gi yuqoriga ko'tariluvchi retikular faollashtiruvchi tizim hosil qilib
to 'g 'ri po'stloqqa boradi. O 'z navbatida, miya tanasining retiku
lar formatsiyasi katta yarim sharlar po'stlog'idan keluvchi tolalarni
oladi va undan keluvchi impulslar retikular formatsiya faoliyatini
boshqaradi.
Agar havvon uxlavotgan yoki tinch holatda bo'lsa, retikular for
matsiya elektr toki bilan qo'zg 'atilsa. unda faollashuv yuz beradi
va u uyg’onadi. Bu paytda elektroensefalogrammada past amplitu-
dali tez-tez takrorlanuvchi ritmlar qayd qilinadi (chastotasi 13 Hz
va yuqori). Agarda yuqoriga ko'tariluvchi retikular yo 'llar shikast
lansa, faol yoki tinchlik holatidagi hayvonlarda elektrofaollikning
pasayishi kuzatiladi. hayvonlar esa chuqur uyquga ketadi. Bunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
hayvonning elektroensefalogrammasida chastotasi 4 Hz dan past
bo'lgan ritm lar yuzaga keladi.
Retikular form atsiya adrenalin va atsetilxolin kabi fiziologik
faol moddalarga yuqori sezuvchanlikka ega.
Dostları ilə paylaş: |