Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Oldingi miya. 
Oraliq va keyingi qismlardan iborat oldingi m i­
yaning - po'stloq va po'stloq osti b o iim la ri - keyingi miyaga
ko'rish bo'rtiklari va bo'rtakosti bo'lim lari - oraliq miyaga taal- 
luqlidir. Oraliq miya. o 'rta miya bilan chegaradosh b o iib , katta 
yarim sharlar esa yuqoridan va yon tom ondan miyaning boshqa 
b o iim larini yopib turadi.
Oraliq miva- 
Odamning oraliq mivasi uchmchi qorincha 
bo'shlig 'ini o'rab turuvchi to 'rt qismdan iborat b o ia d i: epitalamus, 
dorsalli talamus. entralli talamus va gipotalamus qismlardan.
Oraliq miyaning asosiy qismi - talamus (ko'rish buragi) (tala­
mus). Bu juft, katta tuxum shaklidagi kulrang moddaning hosilasi. 
Talamusning kulrang moddasi yupqa oq qatlamlar bilan uch: oldin­
gi, medial va laterial oblastlarga b o iin a d i. H ar bir b o iim o 'ziga xos 
yadrolar jam lam asi hisoblanadi. Talamus yadrolari funksiyalarini 
o'rganish, ayniqsa, katta yarim sharlar p o 'stlo g 'i hujavralarining 
faolligi xususiyatlariga ta'sirini o'rganish ularni ikkita spetsifik va 
nospetsifik yadrolar (maxsus va maxsus b o im ag an ) guruhlariga 
b o iis h imkonini berdi.
Talamusning maxsus yadrolari o'zining tolalari bilan katta 
yarim sharlar p o 'stlo g 'ig a yetib boradi va uning sanoqli hujavralari- 
da sinapslar hosil qiladi. Maxsus yadrolami yakka elektr ta ’sirotchi- 
lar bilan ta'sirlaganda po'stloqning unga xos b o ig a n , chegaralan- 
gan qismlarida birlamchi javob tariqasida juda tez (yashirin davri 
1-6 ms) reaksiya vujudga keladi.
Maxsus b o im a g a n talamus yadrolaridan impulslar katta yarim­
sharlar po 'stlo g'ining turli qismlariga bir vaqtning o 'zida tushadi. 
Nospetsifik yadrolar qo'zg'atilganida po'stloqning to 'liq yuzasi 
bo'ylab diffuziya holatidagi javob reaksiyasi 10-50 millisekund- 
dan keyin yuzaga keladi. Bu paytda po'stloq hujayralarida qayd 
qilinayotgan potensiallar kattagina latent davrga ega b o ia d i va
www.ziyouz.com kutubxonasi


ularning ko'rinishi sekin-asta ortuvchi yoki susayuvchi to*lqinlar 
shaklida bo'ladi. Bu qamrab olish reaksiyasidir.
Organizmning barcha retseptorlaridan (hid bilish retseptorlari 
m ustasno) markazga intiluvchi impulslar bosh miyaga vetguniga 
qadar avval talamus yadrolariga kelib tushadi. Bu yerga ko'rish 
signallari. eshitish, teri. yuz, gavda, qo'l va oyoqlar retseptorlari­
dan va proprioretseptorlardan, ta'm bilish retseptori, ichki a'zolar 
retseptorlaridan (visseroresentorlar) impulslar tushadi. Bu yerga 
keyinchalik yarim sharlar p o 'stlog'ining harakat zonasiga keluvchi 
miyachadan ham impulslar tushib turadi.
Talamusga tushuvchi axborotlar qayta ishlanadi, o'zlariga mos 
emotsional rang oladi va miyaning katta yarim sharlariga vo'nalti- 
riladi.
Talamus funksivalarini buyuk tadqiqotchilaridan biri Uokter- 
ning fikricha, talamus o'rtadagi b og io v ch i hisoblanadi. tash­
qi muhitdan kelayotgan barcha qo 'zg'alish lar bu yerda shaklan 
o'zgartirilib, 
s h u n d a y
tarzda po’stloq va po'stloqosti markazlariga 
organizm doimiy ravishda o'zgaruvchi tashqi muhit sharoitlariga 
adekvat holda moslasha oladigan darajada vo'naltiriladi.
Talamusning nospetsifik yadrolarining roliga to'xtaladigan 
bo'lsak, talamusning spetsifik yadrolaridan kelayotgan impulslar 
po'stloq neyronlarining faoliyatini yengillashtirgunicha faollashti- 
radi. K o 'rish bo'rtiklari jarohatlanganda his-havajonni namoyon 
bo 'lishi ko'pchilik hoiatlarda buziladi. sezish-taktil xarakteri al- 
mashinadi. Bunday hollarda hattoki teriga unchalik jiddiy b o im a ­
gan tovush yoki y o ru g iik ta'siri ham kasallarda kuchli og'riq cha- 
qirishi yoki kuchli og'riqli ta'sir ham sezilmasligi mumkin. Bu 
esa ko'pchilik mualliflarga talamus og'riq sezishning oliy markazi 
deb hisoblashlariga asos bo'lib xizmat qildi. Ammo ularda og'riq 
sezgilarini shakllanishida katta yarim sharlar po'stlog'ining aham i­
yati jiddiy ekanligini ko’rsatuvchi ko'pgina eksperimental va klinik 
m a iu m o tlar ham bor.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin