Fiziologiyasi va gigiyenasi


Bosh m iyaning katta yarim sharlari



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Bosh m iyaning katta yarim sharlari 
Bosh miya katta yarim ­
sharlari po'tloqosti gangliyalari va miya plashidan iborat b o iib . 
qaysiki, yonbosh qorinchalari bo'shlig'ini o 'rab turadi. Voyaga yet­
gan odamlarda katta yarim sharlarining vazni bosh miya vaznining 
qariyb 80 % ni tashkil etadi. O 'ng va chap yarim sharlar bir-biridan 
uzunasiga chuqur egat bilan b o iin g an . Bu egatning tubida nerv to- 
lalaridan tashkil topgan qadoqli tanalar joylashgan. Qadoqli tanalar 
o 'n g va chap yarim shaiiarni bir-biriga tutashtirib turadi.
Odamlarda miya plashi, bosh miya p o 'stlo g 'i holida tan olina- 
di. Bu katta yarim sharlarning kulrang moddasidir. Ular nerv hu- 
jayralaridan va ulardan chiquvchi o'sim talar va neyrogliya hu- 
jayralaridan (neyronlar uchun tayanch funksiyasini bajaruvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


hujayralar: taxmin qilinishicha neyrogliyalar nevronlarning modda 
almashinuvida ishtiroki bor ekan) hosil bo'ladi.
Bosh miya katta yarim sharlarining po 'stlog 'i markaziy asab 
tizim ining oliy filogenetik jihatdan ancha yosh hosilalaridan hi­
soblanadi. U katta yarim sharlarning yuzasini to iig 'ic h a 1.5 dan 
3 mm bo'lgan qalinlikdagi qatlam bilan qoplab turadi. Voyaga yet­
gan odam larda katta yarim sharlar p o'stlog'ining umum iy yuzasi 
170-200 sm3 ni tashkil qiladi. P o'stloqda 12 dan 18 minggacha 
nerv hujayralarini sanash mumkin. Bosh miyaning umumiy yuzasi 
ju d a ko'plab egatlar hisobiga ortib boradi, chunki egatlar yarim- 
sharlarni shishsimon chigalliklarga va bo'laklarga bo'ladi.
A sosan uchta bosh - markaziy, yonbosh va tepa - ensa egatlar 
har bir yarimsharni to'rtta: peshona, tepa. ensa va chakka b o 'lak ­
larga bo'ladi.
M arkaziy egatning oldi tom onida peshona bo'lagi yotadi. Tepa 
bo'lagi old tom onidan markaziy egat bilan. ort tomondan tepa-ensa, 
pastdan yonbosh egatlar bilan chegaradoshdir. Tepa ensa egatining 
ortida ensa bo'lagi turadi. Chakka bo'lagi yuqoridan chuqur yon­
bosh egati bilan chegaralanadi. Chakka va ensa b o ia k lari orasida 
keskin biron chegara yo'q. M iyaning har bir bo'lagi, o 'z navbatida, 
egatlar bilan qator chigalliklarga bo'linadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin