Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

(fagositoz).
Bitta neytrofil 20-30 gacha mikrobni 
yutishi mumkin. Bir soatdan keyin ularning hammasi neytrofillar 
ichida hazmlanib ketadi. Bular maxsus mikroorganizmlarni par- 
chalovchi fermentlar ishtirokida yuz beradi.
Agarda yot tanalarning o'lcham i neytrofillar o'lcham idan katta 
boMsa, uning atrofida neytrofillar guruhi to'planib baryer hosil qila­
di. Leykotsitlar bu begona organizmlarni hazmlab yoki parchalab 
ular bilan birga o'ladilar. Natijada begona tana atrofida yiring ho­
sil bo'ladi. biroz muddat o'tganidan keyin yorilib, uning ichidagi 
massa organizmdan chiqarib tashlanadi. Parchalangan to'qim alar 
va o'lg an to'qim alar bilan birga organizmga kirgan begona tanalar 
ham chiqarib tashlanadi.
Organizmga tushadigan turli mikroorganizmlarni, oddiy orga­
nizmlarni va har xil begona tanalarni leykotsitlar tom onidan yutili- 
shi va hazmlanishi 
fagositoz
deb ataladi, leykotsitlarning o'zini esa 
fagositlar deb vuritiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fagositoz hodisasini birinchi b o iib I. I. M echnikov o'rgangan 
va ana shu kashfivoti uchun Nobel mukofotiga sazovor b o ig a n .
I. I. M echnikov o'zining dastalbki kuzatishlarini nisbatan oddiy 
organizmlarda - dengiz yulduzining qurtlarida olib bordi. Uni qayd 
qilishicha dengiz yulduzi qurti tanasidagi tikon. harakatchan hu­
jayralar bilan tezgina o'rab olinadi.
Odamlarda ham b arm o g ig a tikan kirganida xuddi shunday ho- 
lat kuzatiladi. Tikon atrofida katta miqdorda oq qon tanachalari 
y ig ila d i. Tashqi tomondan bu holat ichida o ig a n leykotsitlarni 
yig'ilishi - viringli oq pufakcha hosil b o iish id an hosil b o ia d i.
Yuqorigidan ham muhimroq kuzatishni I. 1. M echnikov chu- 
chuk suv qisqichbaqasi - dafniyalarda bajardi. Agarda mikroskop 
ostida k o i’inadigan zam burug' sporalari ichaklar devoridan kirib 
u tana bo'shliqlariga tushsa. ularga juda harakatchan hujayralar 
hujum qiladi va ularni o'rab oladi va hazmlavdi. Natijada kasallik 
rivojlanmaydi. Agar sporalar dafniyaning tanasiga katta miqdorda 
tushsa u paytda fagositlar o 'z vazifasini uddasidan chiqa olmaydi, 
oqibatda sporalar ko'payib ketib kasaliikka olib keladi va hayvon 
o ia d i.
Bu kuzatishlar I. 1. M echnikovga barcha oliy darajada rivoj- 
langan organizmlarda, shu jum ladan. odam larda ham fagositar 
hujayralar ularning organizmini kasallik chaqiruvchi agentlardan 
himova qiladi degan nazariyani ilgari surish uchun asos b o id i. 
Organizmda fagositar funksiyani ikki kategorivaga mansub hu­
jayralar bajarishini I. I. M echnikov ko'rsatib berdi: harakatchan 
oq qon tanachalar (limfositlar va monositlar) va limfa tugunlari- 
da. tom irlarning ichki devorlarida. taloqda. jigarda, qizil ilikda va 
boshqa a'zo lard a saqlanuvchi harakat qilmavdigan hujayralar.
Organizmni o ig a n , atrofiyaga uchragan hujayralardan tozalash- 
da ham leykotsitlar m uhim rolni o'vnaydi. Odamlar organizmida 
tinimsiz ravishda hujayralam ing qarishi. o iish i va yangilarining 
hosil b o iis h jarayonlari kechib turadi. Agar o ig a n hujayralar 
yo'qotilib tashlanm aganida edi. unda organizm parchalanish m ah­
sulotlari bilan zaharlanardi va hayotning davom etishi mumkin 
b o im a y qolardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fagositoz - organizmning himoya reaksiyasi b o ‘lib, uning ichki 
muhitining doimiyligini saqlanishini ta ’min etadi.
Limfa tugunlarida va taloqda hosil bo'luvchi limfositlar 100— 
200 kun davomida aylanuvchi qon bilan aylanib yuradi. Qayd 
qilishlaricha, limfositlar organizmdagi immunitet reaksiyalarida 
ishtirok etadi, organizmga kirgan mikroblarni va ularning zaharla- 
rini (toksinlarini) zararsizlantiradi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin