yig'ib olish mumkin. Kapsula o g 'iz b o 'sh lig 'in in g shilliq pardasiga
shunday yopishtiriladiki. uning markazida so'lak bezining chiqa-
ruv yo'li qoladi, bunda fistula bilan so'lak endi og'izga tushmay,
balki kapsulaga va rezina naycha orqali tashqariga chiqariladi va
stakanchaga yoki probirkaga quyiladi.
M e'da shirasi va o 'n ikki barmoqli ichakning ximusidan olish
uchun zonddan foydalaniladi, bunda o'rganilayotgan odam zond-
ni yutadi. Bunday zondning tashqi teshiklari orqali tadqiqot ishlari
uchun shira olish mumkin.
M e'dalar va ichaklarning holati haqidagi ayrim m a’lumotlarni,
ular joylashgan hududning rentgen nurlari bilan yoritish hisobiga
olish mumkin. Rentgenli tekshirishlardan oldin tekshiriluvchiga
Rentgen nurlarini yomon o'tkazuvchi va ekranda yaxshi soya hosil
qiluvchi eritma yoki o'lcham li modda ichiriladi.
M e'd a muskullari qisqarganida va ovqat hazmi traktida sekret-
siya paytida ju d a kam miqdorda bo'lsa ham qayd qilish mumkin
bo'lgan elektr hodisalari yuzaga keladi. M e’dalardagi elektr hodi-
salarini qayd qilish - elektrogastrografiya m e’daning qisqarish
faoliyatining o'rganish uchun q o ‘llaniladi.
Radiotelemetrik usulning kelajagi buyuk. Odamlarga yutish
uchun ju d a mayda radiouzatgich- radiopiluli beriladi, ularning
diametri 8 mm va uzunligi 15-20 mm ni tashkil etadi. Radiopi-
lulida uzatgich joylashtirilgan bo'lib, u m e’da va ichaklar ichida-
gi vodorod ionlarining konsentratsiyasini, ular ichidagi bosim va
haroratni qabul qiladi. Uzatgich qabul qilinuvchi ko'rsatkichlarni
m a’lum chastotadagi o'zgarishlarga aylantiradi, bunda ularni radio
qabul qiluvchi apparat yordamida ushlash va qayd qilish hazm tark-
ti bo'ylab erkin o'tadi va uning turli qismlaridagi u yerdagi harorat,
bosim va muhit reaksiyasi haqidagi axborotlami beradi.
Dostları ilə paylaş: