b o iish id a namoyon bo'ladi. Umumlashning asosida q o 'z g ’alish-
ning irradiatsiya (to iq in sim o n tarqalishi) jarayoni yotadi.
Analiz va sintez bir-biri bilan uzviy bog'liq va po'stloqda m urak
kab analitik-sintetik faoliyat kechadi.
Dinam ik steriotip.
Organizmga tashqi dunyo ayrim. alohida
qo'zg'atuvchilar bilan ta'sir etmay, balki, odatda. bir vaqtda va
navbatma-navbat qo'zg 'atu v ch i tizim bilan ta'sir ko'rsatadi. Agar-
da ushbu tizim shu tartibda.
tez-tez takrorlansa, bu esa bosh miya
p o 'stlo g 'i faoliyatida tizimli yoki dinamik steriotip hosil bo'lishiga
olib keladi.
Dinam ik steriotip bu qat'iy bir vaqtda navbatma-navbat ba
jariladigan m ustahkam langan shartli reflektor aktlam ing zanjiri va
organizmning musbat (m ustahkamlangan) va manfiy (inustahkam-
lanmagan) shartli qo'zg'atuvchilarning murakkab tizimli reaksi
yasining natijasi hisoblanadi.
Steriotipni hosil qilish - bu po'stloqning murakkab sintezlov-
chi faoliyatiga misoldir. Odatda. steriotipni
hosil qilish juda qiyin,
lekin u hosil qilinsa. uni q oilab-quvvatlab turish uchun po'stloq
faoliyatida jiddiy kuchlanish talab qilinmaydi. K o'pchilik ta'sirlar
bu paytda o 'z-o 'zid an bajariladi (avtomatik holda). Dinamik ste
riotip odamlarda odatlarni hosil bo'lishi, mehnat operatsivalarida
bajariladigan ishlarni m a'lum tarzda shakllanishi, turli murakkab
ishlarni bajara olishiga asos bo'ladi.
Yurish. yugurush, chang'ida sayr qilish, royalda o'ynash,
ovqat-
lanishda pichoq, qoshiq. sanchqidan foydalanish, xat yozish -
bulam ing hammasi katta yarim sharlar p o 'stlo g 'id a hosil bo'luvchi
dinam ik steriotipning asosida yotuvchi ko'nikm alar hisoblanadi.
Har bir odamning kun tartibining asosida dinamik steriotipning
hosil bo'lishi yotadi. Steriotip uzoq yillar davomida saqlanib qoladi
va odamlarning xulq-atvorini asosini tashkil qiladi. Steriotiplarni
o'zgartirish juda qiyin kechadi. odatda, uni o'zgartirish
m um kin
emas. Esga oling bola yozishda ruchkani n o to 'g 'ri ushlashga, par-
tada, stolda n o to 'g 'ri o'tirishga va boshqalarga o'rgangan bo'lsa,
uni esidan chiqarish qanchalik qiyin. Steriotiplarni o'zgartirish-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni qiyin ekanligi bolalarni, ularning hayotini dastlabki yillaridan
boshlab tarbiyalash va o'qitish usullarining to 'g 'ri ekanligiga aso
siy e'tiborni berish kerak.
Dostları ilə paylaş: