Fizologik psixologiyaning paydo bolishi shart sharoitlari
Reja:
1.Psixologiya tarixi fanining predmeti.
2.Psixologiya fanini tarixini o`rganish metodlari. 3.Psixologiya tarixi fanining vazifalari.
4.Psixologiya fanini paydo bo`lish tarixi.
Har bir fan o`zining tarixiga egadir. O`rgatilayotgan har bir nazariy qarashlarni o`ziga xos bo`lgan tarixini o`rganish zarur.
Fanning tarixini bilish hozirda oldinga qo`yilgan maqsadini to`la yechishga imkon beradi va katta ahamiyatni kasb etadi. Faylasuf Arastu “eksperimental va nazariy psixologiyani talqin qilish uchun, shunday qiyoslash o`tkazish zarurki, bu yerda hozirgi kun muammolarini ko`raylik va tarix bilan muloqatga kirishaylik” deb takidlaydi. Tarixga nazar solib yangilik yaratish psixologiya fanini yangi qirralarini ochib beradi. Psixik xususiyatlar va jarayonlar to`g`risida barcha ilmiy qarashlarni o`rganishda empirik ma’lumotlarni shartli ravishda yo`nalishlarga ajratish lozim.
Psixologiya tarixi shaxsning o`ziga xos bo`lgan psixik xususiyatlari, g`oyalari, dunyoqarashi, rivojlanishi va takomillashish qonuniyatlarining psixik mexanizmlarini o`rganadi. ma’naviy va ilmiy ahamiyatga ega bo`lib buyuk allomalar, faylasuflar, olimlar va shaxslarning hayoti, qarashlari, ilmiy yo`nalishlarni, g`oyalari o`rganiladi.
Psixologiya tarixi fanini o`rganishda psixik haqiyqiylik emas, balki tasavvurlar o`rganilgan har bir davrda o`ziga mos bo`lgan.
Fanini ruvojlanish jarayonida bu tasavvurlar juda qadimdan mavjud ekanligi aniqlangan va ular 319 yo`nalishga ajratilgan. Birinchi, halb haqida fan ekanligi, ikkichisi-ong haqidagi fan, uchinchisi faoliyat haqidagi fandir Psixologiya to`g`risida ta’limotlarni haqiqiylik darajasini belgilaydigan mezon ilmiy qarashlarni bir-biridan farqlari bo`lib, ular ba’zida umuman tan olinmas edi. Psixologiya fani rivojlanishida ahamiyati kasb etadigan yutuq va kamchiliklari yangi haqqoniy psixologiya qarashlarni keltirib chiqarar va shu
davrga mos ravishda tahlil qilingan.
Psixologiya tarixini o`rganishda empirik ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi.
Barcha qo`llaniladigan tarixi fanini o`rganishda qo`llaniladigan arxiv materiallari, intervyu, suhbatlar, biografik, avtobiografik uslublar keng qo`llaniladi. Har bir uslubning o`ziga xos tomonlari tahlil qilinganida har bir darslik o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi va tarixan baho berish shartlariga buy sunadi.
Psixologiya tarixi faning vazifalari. Psixologiya fanini paydo bo`lishida hozirgi kungacha barcha ilmiy qarashlar, bilimlar nazariy qarashlar, faylasuflar va psixologlar asarlari asosiy manbaa hisoblanadi .
Psixologiya rivojlanishda- tibbiyot, ta’lim, tarbiya, yuridik amalyot, amalyot katta o`rin egallaydi. Psixologiya fani rivojlanishida boshqa fanlarning ahamiyati katta bo`lib ular bir -biriga bog`liqdir. Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari, va ma’zmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi - u avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlaga hos bo`lgan psixik hayot xodisalari haqidagi bilimlarni asta -sekin to`planib borish tarixidir.
Insonning o`z-o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib borishidir.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotining har -xil tarixiy bosqichlarida, ularning qanday nazariy va amaliy e’htiyojlar bilan taqazo qilganligini, ba’zi bir ma’lumotlar , ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bunda tashqari psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida kam ma’lumot beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan , psixologiya fani taraqqiyotiga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi va yaratilishi katta o`rin tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan bo`lmagan : u hamisha boshqa
bilim sohalari bilan bog`liq holda taraqqiy etib borgan. Umum fan taraqqiyoti tarixida u bog`lanishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko`rsatganligini bilim sohalarining taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo`lganligini, psixologiyaning ilmiy yutuqlari praktikada qanday tadbiq qilinganligini kuzatib borish juda qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi ( shuningdek, filosofiya tarixi ) davomida idializm bilan materializm o`rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini turlicha tushunishda hamda psixologiya predmetini tushinishda ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasini o`zi ham, uning metodlari, ma’zmuni va vazifalari ham turlicha talqin qilingan.
Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan, bu fanining predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo`lgan
psixika, psixik hayot birdamligicha qolaveradi. Tarixiy jihatdan psixologiyaning o`rganish predmeti emas, balki shu predmetni tununish, psixik hayot mohiyatiini tushunish o`zgarib keldi.
Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o`zgarishlar, yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tadbiq qilinishi, ilmiy falsafiy tafakkurining umumiy yo`nalishi psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarini belgilab berdi.
Dostları ilə paylaş: |