“Flash dasturi yordamida geometrik masalalarni tayyorlash”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/2
tarix24.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#147749
  1   2
FLASH DASTURIDA KROSSVORD YARATISH


FLASH DASTURIDA KROSSVORD YARATISH


Reja:

1.

Grafik dasturlarni yaratish




2.

Macromedia Flashda animatsiya yaratish




3

Montaj stoli va uning xususiyatlari




4

Xususiyatlar inspektori






Flash MX dasturini ishga tushirish. Dastur standart holda yuklanadi. Ya’ni Пуск→ Программы→ Macromedia→ Macromedia Flash MX tanlanadi.

1-rasm. Flash MX ni ishga tushirish.
Dastlab Flash MX yuklanganda foydalanuvchiga ish maydoni (Ish maydoni konfigurasiyasini tanlash) uchun quyidagi uchta yo‘nalish taklif qilinadi va imkoniyatiga qarab ulardan biri tanlanadi:
Designer — dizaynerlar uchun, ayrim foydalanuvchilar Flash MX uchun esa grafik redaktor sifatida ham ishlatishi mumkin;
Developer — Dastur mahsuloti yaratuvchilari uchun, ayrim foydalanuvchilar uchun esa Flash MX dan veb-saytlar tayyorlash maqsadida ham ishlatishi mumkin;
General —Kengaytirilgan varianti.

2-rasm. Ish maydoni konfigurasiyasini tanlash muloqat oynasi.
Shular asosida ish oynasiga o‘tiladi. Endi ish oynasidagi asosiy tashkil etuvchilar bilan tanishib chiqamiz.
Flash MX oynasining tashkil etuvchilari.

Bosh qismi (sarlavha) satri:



Tasvir bilan ishlash uchun asboblar paneli:



Arrow Tool (ko‘rsatkich), bu to‘q rangdagi ko‘rsatkich yordamida ish maydonidagi biror ob’yektni yoki uning biror qismini yo bo‘lmasa bir nechta ob’yektlarni bitta guruh bo‘yicha ajratish, joriy qilish orqali qayta ishlash mumkin;
Subselection Tool (Biror maydonni ajratib olish), Bunda shu maydondagi ob’yektlarni tahrirlash, shaklini o‘zgartirish, boshqa joyga ko‘chirish uchun ajratib olinadi;
bine Tool (to‘g‘ri chiziq) — turli yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq chizish, yasash mumkin;
Lasso Tool (qirqib olish), Bu yordamida ish maydonidagi biror sohani qirqib, ajratish hisobiga boshqa joyga ko‘chirish, o‘chirish, nushasini olish mumkin. Bunda o‘sha sohada joylashgan ob’yektlar qismi unda qoladi;
Pen Tool (pero) — Turli yasama shakllarni nuqtalar orqali yaratib olish, oldin yaratilgan va keyingi yaratilgan nuqtalar birlashtirilsa shunga mos shakl hosil bo‘ladi;

Yozuv yozish maydonini yaratish orqali unga kerakli matn kiritiladi;
Oval Tool (Oval) — Standart holdagi doira shaklidagi geometrik shakllarni yaratish. Uni ikkita komponent tashkil etadi: Uning qirrasi, va bo‘yaladigan ichki sohasi;
Rectangle Tool (To‘rtburchak) — Nomiga mos geometrik shakllar yaratadi;
Pencil Tool (qalam) — Turli chiziqlarni yasash, chizish;
Brush Tool (mo‘yqalam) — qalin shaklli chiziqlarni chizish,yasash;
Free Transform Tool (Transformasiya qilish uchun), Bu uskuna yordamida biror ob’yektni yoki uning biror qismini yo bo‘lmasa bir nechta ob’yektlar guruhini tanlash orqali uning shaklini turlicha o‘zgartirish mumkin, buni tanlashdan oldin Arrow uskunasi tanlab qo‘yiladi;
Fill Transform (Rangni transformasiya qilish), ob’yekt rangining soyasi bilan ishlash;
Ink Bottle Tool, ob’yekt qirralariga rang berish;
Paint Bucket Tool (rang qutisi), ob’yekt ichiga rang berish;
Dropper Tool (Pipetka), ob’yektning holatiga qarab rang berish;
Eraser Tool (Lastik) — Bu oddiy grafik muharrirlarda mavjud bo‘lgan o‘chirgich;
View (Vid) bo‘limida:
(qo‘lcha), ish maydonini siljitish;
(Masshtab), Ish maydonini kengaytirish yoki kichraytirish;
Colors(Ranglar), bo‘limida:
Stroke Color (Rang konturi), chiziqqa rang berish;
Fill Color (Rang soyasi), sohaga rang berish;
Default Colors (Ixtiyoriy ravishda rang berish);
No Color (Rangsiz), rangsiz ko‘rinishga keltirish;
Swap Colors (Rangni almashtirish).
Options (Opsii) bo‘limida har bir tanlangan uskunaning qo‘shimcha hususiyatlari paydo bo‘ladi.

Hozirgi kunda Web sahifalarni yaratishda turli grafika turlaridan keng miqyosda samarali ravishda foydalaniladi. Lekin bular ichida rastrli grafika o‘zining qulayligi jihatidan oldingi o‘rinlardan birini egallagan. Rastrli grafikada ko‘plab format turlari qo‘llaniladi. Ularga GIF(grapics interchange format – ma’lumotlarini almashinuvi uchun grafik format), JPEG(Join Photografic Experts Graup – Tasvirlar bo‘yicha mutaxassislarni birlashgan guruhi) va PNG(Portable network Graphics – ko‘chirma grafik format) va shu kabi formatlarni keltirish mumkin.
Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasidan iborat bo‘ladi. Bu nuqtalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmaganligi uchun ushbu nuqtalar har biriga rangi va koordinatasi berilishi kerak. Oddiy holda agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa u holda har bir pikselni tasvirlash uchun har pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak bo‘ladi. Juda ham murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikseliga 24 razryad talab qiladi. Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel o‘lchamiga bog‘liq, u esa o‘z navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil ko‘rinishdagi rasm turli monitorda har xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari rastrli tasvirni o‘lchamini o‘zgartirish juda ham murakkab. Chunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o‘sishiga olib keladi. Kompyuter grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar piksellar “ko‘paytirishi” yoki o‘chirish algaritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani hal qilishda etarlicha samara bermaydi.
Grafikaning yana bir turi bu vektorli grafikadir. Vektorli grafika bu tasvirni rasmda joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch-to‘rt raqam kerak bo‘ladi. Radius markazi koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qancha qulayliklarga ega:
-Vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida rastrli tasvir piksellarga qaraganda kamroq joy egallaydi;
-tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yo‘qotmasdan chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mayjud;
-tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko‘chirish qulay.
Albatta vektorli tasvirni o‘z kamchiligi ham mavjud. Masalan, fotorelastik tasvirni vektorli formatdan namoyish qilish murakkabroq. Flash yaratuvchilari bunga ham yechim topishgan. Macromedia Flash dasturi yordamida Web sahifalar tuzishda siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.
Macromedia Flash dasturida animatsiya ikki xil bo‘ladi: kadrli va avtomatik. Avtomatik animatsiya shakllar geometriyasini o‘zgarishi yoki boshqaruv kadrlar o‘zgarishi asosidagi animatsiya turlariga bo‘linadi. Bu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv kadrni yaratamiz va unga belgi qo‘yamiz. Masalan boshqaruv kadrda aylana chiziladi va u grafik tasvir belgi turiga F8 yoki Vstavka menyusida Преобразовать в символ buyrug‘ yordamida o‘tkaziladi. Yoki Ctrl+F8 buyrug‘ini tanlab yangi belgi yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni boshqaruv kadrga qo‘shamiz.
Macromedia Flashda ishni osonlashtirish va rolik o‘lchamlari yaxshilash uchun simvol tushunchasi kiritilgan. Simvol quyidagicha bo‘lishi mumkin. Grafika (Graphic), tugma (button), animatsion rolik (movie clip), tovush (sound). Bu imkoniyat yatarilgan ob’yektlardan bir necha marta foydalanish imkonini beradi.
Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o‘ng tomonidagi tugmasi yordamida tanlab Great motion tweening yoki Вставить menyusining shu nomli buyrug‘ini tanlaymiz. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr rangi ko‘k rangga o‘zgaradi. Endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaymiz va F6 ni buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada kadrda ko‘k rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi. Birinchi boshqaruv kadrdan ikkinchi boshqaruv kadrgacha kadrlar ko‘k rangda avtomatik hosil qilinadi. Oxirgi harakatimiz bu ikkinchi boshqaruv kadrdagi belgini o‘zgartirish(cho‘zish, aylantirish, kattalashtirish yoki kadrdagi joylashishini o‘zgartirish). Endi klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko‘rishimiz mumkin.

Macromedia Flashda animatsiya yaratish. Bu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz boshqaruv kadrlar o‘zgarishi asosidagi yaratilgan animatsiya hosil qilamiz. Faqat endi oxirida ikkinchi qatlamdagi belgini butunlay o‘chirib uning o‘rniga kvadrat chizamiz. Shu harakatimizdan keyin kadrlar rangi normal ranga qaytadi. Keyin birinchi va ikkinchi boshqaruv kadrlaridagi grafik tasvir belgisini Ctrl+F8 yoki Изменить menyusidagi Разделить отдельно buyrug‘i yordamida alohida shakllarga bo‘lib chiqamiz.





1-rasm.Macromedia Flash dasturi.





2-rasm.Ishchi soha.


Endi avval birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan tanlab stoyanka (Proprtill) yoki Ctrl+F3 yoki Okno menyusini shu nomli buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi hosil qilinadi va unda Tweening sohasida Motions o‘rniga Shape holatini tanlaymiz.Natijada boshqaruv kadr rangi yashil ranga o‘zgaradi. Endi ikkinchi boshqaruv kadrni ham sichqoncha bilan tanlab animatsiya turini Motiondan Shapega o‘zgartiramiz va oxirida Enter tugmasini bosamiz va qaralyotgan animatsiyani ko‘rishimiz mumkin. Bunda yopiq doirani pleerda harakatga kelish animatsiyasini ko‘ramiz.


Ko‘rishimiz mumkin ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar o‘rtasidagi masofa kadrlarni kompyuter o‘zi avtomatik yaratgan va animatsiya to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanadi. Ammo bizga harakat trayektoriyasi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lsa, u holda nima qilish kerak? Bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun bizning qatlamimiz ustida maxsus harakat trayektoriya qatlamini yaratish kerak bo‘ladi va shu qatlamda qalam bilan qiyshiq trayektoriya chizig‘ini chizamiz. Natijani ko‘rish uchun Enter tugmasini bosamiz.(3-rasm).

3-rasm.a) kadr hosil qilish.


Insert Layer buyrug‘i yordamida yangi qatlam yaratamiz va Pencil instrumentini faollashtiramiz. Yaratilgan chiziqni sakrayotgan koptok uchun yo‘l sifatida foydalanamiz. Chiziqni tanlaymiz va Edit copy (Ctrl+C) buyrug‘i yordamida buferga olamiz. Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan yana bir effekt mavjud bu – maska qatlamdir. Maska qatlami uchun asosiy qatlam ustida yangi bo‘sh qatlam yaratamiz. Shu qatlamning sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib, Maska Mask buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada qatlam ko‘k ranga o‘zgaradi va ikkala qatlamlar o‘zgarishlardan himoyalanadi. Maska qatlamdan shu himoyani o‘chirib boshqaruv kadrda bir nechta to‘rtburchaklar Enter tugmasi bosamiz va natijani ko‘ramiz.(4-rasm)





4-rasm. b) animatsiyani hosil qilish.


Usul ob’yekt xususiyatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Eng oddiy foydalanish sifatida koordinata o‘zgarishlarini keltirishimiz mumkin.Yangi fayl yaratamiz va aylana chizamiz. Paint Bucket(u) instrumenti yordamida oq-qora gradiant bilan uning ichini bo‘yaymiz. Maska qatlamdagi boshqaruv kadrni Motion tweening animatsiyalahtirilsa harakatlantirish effekti yanada chiroyli bo‘ladi. Macromedia Flashdagi animatsiya “multik”da ishlatiladigan ob’yektlarni xossalarini o‘zgartirishga asoslangan. Masalan ob’yekt yo‘qolishi yoki paydo bo‘lishi, joylashuvini rangini va boshqalarni ko‘rishimiz mumkin. Flashda ob’yektlarni animatsiyalashni 3 ta turli mexanizmi ko‘zda tutilgan:


Kadrma-kadrli (“klassik”) animatsiya bu usulda muallif bo‘lg‘usi “multik”ni har bir kadrni o‘zi yaratadi yoki boshqa joydan import qiladi. Namoyish ketma-ketligini o‘zi yaratadi.
Avtomatik animatsiya (tweened animatsiya) bu usulda muallif multifatsiya kadrlarini faqat birinchi va oxirgisini yaratadi. Oraliq kadrlarni esa Macromedia Flash avtomatik tarzda o‘zi yaratadi.
Tweened animatsiyani ikki xil turi mavjud: ob’yektni ko‘chirishga asoslangan animatsiya va transformatsiyasiga asoslangan animatsiya.
Senariyga asoslangan animatsiya, Senariy Flashning dasturlash tilida (bu til Action Script) deb nomlanadi. Ob’yektni hatti-harakatini berilishidir. Bu tilni sintaksisini Web hujjatlarda ishlatiladigan boshqa senariy tillariga (Java Script va VB Script) o‘xshab ketadi. Ushbu mexanizmlarni har biri o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan tweened animatsiya ikki afzallikka ega:
-birinchidan muallif har bir kadrni alohida yaratish zarurati kutilgan;
-ikkinchidan bunday “multik”ni tashkil etish uchun Macromedia Flashda faqat birinchi va so‘ngi kadrni saqlash kifoya. Bu esa o‘z navbatida bunday filmni hajmini kam bo‘lishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga tweened-animatsiyani faqat kadrlar interaktiv bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina standart amallar filmini biror bir elementiga Action Scriptda dasturlashdan foydalanmay berilishi mumkin. Standart amallarga masalan filmni namoyishini boshlash va to‘xtashish, ovozini yoqish yoki o‘chirish kabilar kiradi. Hammasi bo‘lib standart amallarning o‘nga yaqin turlari mavjud.
Agar zarurat tug‘ilgan taqdirda murakkab senariylar tuzilishi mumkin. Masalan u yoki bu holat yuz berishi, so‘ngra kerakli amal bajarilishiga o‘tish. Lekin bunday senariylarni yoqish yoki o‘chirish yaratish dasturlashdagi bilimlarini boshlash va to‘xtatish kerak bo‘ladi. Flash filmlarni ishlatilish bir necha usullarni taqdim etadi. Siz filmni syujeti va foydalanuvchi bajargan amaldan qat’iy nazar to‘xtamaydigan amalni yaratishingiz mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin