Foizli masalalar 7 - masala
Dildora opa bolalar kiyimining sotuvdagi narxini 10% ga arzonlashtirib sotganida 8% foyda ko‘rdi. U arzonlashtirmay sotganida necha foiz foyda ko‘rar edi? A) 12% B) 20% C) 25% D) 18% Yechish: Kiyimning sotuvdagi narxi b so‘m,tannarxi a so‘m. Masalada kiyimning tannarxi bilan arzonlashtirmay sotganidagi narxlarini bog‘lash kerak.
=> =>
bundan 20 % foyda ko‘rar ekan.
Javob: 20 % Foizli masalalar 8 - masala Massasi 400 g va konsentratsiyasi 8% bo‘lgan eritma massasi 600 g va konsentratsiyasi 13% bo‘lgan eritma bilan aralashtirildi. Hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini toping. Yechish: 400:100 = 4 => 4 = 32 g 1-usul: 600:100 = 6 => 6 13 = 78 g Umumiy eritmalar massasini va uning tarkibidagi jami moddalar massasini topamiz. 600+400=1000 g 32+78=110 g. Bundan ko‘rinadiki hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasi 11 % ekan.
2-usul: O‘rta vazn formulasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilamiz:
bu yerda m1=400 g; m2=600 g; p1=8 %; p2=13 % ga teng.
Javob: 11 % Foizli masalalar 9 - masala
Faraz qilaylik, tadbirkor 23000 AQSh dollari miqdorida qarzdan qutulish uchun to‘lovlarni yilma− yil emas, oyma−oy teng qismlarda amalga oshirishga qaror qildi. Agar to‘lov davri 6 yil, yillik foiz stavkasi 8% bo‘lsa, u har oyi qanday miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirishi kerak? Yechish: Foiz to‘lov miqdorini hisoblaymiz.
Oshgan kapital mablag‘ miqdorini, ya’ni umumiy to‘lanadigan summani hisoblaymiz: $ 23000+ $ 11040= $ 34040 Necha oy davomida to‘lanishi kerakligini hisoblaymiz:
6 ×12 = 72 oy Demak, har oyi to‘lanadigan summa
≈ $ 472.78 ga teng. Javob: $ 472,78 Qiziqarli foizlarga oid masalalar