Folat kislota yetishmovchiligi


Doza oshishi va qarshi koʻrsatmalar



Yüklə 97,71 Kb.
səhifə3/5
tarix18.10.2022
ölçüsü97,71 Kb.
#65375
1   2   3   4   5
FOLAT KISLOTA YETISHMOVCHILIGI

Doza oshishi va qarshi koʻrsatmalar
Hozirgi kunda foli kislotasining kunlik dozasi deb, 5 mg buyurish “urf”ga kirdi. Ammo, bunday dozada vitamin B9 ni qabul qilish mumkin emas, chunki 5 mg sutkalik doza bu davolovchi doza hisoblanadi, yaʼni yurak-qon aylanish tizimi bilan bogʻliq kasalliklar holatida buyuriladigan miqdordir.
Homilador ayollar esa ushbu vitaminni faqatgina profilaktik dozalarda qabul qilishlari kerak – yaʼni sutkalik maksimal doza 1 mg.dir. Foli kislotasi dozasi oshib ketsa – anemiya, qoʻzgʻaluvchanlik oshishi, buyraklar disfunksiyasi, oshqozon ichak tizimdagi muammolarga sabab boʻladi.
Foli kislotasi preparatlari qabul qilishga qarshi koʻrsatma preparatga boʻlgan yuqori sezuvchanlik yoki uni qabul qila olmaslikdir. Foli kislotasiga sezuvchanlik yuqori boʻlsa, preparatni qabul qilgandan soʻng ayolda toshma, qichishish, yuz terisi qizarishi va bronxospazm kelib chiqishi mumkin. Bu kabi holatlar kuzatiladigan boʻlsa, preparatni qabul qilishni toʻxtatish zarur va bu haqida shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Foli kislotasi va saraton kasalligi: rasmiy izlanishlar
Koʻpgina manbalarda koʻrsatilishicha, foli kislotasi saraton kasalliklarini davolashda qoʻllash mumkin. Ammo, bu haqida olimlar fikri ikkiga boʻlindi: ayrim olimlar aynan foli kislota yomon sifatli oʻsma kasalliklarini keltirib chiqaradi desalar, ayrim olimlar esa foli kislotasi oʻsma kasalliklari oʻsishini toʻxtatadi deb taʼkidlaydilar.
Foli kislotasini qabul qilishda saraton kasalligi kelib chiqish ehtimolini baholash
2013-yildagi The Lncet jurnalida keltirilgan foli kislotasining saraton kasalliklari rivojlanishidagi xavfi haqidagi maʼlumot quyidagicha:
Izlanish muallifi Oksford universiteti xodimi Robert Klark shunday deydi:
“Izlanishdan kelib chiqadigan xulosa shuki – foli kislotasini 5 yil davomida tabiiy ozuqalar orqali yoki maxsus preparatlar koʻrinishida qabul qilish saraton kasalliklar kelib chiqish ehtimolini oshirmaydi”.
Izlanishda 50 000 ga yaqin koʻngillilar qatnashdi. Ular 2 guruhga boʻlindilar: birinchi guruhga foli kislotasi preparatlari berildi, ikkinchi guruhga esa – platsebo taʼsiri yaʼni “yolgʻon” foli kislotasi qabul qilish holati oʻtkazildi. Foli kislotasi qabul qilgan guruh ishtirokchilarida 7,7 % (1904) saraton kasalligi kelib chiqishi, platsebo taʼsiridagi ishtirokchilar orasida esa 7,3 % (1809) foiz inson saraton kasalligiga chalindi. Saraton kasalligi rivojlanishi hatto yuqori dozalarda foli kislotasini qabul qilgan insonlarda (sutkasiga 40 mg) ham kuzatilmadi.

Yüklə 97,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin