Folat kislota yetishmovchiligi


Foli kislotasi va homiladorlik



Yüklə 97,71 Kb.
səhifə2/5
tarix18.10.2022
ölçüsü97,71 Kb.
#65375
1   2   3   4   5
FOLAT KISLOTA YETISHMOVCHILIGI

Foli kislotasi va homiladorlik
Foli kislota DNK sintezida faol qatnashadi, ushbu vitamin hujayralar sintezida ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli homiladorlikni rejalashtirishda va homiladorlik vaqtida foli kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlikni rejalashtirish vaqtida vitamin B9ni qabul qilishning ahamiyatli jihati shundaki – homiladorlikning ilk haftalarida homila nerv tizimi va bosh miyasi shakllana boshlaydi. Bu vaqtda hujayralar faol boʻlinishi uchun foli kislotasi kerak boʻladi. Bundan tashqari ushbu modda qon hosil boʻlishida ham qatnashadi yaʼni yoʻldosh shakllanishida va uning mustahkamligini taʼminlaydi.
Homilador ayolda foli kislotasi yetishmovchiligi natijasida homilada tugʻma nuqsonlar shakllanadi:

  • Quyon lab;

  • Gidrosefaliya;

  • Boʻri tanglay;

  • Nerv nayining nuqsoni;

  • Bolaning ruhiy va aqliy rivojlanishining buzilishi.

Foli kislotasining qabul qilishdan bosh tortish muddatidan avval tugʻruq roʻy berishi, yoʻldoshning koʻchishi bola tushishi kabi asoratlarga olib keladi. Ilmiy izlanishlarga asoslangan holda homiladorlikning rejalashtirishdan 2-3 oy avval foli kislotasini qabul qilishni boshlash yuqoridagi kabi holatlar roʻy bermasligini 75 % gacha kafolatlaydi.
Tugʻruqdan soʻng ham foli kislotasi yetishmovchiligi – tug’ruqdan keyingi depressiya, apatiya, umumiy holsizlik kabi holatlar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari organizmda vitamin B9 yetishmovchiligi natijasida koʻkrak suti sifati ham buziladi, sut hosil boʻlishi kamayadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida foli kislotasi qabul qilish dozasi
Homiladorlikni rejalashtirish va homiladorlik vaqtida shifokorlar foli kislotasi dozasini – sutkasiga 400-600 mkg deb belgilab beradi. Laktatsiya vaqtida esa chaqaloqni ham taʼminlash uchun foli kislota miqdori 600 mkg deb belgilanadi. Foli kislotasi yuqori dozalarda quyidagi holatlarda buyuriladi:

  • Qandli diabet va epilepsiya holatidagi ayollar;

  • Tugʻma kasalliklarga ega boʻlgan ayollar;

  • Doimo dori preparatlari qabul qilib yuradigan ayollar;

  • Foli kislota tanqisligi bilan farzand dunyoga keltirgan ayollar.

Agar ayol kishi mutlaqo sogʻlom boʻlsa B9 vitamini ayolga polivitamin koʻrinishida buyuriladi. Agar foli kislotasiga ehtiyoj koʻproq tugʻilsa ular aynan B9 vitaminini oʻzida saqlovchi maxsus preparatlardan foydalanganlari maʼqul. Foli kislotasi ovqatdan oldin yoki ovqat bilan birgalikda qabul qilinadi.



Yüklə 97,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin