Fond bozori professional ishtirokchilari reja


-rasm. Fond bozorining infratuzilmasi



Yüklə 339,13 Kb.
səhifə3/3
tarix15.06.2023
ölçüsü339,13 Kb.
#130428
1   2   3
Fond birjalari va fond bozori ishtirokchilari fond birjasi funks

13.2.1-rasm. Fond bozorining infratuzilmasi.

Ta’kidlash joizki, qator mamlakatlarda (milliy qonunchilik va tarixiy an’analarga muvofiq ravishda) “brokerlar-dilerlar” yoki “hisob-kitob-kliring markazlari” va hokazolar ish yuritadi. Biroq, bu tashkilotlar qanday nomlanishi muhim emas. Muayyan tashkilotlarning nomi emas, faoliyat turi (brokerlik, dilerlik, hisob-kitob, depozitar, birja va h.k.) to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu faoliyat turlarining ma’lum bir turi yoki bir nechtasi bilan turli yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.


Fond bozori infratuzilmasining ichki – tartibga soluvchi, savdo, hisob, hisob kitob-kliring va axborot elementlarini shakllantirish O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori ko‘plab omillar, xususan, siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va ijtimoiy omillar ta’sirida, mavjud dunyo tajribasiga tayangan holda rivojlandi. Zamonaviy O‘zbekiston fond bozorining tartibga soluvchi infratuzilmasi fond bozorini tartibga solishning Germaniya modeli ta’sirida shakllandi. Ushbu model davlat tomonidan tartibga solishga restriksion yondashuvga asoslangan va o‘zini-o‘zi tartibga soladigan tashkilotlarga tayanadi. Har qanday rivojlanayotgan tizim kabi O‘zbekiston fond bozorining infratuzilmasi ham o‘z rivojlanish jarayonida qator ob’ektiv muammolarga duch kelmoqda va qimmatli qog‘ozlar bozorining raqobatbardoshliligi va samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu muammolar yechimiga bog‘liq. Mamlakatimiz fond bozori infratuzilmasining mavjud holati yuzasidan o‘tkazilgan tahlil uning faoliyati va rivojlanishidagi eng jiddiy tuzilmaviy, funksional, institutsional, makroiqtisodiy va siyosiy muammolarni aniqlash imkonini berdi.
Asosiy tuzilmaviy muammolar quyidagilardan iborat: tarqoqlik, markazlashtirilmaganlik, infratuzilmaning raqobatbardoshliligi pastligi, institutsional va mintaqaviy infratuzilmalardagi nomutanosiblik.
O‘zbekiston fond bozorining infratuzilmasi tarqoqligi bilan ajralib turadi, uning elementlari va kichik tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuvda to‘siqlar borligi, bu tizimning birligi va yaxlitligi va uning yagona maqsad – bozor faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratilishi ta’minlashga bo‘ysunishi prinsipini buzadigan nomutanosiblikka olib keladi. Tarqoqlik fond infratuzilmasini bir necha tarqoq savdo tizimlarini, bir necha guruh professional ishtirokchilarni, bir necha hisob-kitob depozitariylari va kliring tashkilotlarini o‘z ichiga olgan (u yoki bu savdo maydoniga tegishliligiga qarab) ko‘p markazli (politsentrik) infratuzilma sifatida tavsiflaydi va bu mustaqil fond markazlari shakllanishiga olib keladi.
O‘zbekiston fond bozori infratuzilmasining elementlari o‘zaro ta’sirlashishi yo‘lidagi to‘siqlar ham “vertikal” (infratuzilma elementlari o‘rtasida), ham gorizontal (har bir element ichidagi tashkilotlar o‘rtasida) bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston fond bozoridagi bitimlar bo‘yicha kliring va hisob-kitob tizimi lokal hisob-kitob-kliring institutlarining tarqoq to‘plamidir. Ularning birlashishi tendensiyasi ob’ektiv asosga ega va O‘zbekiston fond infratuzilmasini yanada rivojlantirishning ehtiyojlarini aks ettiradi.
O‘zbekiston fond bozori infratuzilmasining rivojlanishda ortda qolishi va raqobatbardoshliligi pastligi iqtisodiyotga moliya sektorining investitsiyalarini ko‘paytirishni orqaga tortuvchi omil hisoblanadi va buning oqibatida O‘zbekiston milliy kapital bozorini yo‘qotishi mumkin. Tashqaridan qaraganda, bu yirik korxonalari milliy moliya bozorini investitsiya resurslarini jalb qilish manbai deb hisoblamasliklarida, ko‘pchilik kichik korxonalar undan foydalanish imkoniyatiga ega emasliklarida namoyon bo‘ladi. Hali-hanuz ko‘pchilik O‘zbekiston korxonalari uchun asosiy investitsiyalar manbai – bu yoki ularning o‘z mablag‘lari, yoki qarzlar, yoki aksiyalarni xorijiy moliya bozorlarida birlamchi joylashtirish. Tarqoqlik bilan bir qatorda, O‘zbekiston fond bozorining o‘ziga xos salbiy jihatlaridan biri – bu institutsional va mintaqaviy infratuzilma o‘rtasidagi nomutanosiblik. Umumiy holatda nomutanosiblik – bu mutanosiblik, bir butunning qismlari o‘rtasida moslik yo‘qligi bo‘lib, fond infratuzilmasi tizimida muvozanat buzilishiga olib keladi. Asosiy institutsional muammolar ichida quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin: davlat tomonidan tartibga solish tizimi yetarlicha samarali emasligi, me’yoriy-huquqiy bazaning har xilligi va izchil emasligi.
Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi mukammal emasligi u endi shakllanayotgan davrda tartibsiz va tizimsiz tartibga solinganli oqibatidir. Nazorat organlarining soni ko‘pligi bozorning faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir qilgan, nazorat organlari bir-birlarining funksiyalarini takrorlashlariga olib kelgan. Natijada manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqqan, tartibga solish tizimi muvofiqlashtirilmagan bo‘lgan. Masalan, pensiya jamg‘armalarining pul mablag‘lari bilan ishlaydigan xususiy kompaniyalar ustidan nazorat bir vaqtning o‘zida to‘rtta organ tomonidan amalga oshirilgan: QQFK fuqarolarning pensiya jamg‘armalarida to‘plangan pullarni investitsiya qilish ishonib topshirilgan boshqaruvchi kompaniyalarga litsenziya bergan va ularni nazorat qilgan, Moliya vazirligi mehnatkashlarning mablag‘lari biror loyihaga investitsiya qilinishi jarayonini kuzatib borgan, Mehnat vazirligi boshqaruvchi kompaniyalar bilan bir qatorda aholining mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishi kerak bo‘lgan nodavlat pensiya jamg‘armalarining faoliyatini nazorat qilgan. Bunday tartibga solish mexanizmi bozor va uning infratuzilmasi rivojlanishiga salbiy ta’sir qilgan.
O‘zbekiston Republikasida fond bozori faoliyatini rivojlantiruvchi, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi Makroregulyator AQSh, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu mamlakatlarda makroregulyator vazifasini turli tashkilotlar bajaradi, jumladan Rossiyada Markaziy bank, AQShda Federal rezerv huzuridagi bo‘lim, Germaniyada alohida Qo‘mita va hokazo. O‘zbekistonda hozirgi vaqtga qadar fond bozorini tartibga soluvchi alohida makroregulyator mavjud emas. Uning alohida vazifalarini bir qator davlat tashkilotlari, jumladan, Vazirlar mahkamasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘mak berish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bajarib kelmoqda. Shu sababli Ushbu Makroregulyator O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirishning to‘la xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqildi. U fond bozorida yagona davlat organi hisoblanadi. Ushbu Makroregulyator Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fond bozorini tartibga solish departamenti deb nomlanib, u fond bozorini barcha ishtirokchilari ustidan maxsus usullar yordamida umumiy nazoratni o‘rnatadi va shart-sharoitlar yaratadi.
Dunyo fond infratuzilmasi rivojlanishidagi ijobiy tajribani umumlashtirgan holda aytish mumkinki, O‘zbekiston fond infratuzilmasini takomillashtirish doirasidagi vazifalarni hal etish uchun Yevropa investorlari tomonidan o‘n yillar davomida sinalgan bozor mexanizmlari va instrumentlarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish va imkon qadar foydalanish zarur. Strategiyani dunyo moliya tizimi rivojlanishi yo‘nalishini hisobga olgan holda shakllantirish esa milliy kapital bozorlari globallashuvi va integratsiyalashuvi sharoitida zarur raqobatbardoshlikka erishish imkonini beradi.
O‘zbekiston fond bozorining tizimli tashkil etuvchi infratuzilmasining raqobatbardoshliligini oshirish quyidagi taktik masalalarni o‘z ichiga oladi:
- hisobga olish va hisob-kitob-kliring infratuzilmasini markazlashtirish;
- O‘zbekiston Republikasida fond bozori faoliyatini rivojlantiruvchi, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi Makroregulyatorni joriy etish;
- investorlarning huquqlarini himoya qilish tizimini yaratish;
- birja faoliyatini jamlash va birlashtirish;
- infratuzilma faoliyati normalari, qoidalari va taomillarini standartlashtirish va unifikatsiya qilish.
O‘zbekistonda fond bozori infratuzilmasining raqobatbardoshliligini oshirish uchun qo‘yidagi chora-tadbirlarni ko‘rish lozim:
 hisobga olish va hisob-kitob-kliring infratuzilmasini markazlashtirish;
 fond bozorini tartibga solishni takomillashtirish;
 fond bozoriga reklama vositalari va usullarini keng joriy etish asosida aholini keng qatlamini hamda manfaatdor tashkilotlarni fond bozorining afzalliklari haqida keng xabardor qilish;
 infratuzilma institutlari faoliyatini monopoliyadan chiqarish.
O‘zbekiston fond bozori infratuzilmasini rivojlantirishdan ko‘zlangan strategik maqsadlarga erishish uchun Rossiyada qulay investitsiya muhiti yaratilishi zarur: investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat olib borish, siyosiy risklarni kamaytirish va investorlarning huquqlarini himoya qilish tizimini shakllantirish. Fond bozori va uning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan makroiqtisodiy siyosatning muhim jihati shuki, u bozorning haqiqiy ehtiyojlarini inobatga oladi. O‘zbekiston fond bozori va uning infratuzilmasi jadal rivojlanish uchun qo‘shimcha impuls olishi uchun makroiqtisodiy siyosatning investitsiya jalb qilishga yo‘naltirilganligini kuchaytirish zarur. Buning natijasida iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi, iqtisodiyotning tuzilmasi modernizatsiya bo‘ladi, moliya sohasi va sanoat rivojlanadi. Iqtisodiyotni iqtisodiy o‘sish davriga o‘tkazishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni davom ettirish uchun umumiy iqtisodiy tizim bilan va uning alohida qismlari bilan o‘zaro bog‘langan samarali fond bozori tashkil etish lozim.

1 Миркин Я.М. Ценные бумаги и фондовый рынок. М.:Перспектива.-1995.-С.13


Yüklə 339,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin