Fond bozori rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy o’sish bilan bog’liqligi



Yüklə 108 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü108 Kb.
#200153
  1   2   3   4   5
fond-bozori-rivojlanishining-o-ziga-xos-xususiyatlari-va-iqtisodiy-o-sish-bilan-bog-liqligi



Fond bozori rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va 
iqtisodiy o’sish bilan bog’liqligi
Azizbek Alisher o’g’li Nurmuxamedov 
Barno Ismailovna Nurmuxamedova 
Toshkent moliya instituti
 
Annotatsiya:
Maqolada rivojlanayotgan fond bozorining mazmuni, uning 
faoliyat qilishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning mamlakatlarning iqtisodiy 
o‘sish ko‘rsatkichlari bilan bog’liqligi o‘rganilgan, O‘zbekiston Respublikasida fond 
bozorining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar o‘z 
aksini topgan. 
Kalit so‘zlar: 
fond bozori, qimmatli qog‘ozlar, aktsiyalar kapitalizatsiyasi, bozor 
kapitalizatsiyasi, fond bozori infratuzilmasi, investitsion qarorlar, makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar, bozor riski 
Characteristics of stock market development and relationship 
with economic growth 
Azizbek Nurmuxamedov 
Barno Nurmuxamedova 
Tashkent Institute of Finance 
Abstract:
The content of the developing stock market, the specific features of its 
operation and its connection with the economic growth indicators of the countries are 
studied in the article, and the recommendations aimed at improving the functioning 
mechanisms of the stock market in the Republic of Uzbekistan are reflected. 
Keywords: 
stock market, securities, stock capitalization, market capitalization, 
stock market infrastructure, investment decisions, macroeconomic indicators, market 
risk 
Kirish 
Bozor iqtisodiyotining muhim segmentlaridan biri - bu fond bozori hisoblanib, u 
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga joylashtirishga va qayta 
taqsimlash orqali maqsadli joylashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday 
maqsadlarga qimmatli qog‘ozlar bozorining an’anaviy va noan’anaviy segmentlari 
hisoblangan qimmatli qog‘ozlarning barcha turlari o‘z samarasini bergandagina 
erishiladi. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ular bilan oldi-sotdi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
836


qilish kabi barcha operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi muomalalarni asosan tijorat 
banklari amalga oshiradi. Bu ularning, avvalo, ustav kapitalini oshirish darajasini 
ta’minlasa, ikkinchidan, bozorlardagi tijorat faoliyati yordamida chet eldagi bo‘sh 
kapitallarni xarakatga keltiriladi. Shuning uchun, ayni paytda qimmatli qog‘ozlarning 
barcha instrumentlari to‘liq va samarali ishlashi uchun mazkur bozorlar 
infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlantirish davlat darajasiga ko‘tarilishini 
talab etmoqda. Mamlakatimizda esa fond bozori infratuzilmasining rivojlanishiga 
ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va unda inson manfatlariga qaratilgan 
aniq maqsadlar belgilanganligi bu vazifaning davlat darajasiga ko‘tarilganligini yanada 
yorqin ifodalaydi. Xususan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “... 
moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda 
asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. ... Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy 
etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, 
ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur” [1], deb 
ta’kidlaganida mutaxassislar va keng jamoatchilikning e’tiborini aynan mana shu 
dolzarb masala - milliy fond bozorini yanada rivojlantirishga qaratdi.
Yuqoridagi holatlar, fond bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida 
rivojlanishi uchun avvalo shu bozorlarga chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning 
yuqori likvidligi, bozorning kapitallashuv darajasi, daromadliligi, kapitalni oshirish 
kabi xususiyatlarini ta’minlash uchun hizmat qiladi.
Fond bozorlarining yana bir xususiyatli belgisi - bu ularning risk darajasiga 
tobeligi hisoblanadi. Shu sababli fond bozori infratuzilmasini samarali rivojlantirishga 
ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini 
o‘rganish lozim.
Ayni paytda fond bozorlari va ularning samarali faoliyati, ularning ishtirokchilari 
hamda muomaladagi xalqaro maqomga ega bo‘lgan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar 
turlari muhim ahamiyatga ega. Fond bozorlarining rivojlanishi davlatning 
infratuzilmaviy rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, avvalo milliy fond 
bozorini xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali yuqori 
sur’atda rivojlanishga olib borsa, ikkinchidan, tijorat banklarining yuqori likvidligi va 
moliyaviy barqarorligini xalqaro me’yorlarga tenglashuviga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini olimlar, 
ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr 
g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos 
xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning 
ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq 
ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va 
fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib 
borilmoqda. Xususan, fond bozorlarining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
837


o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. 
Lekin, har bir iqtisodiy kategoriya doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida 
takomillashib boradi. Jahon fond bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda 
noan’anaviy, zamonaviy, yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai 
nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy 
qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga 
olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq.

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin