Fonetik hodisalar


Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra tasnifi



Yüklə 70,2 Kb.
səhifə4/7
tarix21.12.2023
ölçüsü70,2 Kb.
#187660
1   2   3   4   5   6   7
FONETIK HODISALAR

Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra tasnifi.
Bunda ziddiyatlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli, muntazam va ajralgan ziddiyatlarga bo‘linadi. Bir o‘lchovli ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [i] va [u] fonemalaridan biri lablanmagan va ikkinchisi lablangan bo‘lib, bunda ular bir belgi - «lablangan»lik xossasiga ko‘ra qarama-qarshi turadi.
Ko‘p o‘lchovli ziddiyatda ziddiyat a’zolari birdan ortiq belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: [i], [o] ziddiyatida [i] yopiq va lablanmagan bo‘lsa, [o] yarim yopiq, lablangandir.
Muntazam ziddiyatda zidlanuvchi a’zolar o‘zaro o‘ziga xos belgilar asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: «[i]-tor [o]-keng» zidlanishi muntazam zidlanishdir. Bunda [i] fonemasi «tor» lik, [o] fonemasi «keng»lik belgisiga ega. «[i] (tor) [o] (tor emas)» zidlanishi esa muntazam emas. Chunki birinchi a’zoda ziddiyat belgisi aniq, ikkinchi a’zoda aniq emas. Agar ikkinchi a’zoning ziddiyatdagi belgisi «keng» bo‘lganda edi, ziddiyatni muntazam ziddiyat deyish mumkin bo‘lur edi.
Bir belgining bo‘linishlari asosida zidlanish ajralgan zidlanish deyiladi. Quyidagi ikki zidlanishga diqqat qiling:

Birinchi zidlanishda ziddiyat belgisi bo‘lingan, ajralgan, ikkinchida esa bunday hol mavjud emas.
A’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi. Bunga ko‘ra, privativ (noto‘liq), gradual, (darajali), teng qiymatli ziddiyatlar ajratiladi.
Birinchi tasnifda ziddiyat belgisi xarakteriga ko‘ra ziddiyat turlari ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi tasnifda fonemalarning ziddiyat a’zolariga munosabatiga ko‘ra tasnif amalga oshiriladi.
Barqarorlik darajasiga ko‘ra zidlanishlar barqaror va barqaror bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Barqaror zidlanishda fonemalarning qanday nutqiy vaziyatda bo‘lishidan qat’i nazar, ulardagi ziddiyat saqlanib qoladi. Masalan, til oldi unlisi til orqa undoshi bilan kelgan vaziyatda til orqa undoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda [a] unlisi bilan til orqa [u] unlisi orasidagi ziddiyat kuchsizlanadi.
Barqaror bo‘lmagan ziddiyatning neytrallashmagan holatini ta’minlovchi fonetik pozitsiya kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, [b] fonemasi so‘z boshida jarangsizlashmaydi va bu pozitsiyada uning [p] fonemasiga zidligi saqlanadi. Bu kuchli pozitsiyadir. Neytrallanish, so‘nishga olib keluvchi pozitsiya kuchsiz pozitsiyadir. Demak, bunday pozitsiyadagi ziddiyat barqaror bo‘lmagan ziddiyat deyiladi. Unli va undoshlar orasidagi qarama-qarshilik barqaror ziddiyatga misol bo‘la oladi. Yoki undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra, unlilarning tor-kenglik xossalariga ko‘ra zidlanishi ham barqaror ziddiyatlardir. Lablanish belgisiga ko‘ra [o‘-e] tizimchasi ham barqaror ziddiyat asosiga qurilgan.
Demak, o‘zbek tilining fonetik paradigmasi deganda har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan barqaror bir umumiy belgi ostida birlashadigan fonetik unsurlardan tashkil topgan tizim tushuniladi. Bu butunlik yoki paradigma o‘z ichida ayrim belgilari bilan umumiylikni tashkil etgan va shu umumiylik uchun asos bo‘lgan belgilari bilan boshqa shunday umumiylikdan farq qiladigan kichik butunliklardan, ichki paradigmalardan-mikrosistemalardan tashkil topadi. Bu tizimchalar unli va undosh fonemalar paradigmalaridir. Bu kichik paradigmalar a’zolarining umumiy belgilari ularning shu tizimni tashkil etishini ta’minlasa, farqlovchi belgilari bu ichki paradigmaning yana kichik bo‘laklarga bo‘linib ketishiga olib keladi. Jarangli undoshlar paradigmasi, jarangsiz undoshlar paradigmasi kabi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida o‘qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo‘g‘inni ajratish, orfoepik me‘yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo‘ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so‘zning tovush tomonini bilish uning ma‘nosini tushunish va nutqda ongli qo‘llash uchun muhimdir; hozir va hozur, atlas va atlas so‘zlari manosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so‘zni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko‘pincha so‘zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonetik-grafik ko‘nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, urg‘uli bo‘g‘inni ajratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o‘zlashtiradilar, ammo ular maxsus o‘qigunlariga qadar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishni, so‘zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o‘quvchilarida so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko‘nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o‘z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so‘z tarkibida bir-biriga ta‘siri kabi ayrim elementar bilimlarni o‘zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.

Yüklə 70,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin