2. Tovush ortishi:
U (bu, shu, o‘sha) + ga (-da, -dan, -day, -aqa, -cha), egalik qo‘shimchalari (-i, -im, -ing, -
imiz, -ingiz) = unga, bunda, shunday, o‘shanaqa, o‘shancha, unim, bunim, buningiz.
Achi, isi, sasi + q = achchiq, issiq, sassiq
His, tib + iy = hissiy, tibbiy
Jiz, taq, shart + a = jizza, taqqa, shartta
Shar, chuv + os = sharros, chuvvos
Var, g‘ur + ak = varrakg‘urrak
Eslatma!
Parvo, obro‘, mavqe, avzo + I va II, III shaxs egalik qo‘shimchasi; mavzu + I va
II shaxs egalik qo‘shimchasi = parvoyim, obro‘yim, mavqeyim, mavzuyim.
Yemoq, demoq + il, -ish = yeyilmoq, deyilmoq, yeyish, deyish
3. Tovush almashishi:
K va q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa, k tovushi g tovushiga, q
tovushiga g‘ tovushiga almashadi:
Tilak + im = tilagim; bilak + im = bilagim, bolalik = im = bolaligim, quloq = im =
qulog‘im, qishloq + im = qishlog‘im (Ba‘zi so‘zlar bundan mustasno: nok, chok, park, erk,
ishtirok,huquq, ravnaq, ko‘rk, idrok, nutq, zavq + im =nokim, ishtirokim, erkim, huquqim,
ko‘rkim
Ong + la = angla
Son + a = sana
Yosh + a = yasha
Ot = a = ata
Yor + a = yara
Yosh + ar = yashar
Chuchi + k = chuchuk
Ishqa + r = ishqor
15
Tala + n = talon
So‘ra + q = so‘roq
Tarqa + q = tarqoq
Sayra + qi = sayroqi
Tara – taroq, sana – sanoq, suva – suvoq, bo‘ya – bo‘yoq, yama – yamoq, qiyna – qiynoq,
quvna – quynoq, mudra – mudroq, bodra- bodroq, yumsha – yumshoq, qiyna – qiynoq,
sovi – sovuq, quri – quruq, o‘yna – o‘ynoqi, yig‘i – yig‘loqi kabi so‘zlarda a tovushi o ga
almashadi.
ESLATMA!
Bora ber – boraver, o‘qiy ber – o‘qiyver kabilarda tovush almashishi yuz
bergan.
ESLATMA!
Quyidagi so‘zlarda bir necha tovush o‘zgarishlari kuzatiladi:
Dostları ilə paylaş: |