Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 233,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü233,15 Kb.
#162450
  1   2   3   4   5
Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
FILOLOGIYA FAKULTETI 
TILSHUNOSLIK KAFEDRASI 
Kamolova Dilnoza 
 
MAVZU: Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. nutqning fonetik bo’linishi 
 
 
 
 
ANDIJON-2014 
 
 
Reja 


1.
 
Tilning moddiy (substansial) sathi xususida 
2.
 
Fonetika va uning birligi 
3.
 
Fonetikaning bo‘limlari 
4.
 
Nutqning fonetik bo’linishi 
5.
 
Fonologiya 
6.
 
Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra tasnifi. 
7.
 
A’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Tilning moddiy (substansial) sathi xususida.
Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik 
tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy (substantsial) asos bo‘luvchi birliklarni 
beradigan sath sifatida ajralib turadi. 
Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari - tovush yoki 
tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida uch jihatni birlashtirgan 
murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar: 
a)talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat); 
b)tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat); 
v)nutq tovushlari kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funktsional, 
sotsial, lisoniy jihat). 
Nutq tovushlarining haqiqiy va biz uchun muhim jihati ularning funktsional aspektidir. 
Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish 
masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zilar nutq tovushlarining fiziologik tomoni biologiya fanining, 
akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning faqat funktsional 
tomoninigina tekshirishi lozim degan g‘oyani ilgari surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir-
biridan ajralmasdir, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan aqidaga tayanadilar. Ana shu ikki 
qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki-fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Pirovard 
natijada fonetika nutqiy variant (xususiylik)larni, fonologiya esa lisoniy invariant 
(umumiylik)larni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘lib qoldi. 

Yüklə 233,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin