5. Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko’ra tasnifi
Fonetika va uning birligi
💠Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslik IMG shu sathni o’rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr.phonetikos – tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning bishqa sohalaridan farqli o’laroq, nafaqat o’rganish manbaining funksional tomonini, halkı nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi.
💠Fonetika nutqdagi tovush o’zgarushlari va almashinishini, urg’u va uning turlarını ham o’rganadi. Fonetikani o’rganish imlo (orfografiya), to’g’ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o’zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedagogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega.
Fonetikaning bo’limlari
💠Fonetika, avvalo, umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga ajraladi.
💠Umumiy fonetika. Inson talaffuz apparatini imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda nutq tovushlari hosil qilishning umumiy shartlari (masalan, undoshlarning hosil bo’lish o’rniga ko’ra lab, til, bo’g’iz undoshlarning farqlanishi, hosil bo’lish usuliga ko’ra portlovchi, sirg’aluvchi tovush xossalarining aniqlanishi kablolar), shuningdek, tovushlarini umumiy akustik xossalari o’rganiladi. Qisman artikulyatsion, qisman akustik belgilarga tayangan holda nutq tovushlarining Universal, shuningdek, farqlovchi belgilarga tayanadigan ichki tasniflarini berish bilan ham shug’ullanadi. Umumiy fonetika intonatsiya uchun qo’llaniladigan vositalar (tovush balandligi, kuchi, cho’ziqligi, tezligi, pauza, tembr kabi masalalarni ham tekshiradi.
💠Xususiy fonetikada yuqorida aytilgan masalalar muayyan tillar misolida tekshiradi. Xususiy fonetika tarixiy fonetika va zamonaviy, muosir fonetika, sinxron fonetika va diaxron fonetika, tasviriy fonetika va eksperimental fonetika kabı ko’rinish karda ish yuritadi. 💠Qiyosiy fonetikada bir nechta qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarning, yoxud bir qancha dialekt va shevalarning unli va undosh tovushlari, ulardagi fonetik o’zgarishlar va boshqa hodisalar qiyosiy aspektda tekshiradi.
Qiyosiy fonetika umumiy va xususiy fonetika oralig’idagi vaziyatni egallaydi.
Nutqning fonetik bo’linishi
💠Nutq fraza (kumla), takt, so’z, bo’g’iz va tovushlardan tashkil topladı.
Fraza ko’pincha gapga teng bo’lib, nutqning ikki pauza orasidagi intonatsion butunligidir. Fraza yoyiq va yig’iq bo’lishi mumkin. Fraza yoyiq bo’lsa taktlarga ajraladi, yig’iq bo’lsa taktga teng bo’lib qoladi.
So’z – nutqning alohida bir urg’u bilan aytiladigan bo’lagi. So’z takt ichida yoki o’zicha mustaqil keladi.
Bo’g’in – bir tovush yoki tuvushlar qo’shilmasidan iborat bo’lib, bir nafas bilan aytiladigan so’zning bo’lagidir. Bo’g’in bir unlidan iborat bo’lganda tovushga teng kelib qoladi.
Tovush – fonetik bo’linishi IMG oxirgi nuqtasi bo’lib, boshqa bo’laklarga bo’linmaydi.
Fonologiya
💠Fonologiya (gr.rhone – tovush, logos – ta’limot) termini tilshunoslikda XlX ast oxirida nutq tovushlarining fiziologik-akustik (fizik) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo’lgan.
—Fonetikaning birligi bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari bo’lganligi kabı, fonologiyaning birligi so’zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir.
—Fonemaning uch tomoni farqlanadi: akustik (eshitish), fiziologik yoki artikulyatsion (aytilish va talaffuz), sotsial (ma’no ajratish). Bulardan uchinchi tomon hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zamonaviy fonologiya faqat shu jihatnigina e’tiborga oladi, chunki akustik va artikulyatsion-fiziologik jihatlar bevosita nutq bilan bog’liq.
🔺Fonologik paradigmaning markazida fonologik ziddiyatlar yuradi. Fonologik ziddiyat (oppozitsiya)kar fonemalarning farqli belgilarini ifodalaydi. Masalan, o’zbek tilidagi unli fonemalar bir umumiy belgi – “o’pkadan kelayotgan havoning tovush paychalariga urilish natijasida hosil bo’lgan ovozning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchramay chiqishidan vujudga keladigan tovush topları” invariant xossasiga ega va u 6 ta unli fonema uchun ham amal qiladi.
Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko’ra tasnifi
💠Bunda ziddiyatlar bir o’lchovli va ko’p o’lchovli, muntazam va ajralgan ziddiyatlarga bo’linadi. Bir o’lchovli ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [i] va [u] fonemalaridan biri lablanmagan va ikkinchisi lablangan bo’lib, bunda ular bir belgi – “lablangan”lik xossasiga ko’ra qarama-qarshi yuradi.
💠Ko’p o’lchovli ziddiyatda ziddiyat a’zolari birdan ortiq belgi asosida qarama-qarshi qo’yiladi.
💠Muntazam ziddiyatda zidlanuvchi a’zolar o’zaro o’ziga xos belgilar asosida qarama-qarshi qo’yiladi.
💠Bir belgining bo’linishlari asosida zidlanish ajralgan zidlanish deyiladi.