Fonologik oppozitsiyalar r e j a: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 67,83 Kb.
səhifə2/9
tarix27.12.2023
ölçüsü67,83 Kb.
#199732
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fonologik oppozitsiyalar r e j a I. Kirish II. Asosiy qism-fayllar.org

II. Asosiy qism
1.Fonologiyaning o‘rganish ob`ekti, vazifalari.
Fonologiya davrida ular o‘rtasidagi farq oydinlashtirildi va tovushlar, keyinchalik bo‘ғin, urғu va intonatsiyaning tildagi funktsional tomonlari o‘rganila boshladi. XX asrning 30-yillarida morfonologiya vujudga keldi. Bular haqidagi fikr paydo bo‘ladi. Bu haqidagi fikrlar A.Nurmonovning «O‘zbek fonologiyasi va morfologiyasi» (Toshkent,1990), A.Abduazizovning «O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» (Toshkent, 1992) o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ifodasini topgan.

Fonologik oppozitsiyalarning tasnifi. Fonologik jihatdan fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo‘yildi: p-t, s-sh, x-q, a-o, u-i kabi. Bunday fonemalarning qarama-qarshi qo‘yilishi fonologik oppozitsiya deyiladi.
Har bir fonema fonologik oppozitsiyaning a`zosi hisoblanadi. Tildagi barcha fonemalar o‘zaro oppozitsiyani tashkil qiladi. Bu fonemalarning boғlanishi va aloqalari yiғindisi fonologik sistema yoki fonematik sistema deb yuritiladi. Fonemalarning o‘zaro boғlanish xarakteri, ya`ni uning qanday ichki aloqada ekanligi fonologik yoki fonematik struktura deb ataladi. Har bir fonema fonologik birlik yoki element deyiladi. Har bir til o‘zining fonologik sistemasiga ega bo‘lib, undagi har bir fonemaning o‘z o‘rni va funktsiyasi bor. Bir tildagi fonema ikkinchi tilda bo‘lishi mumkin emas.
Tildagi so‘z va so‘z formalarini tashkil etuvchi fonemalarni go‘yo yonma-yon qo‘ygandek ko‘rinishga ega sifatida tasavvur qilish mumkin emas. CHunki fonemalar bir-biriga birikish jarayonida har xil o‘zgarishlarga uchraydi. Har bir fonema o‘zining fonologik (farqlanuvchi) alomatlariga ega. Har xil fonemalar qarama-qarshi qo‘yilganda, bu belgilarni aniqlash mumkin. Masalan, b-p fonemalari jarangli, jarangsiz belgilari bilan farqlanadi. Ularning qolgan belgilari lab va portlovchi xususiyati har ikkisiga xos xususiyat, ya`ni fonologik emas.
Tildagi fonologik oppozitsiyalar ikki a`zodan iborat bo‘lsa, binar oppozitsiya deyiladi: b-p, t-ch, i-u kabi. Fonologik oppozitsiyalar uch a`zodan iborat bo‘lsa, tenar oppozitsiya deyiladi: p-t-k, i-e-a kabi. Uchtadan ortiq a`zoga ega bo‘lgan oppozitsiyalar ko‘p a`zoli oppozitsiyalar deyiladi: b-d-g-h.

Yüklə 67,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin