Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-795-799 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 798 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal qilishdan avval o „tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun
jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishti rokchilar o„rtasida jiddiy
kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo„lishi mumkin. Riskni bosh qarishda
chora va usullarni optimal variantini tanlash barcha loyiha ishtirokchilari o„rtasida
jiddiy muzokaralar bo„lishini talab qiladi. Riskni oldini olish va nazorat qilish
bosqichida ma‟lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlar ko„rib
chiqiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: risklar monitoringi;
riskni istiqbolini belgilash; tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma‟lumot
berish va bu bilan bog„liq ko „rsatmalarni ishlab chiqish; riskni oldini olish va nazorat
qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar[3,8,6].
XULOSA Shuni alohida ta‟kidlash joizki, shunday risklar mavjud bo „ladiki, ularni oldini
olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya‟ni ular loyiha ishtirokchilari ta‟siridan
tashqarida bo„ladi. Bunday risklar ko„p xarajat talab qilganligi sababli, ularni
moliyalash usuli qo„llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o„z-o„zini sug„urtalash,
tajribali sug„urtachi yordamida sug„urtalanishga mablag„ ajratishi tushuniladi.
Sug„urta shartnomalarida riskning ko„pgina turlari bo„yicha sug„urtachining zaruriy
chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko„rib o„tilgan moddalar mavjud bo„ladi. Riskni
boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari sug„urta tashkilotlari ham bevosita
ishtirok etadi. Ular riskni baholashda o„z usullari va yo„llarini amalga oshiradilar, bu
amalga oshirish reja-dasturlarini nazorat qilib boradilar. Natijalarni baholash - bu
ma‟lum bir loyiha doira sidagi risk-menejmenti bo„yicha faoliyatlarining yig„indisi.
U keng ma‟lumotlar to„plami asosida o„tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish,
risk menejmenti ning alohida choralarini qo„llash, samaradorligini baholash, riskni
boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o „tkaziladi. Natijalarni
baholash orqali olingan ko„rsatma va xulosa lar keyingi loyihalarni amalga
oshirishda qo„llaniladi. Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib
chiqaruvchi tashqi omillarni hamda ichki omillar inobatga olish lozim bo„ladi.
REFERENCES 1.
Economic Regulation and State Interventions. Georgia s Move from Neoliberalism
to State Managed Capitalism Christian Timm, 2013.
2.
. Principles for Economic Regulation, APRIL 2011, London
Department for Business, Innovation and Skills