Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-795-799
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
795
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
LOUIHA RISKLARINI BOSHQARISH USULLARI
Tohir Fazliddinovich Galiyev
Guliston davlat universiteti talabasi
ABSTRACT
This article analyzes situations such
as project risk classification, methods of
their
detection and assessment, management information support,
monitoring and
forecasting, mitigation technologies and management organization.
Keywords:
risk, project, management, management, investment.
KIRISH
Bugungi kunda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish insoniyat
faoliyatining bir qator qiyin va yuqori riskli faoliyati hisoblanib o„ziga xos bilim va
malakani talab qiladi. So„nggi yillarda loyihani tayyorlash
va amalga oshirish
malakaviy faoliyatning alohida bir ko„rinishiga hisoblanmoqda. Aksariyat sanoati
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy
sektorlarida loyihani
tayyorlash va amalga oshirish bo„yicha tajribalar to„plana boshlandi va bunda
loyihani boshqarish doirasida ko„riladigan masalalardan biri bo„lgan
investitsion
risklar va ularni boshqarishga katta e‟tibor kuchaytirildi. Loyihani boshqarishning
boshqa funksiyalaridan alohida hisoblanmaydi. Ayni
paytda moliyaviy talabni
aniqlashda ham, smeta va budjetni hisoblashda ham, shartnomalarni
tayyorlash va
tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan
bog„liq masalalar yechimini topmoqda[1,4,7].