ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo„lganligi sababli, uni
boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom etadi. Loyiha risklarini
boshqarishda quyidagi masalalarga e‟tibor qaratish lozim: risklarining tasnifi,
risklarini aniqlash va baholash usullari, loyiha risklarini boshqarishning axborot
ta‟minoti, risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash, risklarni kamaytirish
texnologiyalari,
risklarni
boshqarishni
tashkil
etish,
risklarni
boshqarish
harajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga
muvofiqligini hal etishda risk tahlili asosiy o„rinni egallaydi.
Bunday tahlil asosida loyiha yuzasidanmumkin bo„lgan barcha
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-795-799
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
796
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
yo„qotishlar o„rgan ilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni
benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan
yo„qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog„ liq salbiy
oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga
kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya‟ni
“risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo„ladi. Risk tahlilining maqsadi
investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga
muvofiqligi to„g„risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo„lgan moliyaviy
yo„qotishlardan himoyalanish bo„yicha chora –tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli
ma‟lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko„ra, risk tahlilini loyihaning barcha
ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili
investitsion loyiha ning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank,
sug„urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol yetkazib beruvchilar tomonidan
amalga oshirilishi lozim. Risk tahlili odatda, bir-birini to „ldiruvchi ikki turga, ya‟ni:
risklar turlarini, ularni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo„yicha
tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko„zlovchi sifat tahlili va loyiha
risklarini sondagi ifodasini loyiha ko„rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi
miqdoriy tahlilga bo„linadi[2,5,9].
Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad, loyihaga ta‟sir etuvchi risk
turlarni aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini, usullarini qo„llashdan iboratdir.
Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash
tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo„lib, ular risk turiga va risk
guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga;
risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir. Risk tahlilining miqdor usullari
orasida ommabop usullar quyidagilardir: statistik usul, statistik tajribalar usuli;
maqsadga muvofiq keladigan harajatlar tahlili; ekspert baholash; analitik usullar va
boshqalar. Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli
ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish
haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma‟lumotlarni berishi bilan
izohlanadi.
Risklarni boshqarish – bu risk va foyda miqdorini oqilona qo„shilmasini
aniqlashga qaratilgan harakat lardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – ularni
pasaytirish hisoblanadi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo„linadi:
risk omilini aniqlash, risk omilini tahlil qilish va baholash,
risklarni pasaytirish bo„yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk
oqibatlarini bartaraf etish, risklarni oldini olish va nazorat qilish,
|